Top.Mail.Ru
PARLIAMENT AITest – test rejimida
Parlament tadqiqotlari instituti
PTI » PARLIAMENT AI – Sunʼiy intellekt xizmatlari | Parlament tadqiqotlari instituti

Test rejimiSahifa sinovdan oʻtkazilmoqda, maʼlumotlar toʻldirilmoqda va aniqlashtirilmoqda.

Qonunchilik palatasi uchun sunʼiy intellekt

PARLIAMENT AISunʼiy intellekt xizmatlari

Qonun ijodkorligi, parlament nazorati, majlislar va fuqarolar bilan ishlashda yordam beruvchi sunʼiy intellekt vositalari bir joyda: vazifasi, holati va joriy etish muddati.

Barcha xizmatlar yordamchi vosita, yakuniy qarorni inson qabul qiladi.

Xizmatlarni koʻrish Joriy etish bosqichlari

  • 0Jami xizmatlar
  • 0Faoliyat yoʻnalishlari
  • 0Ishga tushirilgan yoki ishlab chiqilmoqda
  • 0Rejalashtirilgan

01Xizmatlar katalogi

  • Ishlamoqda xizmat foydalanishda
  • Sinovda sinov rejimida ishlaydi
  • Ishlab chiqilmoqda loyiha bosqichida
  • Rejada 2026–2029-yillar ish rejasiga kiritilgan

03Foydalanish tamoyillari

  • Inson nazoratiSunʼiy intellekt faqat yordamchi vosita. Har bir xulosa mutaxassis tomonidan tekshiriladi, yakuniy qarorni inson qabul qiladi.
  • ShaffoflikSunʼiy intellekt yordamida tayyorlangan material shu haqidagi belgi bilan taqdim etiladi, foydalanilgan manbalar koʻrsatiladi.
  • Maʼlumotlar himoyasiShaxsga doir va xizmat maʼlumotlari qonunchilik talablari asosida, ruxsat etilgan doirada qayta ishlanadi.
  • Xolislik va sifatXizmatlar oʻzbek tilidagi qonunchilik maʼlumotlarida sinovdan oʻtkaziladi, xatolar va kamsitish xavfi muntazam tekshiriladi.
Sunʼiy intellektni joriy etish haqida batafsil

Qoʻshimcha maʼlumot

[Nomi | Qisqa tavsif | Havola | Ochiq yoki Deputatlar va xodimlar uchun | Ishlamoqda, Sinovda, Ishlab chiqilmoqda yoki Rejada | Yoʻnalish | fa-belgi | Muddat]

Sunʼiy intellekt-lingvist | Loyihaning amaldagi qonunchilikka zid emasligini, takror va noaniq iboralarni avtomatik tekshirish. | | Deputatlar va xodimlar uchun | Rejada | Qonun ijodkorligi | fa-spell-check | 2029

Korrupsiyaga qarshi filtr | Loyihadagi korrupsiyaga yoʻl ochadigan omillarni Adliya vazirligi metodikasi asosida aniqlash. | | Deputatlar va xodimlar uchun | Rejada | Qonun ijodkorligi | fa-user-shield | 2029

Tartibga solish taʼsirini baholash | Yangi qonunning iqtisodiyot va ijtimoiy sohaga taʼsirini matematik modellashtirish orqali prognoz qilish. | | Deputatlar va xodimlar uchun | Rejada | Qonun ijodkorligi | fa-chart-line | 2029

Tahrirlarni solishtirish tizimi | Qonun loyihasining barcha tahrirlarini avtomatik taqqoslash va oʻzgarishlarni tahlil qilish (Comparative Print Suite). | | Deputatlar va xodimlar uchun | Rejada | Qonun ijodkorligi | fa-code-compare | 2029

Intellektual budjet monitoringi | Vazirlik va idoralarning budjet koʻrsatkichlari bajarilishini real vaqtda kuzatuvchi deputatlar paneli. | | Deputatlar va xodimlar uchun | Rejada | Parlament nazorati | fa-coins | 2029

Jamoatchilik fikri tahlili | Qabul qilingan qonunlar ijrosi yuzasidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarni umumlashtirish. | | Deputatlar va xodimlar uchun | Rejada | Fuqarolar va jamoatchilik bilan ishlash | fa-comments | 2029

Virtual konsultant | Murojaatlarni qabul qilish, toifalash va okrug deputatiga yoʻnaltirish; sayt, Telegram va my.gov.uz orqali ishlaydi. | | Ochiq | Rejada | Fuqarolar va jamoatchilik bilan ishlash | fa-robot | 2027–2028

Virtual gid | Qonunchilik palatasi faoliyati va tarixi haqida interaktiv shaklda maʼlumot beradi. | | Ochiq | Ishlab chiqilmoqda | Fuqarolar va jamoatchilik bilan ishlash | fa-landmark | 2026

Avtomatik stenogramma | Nutqni oʻzbek tilida matnga aylantirish, maʼruzachini aniqlash va elektron bayonnoma shakllantirish. | | Deputatlar va xodimlar uchun | Rejada | Majlislar | fa-file-lines | 2029

Sinxron tarjima | Majlislar zalida nutqni real vaqtda boshqa tillarga tarjima qilish. | | Deputatlar va xodimlar uchun | Rejada | Majlislar | fa-language | 2029

Deputat uchun aqlli qidiruv | Arxiv hujjatlari va xalqaro tajriba boʻyicha maʼno asosida tezkor maʼlumot beruvchi yordamchi. | | Deputatlar va xodimlar uchun | Rejada | Axborot-tahliliy taʼminot | fa-magnifying-glass | 2029