Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş böyiça öquv seminari ötkazildi

INSTITUT YANGILIKLARI
Parlament tadqiqotlari institutida "Sun’iy intellekt bilan samarali işlaş" mavzusida öquv seminari ötkazildi. Unda sun’iy intellekt texnologiyalarining bugungi imkoniyatlari, ulardan ilmiy-tahliliy faoliyatda, hujjatlar bilan işlaşda hamda axborot materiallarini tayyorlaşda samarali foydalaniş usullari muhokama qilindi.
Tadbir davomida iştirokçilarga sun’iy intellekt vositalari bilan amaliy işlaş usullari namoyiş etildi. Jumladan, matnlarni tahlil qiliş va qisqaça mazmunini tayyorlaş, normativ-huquqiy hujjatlar hamda xorijiy tajribani örganiş, ma’lumotlarni tizimlaştiriş, jadval va infografikalar yaratiş, tarjima va tahrir işlarini bajariş, taqdimot materiallarini tayyorlaş imkoniyatlari körsatib berildi.
Seminarda sun’iy intellektga aniq va maqsadli topşiriq beriş qoidalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, sun’iy intellekt yordamida olingan natijalarning işonçliligini tekşiriş, foydalanilgan manbalarni örganiş, axborot xavfsizligi va maxfiylik talablariga rioya etiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Amaliy maşğulotlar davomida xodimlar öz kasbiy faoliyatiga oid vazifalarni bajarişda sun’iy intellekt vositalarini sinab kördi, ulardan foydalaniş böyiça savollariga javob oldi. Iştirokçilar bunday öquv maşğulotlari kundalik iş jarayonlarini tezlaştiriş, ma’lumotlar bilan işlaş samaradorligini oşiriş va tayyorlanadigan tahliliy materiallar sifatini yaxşilaşga xizmat qilişini ta’kidladilar.
💬 Institutda xodimlarning raqamli savodxonligini oşiriş, sun’iy intellekt va boşqa zamonaviy texnologiyalardan kasbiy faoliyatda foydalaniş könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan öquv seminarlari davom ettiriladi.
📸 FOTOLAVHA

























