Parlament saylovlariga oid yangiliklarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi



Joriy yilning 24-oktyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi sayloviga oid yangiliklar” mavzusida Parlament tadqiqotlari instituti tomonidan seminar tashkil etildi.
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida oʻtkazilgan ushbu tadbirda professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, va talabalar ishtirok etdi.
Seminarda Parlament tadqiqotlari instituti direktorining oʻrinbosari, yuridik fanlar doktori, dotsent Valisher Davlyatov joriy yilning 27-oktyabr kuni oʻtkaziladigan saylov jarayonlariga oid yangiliklar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Jumladan, bu yilgi saylovlarning avvalgilaridan farqli jihatlari, saylov qonunchiligidagi oʻzgarishlar, aralash saylov-tizimining mazmun-mohiyati, raqamli texnologiyalarning keng qoʻllanilishi, nomzodlarning kamida 40% xotin qizlar tashkil etishiga oid masalalar har tomonlama muhokama qilindi.
Qizgʻin muhokamalar va savol-javoblar tarzida oʻtgan seminarda ishtirokchilar tomonidan kelgusida turli sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga oid takliflar bildirildi.





















