Raqamli makonda yoşlar ongi uçun kuraş
MAQOLA

Valişer DAVLYATOV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti direktori örinbosari, yuridik fanlari doktori, professor
Yaqinda Samarqand şahrida 24 davlat hamda 5 ta xalqaro taşkilot vakillari iştirokida bölib ötgan “Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus” birinçi ekspertlar muloqotida Prezident Şavkat Mirziyoyevning murojaati öqib eşittirildi.
Unda hozirgi keskin va murakkab zamonda jamiyat ravnaqi va xavfsizligiga tahdid solayotgan holatlar keltirildi. Ta’kidlanganidek, bugun geosiyosiy keskinlik kuçaymoqda, qurolli mojarolar avj olmoqda. Axborot xavfsizligi, muhim infratuzilmalarni himoya qiliş va davlatning yangiça şakllardagi buzğunçi ta’sirlarga nisbatan barqarorligi tobora dolzarblaşmoqda. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va global kommunikatsiya vositalari taraqqiyot uçun keng imkoniyat oçiş bilan birga mutlaqo yangi muammolarni ham keltirib çiqarmoqda. Ayniqsa, kibermakon jamoatçilik ongini boşqariş va yolğon axborot tarqatiş kabi vositalar tobora faol qöllanayotgan asosiy töqnaşuvlar maydoniga aylangani taassufli.
KAFTIMIZDAGI “XATAR”
Ilgari xavfsizlik deganda köpçilik çegaralarni qöriqlaş va harbiy kuçlarni tasavvur qilar edi. Bugun esa tahdid uyimizga eşikdan emas, qölimizdagi smartfon orqali kirib kelmoqda. Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yilning yanvar-avgust oylarida mamlakatimizda 10 yoş va undan katta aholining 97,3 foizi internetdan foydalangan. Vaholanki, beş yil oldin bu raqam 76,6 foiz bölgan. Joriy yil boşida mobil internet abonentlari soni 33,3 millionga yetgan, foydalanuvçilarning örtaça yoşi esa 29,5 yoşni taşkil etgan. Boşqaça aytganda, aholimizning aksariyati kunining katta qismini raqamli makonda ötkazmoqda.
Prezidentimiz aynan şu makonda terrorçi taşkilotlar faollaşayotganidan jiddiy taşviş bildirdi. Internet platformalari radikal ğoyalarni tarğib qiliş, yangi tarafdorlarni oğdiriş, mablağ töplaş va davlat çegaralarini tan olmaydigan ekstremistik birlaşmalarni şakllantiriş vositasiga aylanib bormoqda. Bunday şaroitda esa, tabiiyki, aholining eng köp xavf ostidagi qatlami yoşlar bölib qolyapti.
Heç kim bir kunda radikalga aylanmaydi. Bu jarayon köpinça qiziqarli köringan video, özini ğamxör qilib körsatgan «döst» yoki adolatsizlikdan norozi kayfiyatga hamdardlik bildiruvçi guruhdan boşlanadi. Asta-sekin yoş yigit-qiz yoxud ösmir oilasidan, mahallasidan, tengdoşlaridan uzoqlaşa boradi. Radikallaşuv murakkab ijtimoiy jarayon, uning oldini faqat kontentni bloklaş bilan olib bölmaydi. Prezidentimiz ham hodisalarga keyin munosabat bildiriş bilan çeklanmasdan, xavf-xatarlarning oldini oliş, axborot almaşiş va milliy salohiyatni mustahkamlaş zarurligiga e’tibor qaratdi.
ENG KATTA BOYLIGIMIZ
Birinçi ekspertlar muloqotida ma’lum qilinişiça, faqat 2026 yilning özida ekstremistik va terrorçilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan. Bu 2025 yildagi körsatkiçdan 14 foizga köp. Sun’iy intellekt ham vaziyatni özgartirmoqda. Generativ texnologiyalar radikal tarğibotni avtomatlaştiriş imkonini bermoqda. Taniqli insonlarning qiyofasi va ovozidan foydalanib, soxta videolarni yaratiş ham tobora osonlaşib bormoqda. Şu ma’noda 2026 yil 21 yanvardagi Özbekiston Respublikasi Qonuniga köra, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda şaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravişda işlov berganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigaça jarima belgilangani muhim himoya çorasidir.
Yana bir jihat. 2026 yilgi Global terrorizm indeksida Özbekiston 96-örinni egallab, terrorizm ta’siri past bölgan davlatlar qatoridan joy olgan. Binobarin, yurtimizdagi tinçlik va osoyiştalik eng katta boyligimizdir. Biroq yuqoridagi raqamlar bu boylikni har kuni asraş kerakligini, tahdid esa tobora raqamli makonga köçayotganini körsatmoqda. Köp millatli va köp konfessiyali jamiyatimiz uçun millatlararo va dinlararo totuvlik taraqqiyot poydevori hisoblanadi. Uni içkaridan yemirişga uriniş esa bugungi tahdidlarning eng xavfli körinişidir.
XAVFSIZLIK HAR BIR XONADONDAN BOŞLANADI
Oilada farzand nimani körayotgani va kim bilan yozişayotgani bilan qiziqiş, taqiqlaşdan köra suhbatlaşiş, bola begona odam bilan muloqotini ota-onasiga bemalol ayta oladigan işonçli muhitni yaratiş bugungi kunda juda muhim. Maktab va oliygohlarda mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlaş, ya’ni axborot manbasini tekşiriş, undan kim manfaatdor ekanini öylaş könikmasi örgatilişi lozim. Mahalla va yoşlar taşkilotlari oğir ahvoldagi, iş yoki e’tibor izlayotgan yoşlar bilan manzilli işlaşi, blogerlar va jurnalistlar esa yoşlar tilida "gapiradigan" mazmunli kontent yaratişi kerak.
Parlament uçun ham vazifalar aniq. Davlatimiz rahbari 2 noyabrda ekstremizmga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga qaratilgan qonunni imzoladi. Unga köra, taqiqlangan ekstremistik taşkilotlarda iştirok etiş beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi, Adliya vazirligi ekstremistik taşkilot va materiallarning oçiq elektron reyestrini yuritadi. Jazoni ötab bölganlar uçun bir yilgaça muddatga yakka tartibdagi ijtimoiy moslaştiriş dasturi joriy etiladi. Bu normalarni amalga oşiriş uçun zarur hujjatlarning öz vaqtida qabul qilinişi va ularning ijrosi parlament nazoratida bölişi lozim. Yangi qonunga köra, ekstremizmning oldini oliş davlat dasturini Davlat xavfsizlik xizmati boşqa idoralar bilan hamkorlikda işlab çiqadi, uni Prezident tasdiqlaydi. Ana şu dasturda onlayn radikallaşuv, sun’iy intellekt bilan boğliq xatarlar va yoşlar örtasida raqamli profilaktika ustuvor yönaliş bölişi maqsadga muvofiq.
Raqamli dunyoda yoşlar ongu tafakkuri uçun jiddiy kuraş keçmoqda.
❝ Şubhasiz, bu kuraşda ğalaba taqiq bilan emas, ma’rifat, oilaviy mehr, jamiyatning hamjihatligi va davlatlar örtasidagi işonçli hamkorlik bilan qölga kiritiladi. ❞
Valişer DAVLYATOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti direktori örinbosari, yuridik fanlari doktori, professor





















