Maktabgaça va maktab ta’limi integratsiyasi: ta’limda uzluksizlik va xalqaro standartlarga uyğunlik
MUNOSABAT

Nuriddin SOTIVOLDIYEV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi
Ta’limda uzluksizlik va xalqaro standartlarga uyğunlik
Bugungi kunda ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida takomillaştiriş, bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlaş va ta’lim bosqiçlari örtasidagi uzviylikni ta’minlaş muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Şu nuqtai nazardan, Özbekiston Respublikasining «Maktabgaça va maktab ta’limi tizimi integratsiyasini ta’minlaş munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonuni loyihasi ta’lim tizimidagi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur qonun loyihasi bilan «Ta’lim töğrisida»gi hamda «Maktabgaça ta’lim va tarbiya töğrisida»gi qonunlarga bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturini majburiy umumiy örta ta’limning dastlabki bosqiçi sifatida joriy etişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. Bunda 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlaş jarayonini 11 yillik majburiy ta’lim tizimi bilan integratsiya qiliş, ta’limning uzluksizligini ta’minlaş hamda bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini oşiriş nazarda tutilgan.
Qonun loyihasining muhim jihatlaridan biri şundaki, bir yillik majburiy maktabga tayyorlov guruhlari nafaqat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida, balki umumiy örta ta’lim muassasalari va boşqa ijtimoiy soha ob’yektlarida ham taşkil etilişi mumkin. Bu esa maktabgaça ta’lim bilan qamrov imkoniyatlarini kengaytiriş, hududlar örtasidagi mavjud farqlarni kamaytiriş hamda bolalar uçun ta’lim oliş imkoniyatlarini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Xorijiy tajriba ham uşbu yönalişdagi islohotlarning dolzarbligini körsatadi. Xususan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, AQŞ va Avstraliya kabi davlatlarda bolalarni boşlanğiç ta’limga 5–6 yoşdan jalb etiş amaliyoti yölga qöyilgan. Ayrim mamlakatlarda maktabgaça tayyorgarlik bosqiçi ta’limning majburiy qismi sifatida belgilangan. Bu tajriba bolalarning yoş xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim bosqiçlari örtasidagi uzviylikni ta’minlaş muhimligini namoyon etadi.
Fikrimizça, taklif etilayotgan özgartirişlar bolalarning maktab ta’limiga moslaşuvini yengillaştiriş, ularda dastlabki bilim va könikmalarni şakllantiriş hamda ta’lim sifati va samaradorligini oşirişga xizmat qiladi. Şu bilan birga, uşbu tizimni samarali joriy etişda maktabga tayyorlov guruhlarining yagona ta’lim dasturlari, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi va ta’lim jarayonining bolalar yoş xususiyatlariga mos taşkil etilişiga alohida e’tibor qaratiş lozim.
❝ Zotan, maktabga tayyorgarlik jarayonini majburiy ta’lim tizimining uzviy qismiga aylantiriş nafaqat ta’lim qamrovini kengaytiriş, balki kelajak avlodning intellektual salohiyatini yuksaltiriş va mamlakat inson kapitalini rivojlantirişning muhim omili hisoblanadi. ❞
Nuriddin SOTIVOLDIYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi




















