Hamkorlik
Xalqaro hamkorlik
Institut xorijiy parlamentlar va xalqaro parlamentlararo tashkilotlar faoliyatini oʻrganadi, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-tadqiqot va oʻquv markazlari bilan ilmiy aloqalarni rivojlantiradi hamda shu asosda parlament faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
- Hamkor tashkilotlar65 mamlakatdan
- Parlamentlararo tashkilotlar3IPU · YeXHT PA · MDH PA
- Xorijiy tajribaHaftalik dayjestxorijiy parlamentlar faoliyati
Hamkorlarimiz
Parlament tadqiqot xizmatlariKoreya RespublikasiKoreya Respublikasi Milliy assambleyasi tadqiqot xizmati (NARS)
Parlament tadqiqot xizmatlariQozogʻistonQozogʻiston Respublikasi Parlamentarizm instituti
Jamgʻarma va agentliklarGermaniyaGermaniya Konrad Adenauer jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
Jamgʻarma va agentliklarGermaniyaGermaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasi (IRZ)
Jamgʻarma va agentliklarTurkiyaTurkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)
UniversitetlarXorvatiyaZagreb universiteti
Parlamentlararo tashkilotlar
Institut Qonunchilik palatasining ushbu tashkilotlar bilan hamkorlik «yoʻl xaritalari»ni ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
Faoliyat yoʻnalishlari
Bandni bosing — Nizomdagi aynan matn ochiladi.
xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy ravishda tadqiqotlar olib boradi;
qonunchilik, huquqni qoʻllash muammolarini va xorijiy tajribani, shuningdek xorijiy mamlakatlar parlamentlari va parlamentlararo tashkilotlar faoliyatini oʻrganish natijalari boʻyicha tayyorlangan ilmiy, axborot-tahliliy materiallarni, shu jumladan haftalik axborot-tahliliy maʼlumotnomalarni, takliflarni hamda qonun hujjatlari loyihalarini Qonunchilik palatasi, uning qoʻmitalari, komissiyalari, fraksiyalar va deputatlari koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-tadqiqot va oʻquv markazlari, olimlar hamda mutaxassislar bilan ilmiy va amaliy aloqalarni oʻrnatadi hamda rivojlantiradi, ular bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzadi;
Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament assambleyasi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi bilan oʻzaro hamkorlikning aniq va uzoq muddatli «yoʻl xarita»larini ishlab chiqishda koʻmaklashadi;
Qonunchilik palatasiga xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro munosabatlarni rivojlantirishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish maqsadida parlament diplomatiyasi konsepsiyasini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Hamkorlik shakllari
- Tajriba almashishOchiq tadqiqotlar, uslubiyat va amaliyot boʻyicha oʻzaro tajriba va axborot almashish.
- Qoʻshma tadqiqotlarQiyosiy-huquqiy tahlillar, qoʻshma nashrlar va ekspert xulosalari.
- Konferensiya va seminarlarXalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va treninglarni birgalikda tashkil etish.
- Stajirovka va malaka oshirishTadqiqotchilar va mutaxassislarning oʻzaro tashriflari va stajirovkalari.
Hamkorlik tadbirlari va kelishuvlar
Xalqaro hamkorlik
Hamkorlik taklifi
Ilmiy-tadqiqot markazlari, universitetlar, parlament xizmatlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikka ochiqmiz. Taklifingizni oʻzbek, rus yoki ingliz tilida yuboring.
info [at] pri.oliymajlis.uz
















