Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Institut haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti davlat ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi boʻlib, oʻz faoliyatida Qonunchilik palatasi Kengashiga hisobdordir.
- 2017faoliyat boshlangan yil
- 7tarkibiy boʻlinma
- 28shtat birligi
- 9asosiy vazifa
Tarix
-
2017-yil 29-dekabr
Asos solinishi
Qonunchilik palatasi va Senat Kengashlarining 1399–III/KQ-283–III-son qoʻshma qarori bilan Parlament tadqiqotlari instituti tashkil etildi.
-
2018-yil 29-iyun
Vakolatlar kengaytirildi
1808–III-son qoʻshma qaror bilan Institutning Oliy Majlis palatalari faoliyatini axborot-tahliliy taʼminlash boʻyicha vazifalari kengaytirildi.
-
2023-yil 2-may
Parlament tadqiqotlari instituti
Qonunchilik palatasi Kengashining 3129–IV-son qarori bilan uning negizida Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti tashkil etildi.
-
2026-yil 13-aprel
Yangi tuzilma
Kengashning 1941–V-son qarori bilan Institutning shtatlar jadvali yangi tahrirda tasdiqlandi.
Asosiy vazifalar
Institut Nizomining 5-bandida belgilangan
-
Ilmiy-tahliliy taʼminot
Qonunchilik palatasi va deputatlar faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash, ularning qonun ijodkorligi borasidagi faoliyatiga koʻmaklashish.
-
Ilmiy tadqiqotlar
Parlamentarizm muammolarini tadqiq etish, huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, davlat dasturlari hamda strategiyalarining maqsad va vazifalariga muvofiq parlamentarizmni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish.
-
Xorijiy tajriba
Xorijiy parlamentlar va xalqaro parlamentlararo tashkilotlar faoliyatini oʻrganish natijalari asosida parlament faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.
-
Ilmiy ekspertiza
Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish, ularning tartibga solish taʼsirini baholash hamda xalqaro normalar va standartlarga muvofiqligini oʻrganish.
-
Qonun ijodkorligi
Qonun ijodkorligini demokratlashtirish, uning ilmiy asoslarini takomillashtirish hamda xalqaro normalar va standartlarni qonunlarga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
-
Parlament nazorati
Qonunchilik palatasiga parlament nazorati shakllarini rivojlantirishga va vakillik funksiyalarini amalga oshirishga koʻmaklashish, Qonunchilik palatasi, uning qoʻmitalari, komissiyalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash.
-
Huquqiy targʻibot
Qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish.
-
Sunʼiy intellekt
Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganish asosida Qonunchilik palatasi faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishning huquqiy va institutsional asoslarini yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash, bu borada yagona texnik siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish, qonun ijodkorligi, parlament nazorati hamda saylovchilar bilan ishlash jarayonlariga sunʼiy intellekt loyihalarini tatbiq etishni ekspert va uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda deputatlik korpusi va kadrlar uchun sunʼiy intellekt boʻyicha ekspertlik, uslubiy va oʻquv tadbirlarini tizimli ravishda tashkil etish.
-
Xalqaro reytinglar
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishini oʻrganib borish.
Huquqiy asos
- Qonunchilik palatasi va Senat Kengashlarining 2017-yil 29-dekabrdagi 1399–III/KQ-283–III-son qoʻshma qarori
- Qonunchilik palatasi va Senat Kengashlarining 2018-yil 29-iyundagi 1808–III-son qoʻshma qarori
- Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 2-maydagi 3129–IV-son qarori
- Qonunchilik palatasi Kengashining 2026-yil 13-apreldagi 1941–V-son qarori
- Parlament tadqiqotlari instituti toʻgʻrisidagi Nizom
















