Iqlim özgarişiga qarşi kuraşişda yangi bosqiç: mintaqaviy hamkorlik va muştarak mas’uliyat
MUNOSABAT

Otabek RÖZMETOV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasidagi Jahon yetakçilari sammitida sözlagan nutqi mamlakatimizning global iqlim muammolarini hal etişga qaratilgan izçil siyosati, «yaşil» taraqqiyot sohasida erişilgan natijalari hamda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirişga bölgan qat’iy intilişini namoyon etdi.
Davlatimiz rahbari öz nutqida iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va «yaşil» texnologiyalarni joriy etiş Özbekistonning yangi taraqqiyot modelida muhim örin tutişini alohida ta’kidladi.
Bu borada mamlakatimizda erişilgan natijalar e’tiborga molik. Xususan, yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan gaz çiqindilarini 35 foizga qisqartiriş böyiça belgilangan maqsad muddatidan oldin bajarildi. 2035 yilga qadar uşbu körsatkiçni 50 foizga yetkaziş, yaqin tört yilda qayta tiklanuvçi energiya manbalarining uluşini 54 foizga oşiriş kabi yangi marralar belgilandi.
Şu bilan birga, sönggi ön yilda iqtisodiyotda suv sarfining deyarli ikki baravarga kamaygani, suğoriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgani hamda örmonlar maydoni olti million gektarga köpaytirilgani mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlaşga qaratilgan amaliy çora-tadbirlarning natijasidir.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Markaziy Osiyoning iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taşabbusi nutqning eng muhim jihatlaridan biri böldi. Zero, mintaqamizda muzliklarning erişi, suv tanqisligi va qurğoqçilik kabi xavf-xatarlarning ortib borişi iqlim özgarişi bilan boğliq muammolarni birgalikda hal etiş zaruratini kuçaytirmoqda.
Şu nuqtai nazardan, davlatimiz rahbari taklif etgan hamkorlikning uçta ustuvor yönalişi – axborot almaşinuvi, texnologik hamkorlik va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantiriş mintaqaviy sa’y-harakatlarni birlaştirişga qaratilgan kompleks yondaşuv sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Xususan, Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavf-xatarlari töğrisida ma’lumot almaşiş infratuzilmasini yaratiş, tabiiy ofatlar haqida erta ogohlantiriş tizimini yölga qöyiş, «Eco Expo» körgazmasini doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantiriş, şuningdek, imtiyozli grantlar, «moviy» va «arid» moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqiş böyiça bildirilgan takliflar mazkur taşabbusning aniq amaliy yönalişlarini belgilab beradi.
Prezident nutqida yoş avlodning ekologik bilim va madaniyatini yuksaltiriş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Ekologik tarbiyani oila, mahalla va ta’lim muassasalari faoliyatining uyğunligi asosida taşkil etiş, bolalarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni şakllantiriş mamlakatimizning uzoq muddatli ekologik maqsadlari bilan uzviy boğliqdir.
Fikrimizça, davlatimiz rahbarining COP31 doirasida ilgari surgan taşabbuslari Özbekistonning iqlim özgarişiga qarşi kuraşişda nafaqat milliy miqyosda amaliy natijalarga erişayotganini, balki mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş va global ekologik muammolarga muştarak yeçimlar topiş borasida ham faol pozitsiyani egallayotganini körsatadi.
Ayniqsa, Markaziy Osiyoning iqlim integratsiyasi modelini boşqa manfaatdor mintaqalarda ham qöllaş taklifi uşbu taşabbusning xalqaro ahamiyatini yanada oşiradi.
Zotan, iqlim özgarişi çegara bilmaydigan global muammo bölib, uning oqibatlarini yumşatiş davlatlarning özaro işonç, hamjihatlik va muştarak mas’uliyat asosida harakat qilişini taqozo etadi.
❝ Prezidentimiz ta’kidlaganidek, kelajak avlod uçun farovon hayot va qulay şart-şaroit yaratiş, ona sayyoramizni asrab-avaylaş barçamizning insoniy burçimizdir. ❞
Otabek RÖZMETOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği






















