Top.Mail.Ru
PARLIAMENT AITest – test rejimida
Parlament tadqiqotlari instituti
PTI » Oliy ta’limdan keyingi ta’lim

Ilmiy faoliyat

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim

Institut «Parlament huquqi» ixtisosligi boʻyicha ilmiy kadrlar tayyorlaydi: parlamentarizm, qonun ijodkorligi va parlament nazorati muammolarini tadqiq etuvchi yosh olimlarga ilmiy rahbarlik, manbalar va nashr imkoniyatini taqdim etadi.

Qabul kalendari

Tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul har yili belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.

  1. Hujjatlar qabuli15-sentabr – 15-oktabr
  2. Imtihon va suhbat1 – 25-noyabr
  3. Tanlov yakuni30-noyabrgacha
  4. Qabul buyrugʻi5-dekabrgacha
  5. Oʻqish boshlanishi1-yanvar

Muddatlar tayanch doktorantura va doktorantura uchun umumiy tartibda koʻrsatilgan; mustaqil izlanuvchilikka ariza yil davomida qabul qilinadi. Joriy yil eʼlonini daraja.ilmiy.uz platformasida kuzating.

Taʼlim shakllari

Ilmiy darajangiz
Ishdan ajralasizmi?

Ikkala savolga javob bering — mos shakl ajratib koʻrsatiladi.

  • PhD

    Tayanch doktorantura

    Institutda faol

    Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ishdan ajralgan holda tahsil.

    Kimlar uchun
    Magistr diplomi
    Shakli
    Ishdan ajralgan holda
  • DSc

    Doktorantura

    Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ishdan ajralgan holda tahsil.

    Kimlar uchun
    PhD yoki unga tenglashtirilgan daraja
    Shakli
    Ishdan ajralgan holda
  • PhD · DSc

    Mustaqil izlanuvchilik

    Institutda faol

    Dissertatsiyani asosiy ish joyidan ajralmagan holda tayyorlash. Ariza yil davomida qabul qilinadi.

    Kimlar uchun
    Magistr diplomi yoki PhD
    Shakli
    Ishdan ajralmagan holda
  • Stajyor-tadqiqotchilik

    Ilmiy faoliyatga tayyorgarlik va dissertatsiya mavzusi ustida dastlabki izlanish.

    Kimlar uchun
    Oliy taʼlim diplomi
    Shakli
    Belgilangan tartibda

Ixtisoslik · 12.00.11

Parlament huquqi

Institut yoʻnalishlari bilan bogʻliq ustuvor tadqiqot mavzulari:

  • Parlamentarizm nazariyasi va amaliyoti
  • Qonun ijodkorligi va yuridik texnika
  • Parlament nazorati
  • Saylov huquqi va vakillik
  • Xorijiy parlamentlar tajribasi
  • Sunʼiy intellekt va qonunchilik

Doktorantlar statistikasi

daraja.ilmiy.uz maʼlumotlari, 2026-yil 7-oktabr holatiga

12.00.11Parlament huquqi

  • 12Jami ilmiy izlanuvchilar
  • 11Mustaqil izlanuvchilar
  • 1Doktorant va stajyor-tadqiqotchilar
  • 10 / 2PhD / DSc
Qabul yili boʻyicha
Kurslar boʻyicha
Tadqiqot yoʻnalishlaribosing — mavzular saralanadi
    Ilmiy rahbarlar

      Umumiy tarkib (12 nafar; saralashga bogʻliq emas)

      Jinsi
      • Erkaklar 9 (75%)
      • Ayollar 3 (25%)
      Yosh guruhlarioʻrtacha: 34,5
      • 30 yoshgacha4
      • 31–40 yosh6
      • 41 yosh va undan katta2
      Hududlar kesimida
      • Surxondaryo viloyati2
      • Buxoro viloyati2
      • Toshkent shahri1
      • Samarqand viloyati1
      • Navoiy viloyati1
      • Fargʻona viloyati1
      • Sirdaryo viloyati1
      • Maʼlumot kiritilmagan3

      Izlanuvchilar va dissertatsiya mavzulari 12

        Mavzular rasmiy tasdiqlangan tilida keltirilgan. Yosh va yashash joyi shaxs kesimida eʼlon qilinmaydi.

        Ariza berish tartibi

        Bosqich 1/5

        Roʻyxatdan oʻting

        daraja.ilmiy.uz platformasida shaxsiy kabinet oching va Institutni tanlang.

        Hujjatlar roʻyxati

        0/8

        Roʻyxat tayyorgarlik uchun; yakuniy talablar platformadagi eʼlonda belgilanadi.

        Institutda ilmiy muhit

        1. Institutda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tashkil etildi

          Direktor buyrugʻi bilan; Institut daraja.ilmiy.uz platformasida roʻyxatdan oʻtdi.

        2. Birinchi mustaqil izlanuvchilar

          «Parlament huquqi» ixtisosligi boʻyicha uch nafar mustaqil izlanuvchi tasdiqlandi.

        3. Birinchi tayanch doktorant

          Tayanch doktoranturaga (PhD) birinchi doktorant qabul qilindi; ilmiy izlanuvchilar soni 12 nafarga yetdi.

        4. Yangi tahrirdagi Nizom

          Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish Institutning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi.

        • «Parlament tadqiqotlari axborotnomasi»

          Tadqiqot natijalarini chop etish uchun Institutning ilmiy-amaliy jurnali.

          Batafsil
        • Ilmiy kengashlarda ishtirok

          Institut olimlari ilmiy kengashlar aʼzosi, rasmiy opponent va taqrizchi sifatida faoliyat yuritadi.

        • Parlament manbalariga kirish

          Qonun loyihalari, stenogrammalar va tahliliy materiallar bilan ishlash imkoniyati.

        Eʼlonlar

        Parlamentarizm muammolarini tadqiq etish, huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq parlamentarizmni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish, “Parlament huquqi” ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etish yo‘nalishida:

        Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilingunga qadar uni chaqirib olish yuzasidan Qonunchilik palatasiga taklif kiritish to‘g‘risida axborot tahliliy ma’lumot va xorijiy tajriba o‘rganildi.

        ekologik masalalar bo‘yicha parlamentlar ishtirokidagi ittifoqlar, komissiyalar, konferensiyalar va do‘stlik guruhlari faoliyati yuzasidan axborot tahliliy ma’lumot va xorijiy tajriba o‘rganildi.

        bino va inshootlarni qurish loyihalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratilganligi bo‘yicha majburiy ekspertizadan o‘tkazish yuzasidan axborot tahliliy ma’lumot va xorijiy tajriba o‘rganildi.

        fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishning yangicha tartibini joriy etishyuzasidan axborot tahliliy ma’lumot va xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi.

        “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonunchilik palatasi Reglamenti va qaror loyihasini tayyorlashda ishtirok etildi.

        Institut direktorining 2024-yil 4-yanvardagi 1-af-sonli buyrug‘i bilan Institut huzurida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli tashkil etildi.

        Institut Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining (www.daraja.ilmiy.uz) elektron platformasiga kiritildi. “Parlament huquqi” ixtisosligi bo‘yicha Institutning shaxsiy kabineti ochildi, talabgorlarning hujjatlari ushbu platforma orqali qabul qilindi.

        2024-yil 26 fevralda Institut huzuridagi “Parlament huquqi” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilik institutiga talabgorlar bilan suhbat o‘tkazuvchi Komissiya qarori bilan ilk mustaqil izlanuvchilari ro‘yxati tasdiqlandi. 2024-yilda Institut direktorining buyrug‘i bilan 3 nafar talabgor mustaqil izlanuvchilikka qabul qilindi.

        O‘tgan davrda Institut tomonidan ilmiy-amaliy tadqiqot materiallari, ilmiy maqolalar, milliy va xorijiy qonunchilikning qiyosiy tahlilini o‘z ichiga olgan “Parlament tadqiqotlari axborotnomasi” ilmiy-amaliy jurnalini nashr etish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. 2024-yil 1-soni uchun maqolalar qabuli rasman e’lon qilindi.

        Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tadqiqotchilarining dissertatsiyasi ishi natijalarining joriy etilganligi to‘g‘risida 23 tama’lumotnoma berildi. Shuningdek, tadqiqotchilarning 7 ta murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.

        Institut ilmiy xodimlaridan Toshkent davlat yuridik universiteti va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi kengashlarning a’zolari sifatida faol ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, ular tomonidan 2024-yil birinchi yarim yillikda ilmiy darajalar olish uchun yozilgan dissertatsiyalarga 7 marotaba rasmiy opponentlik qilingan hamda dissertatsiyalar va avtoreferatlarga 9 marotaba taqrizlar berilgan.

        Koʻp beriladigan savollar

        Hujjatlar qayerga topshiriladi?

        Barcha arizalar daraja.ilmiy.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Qogʻoz shaklidagi hujjatlar talab etilmaydi.

        Mustaqil izlanuvchilikka qachon ariza berish mumkin?

        Mustaqil izlanuvchilikka ariza yil davomida qabul qilinadi.

        Qaysi chet tili sertifikati kerak?

        Talab qilinadigan daraja taʼlim shakli va ixtisoslikka bogʻliq; aniq talablar platformadagi joriy eʼlonda koʻrsatiladi.

        Ilmiy rahbar qanday tayinlanadi?

        Qabuldan soʻng ilmiy rahbar Institut tomonidan tasdiqlanadi; mavzu Ilmiy kengashda muhokama qilinadi.

        Natijalarni qayerda nashr qilish mumkin?

        Institutning «Parlament tadqiqotlari axborotnomasi» jurnalida va boshqa eʼtirof etilgan nashrlarda.

        Huquqiy asos

        «parlamentarizm muammolarini tadqiq etish, huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, davlat dasturlari hamda strategiyalarining maqsad va vazifalariga muvofiq parlamentarizmni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish»

        Institut Nizomi, 5-band uchinchi xatboshi

        «oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabullarni tashkil etadi»

        Institut Nizomi, 6-band «b» kichik bandi (Kengashning 13.04.2026 dagi 1941–V-son qarori tahririda)

        Bogʻlanish

        Qabul, ixtisoslik va ilmiy rahbarlik masalalari boʻyicha murojaat qiling.