Foydalanish shartlari
Parlament tadqiqotlari instituti jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qabul qiladi va koʻrib chiqadi.
Murojaat turlari
- Ariza — huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda koʻmaklashish toʻgʻrisidagi iltimos.
- Taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga oid tavsiyalar.
- Shikoyat — buzilgan huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarni tiklash toʻgʻrisidagi talab.
Murojaat yuborish usullari
- Elektron — saytdagi murojaat shakli yoki info@pri.oliymajlis.uz elektron pochtasi orqali;
- Tashkilotlar uchun — E-XAT tizimi orqali: qmpti@exat.uz;
- Ogʻzaki — fuqarolarni qabul qilish jadvaliga muvofiq shaxsiy qabulda yoki telefon orqali: +998 78 238-24-02;
- Yozma — pochta orqali yoki devonxonaga topshirib.
Murojaat qaysi shaklda yuborilishidan qatʼi nazar, bir xil tartibda koʻrib chiqiladi.
Murojaatda koʻrsatilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar
- jismoniy shaxslar uchun — familiya, ism, otasining ismi va yashash manzili;
- yuridik shaxslar uchun — tashkilotning toʻliq nomi va pochta manzili;
- murojaatning mazmuni — masala aniq va tushunarli bayon qilinadi;
- javob olish uchun elektron pochta yoki telefon raqami (ixtiyoriy).
Koʻrib chiqish muddatlari
- Ariza va shikoyatlar — kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kun ichida; qoʻshimcha oʻrganish talab etilsa — bir oygacha.
- Takliflar — kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oy ichida.
- Zarur hollarda muddat Institut rahbarining qarori bilan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin; bu haqda murojaat muallifiga xabar beriladi.
- Shikoyat huquq buzilgani maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay beriladi.
Murojaat koʻrib chiqilmaydigan hollar
- anonim murojaatlar — muallifi aniqlanmagan yoki yolgʻon maʼlumot koʻrsatilgan murojaatlar;
- Institut vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organga yuboriladi va bu haqda muallifga xabar beriladi.
Shaxsga doir maʼlumotlar
Murojaatda koʻrsatilgan maʼlumotlar faqat murojaatni koʻrib chiqish maqsadida Maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlanadi.
















