Davlat bayroği — xalq birligi va milliy iftixor timsoli
MAQOLA

Laziza NIYOZOVA
Parlament tadqiqotlari instituti Sud-huquq sohasida tadqiqotlar bölimi xodimi
Özbekiston Davlat bayroği qabul qilinganiga 35 yil töldi. Bugungi kunda u nafaqat davlat suvereniteti, balki xalq birligi va milliy ğurur timsoli sifatida har bir xonadonga kirib bormoqda.
Davlat bayroği — xalq birligi va milliy iftixor timsoli
Xalqaro musobaqada yurtdoşimiz şohsupaga kötarilganida, avvalo, uning yuzidagi quvonçni köramiz. Bayroğimiz kötarilib, madhiyamiz yangraganda esa bu quvonçga butun yurt şerik böladi. Öşa lahzada minglab xonadonlarda bir söz yangraydi — «Yutdik!»
«Yutdi» bilan «yutdik» örtasidaga farq birgina harfda. Ammo şu bir harfda butun bir yurtning ğalabaga daxldorlik tuyğusi mujassam. Şohsupada bir inson turibdi. Uning şarafiga kötarilgan bayroqni esa har birimiz özimizniki deb bilamiz.
Bugun, 18 noyabrda Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilinganiga 35 yil töldi. 1991 yilning şu kuni Oliy Kengaş «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi 407-XII-son Qonunni qabul qildi. Öşandan buyon mustaqil Özbekistonni dunyoga tanitib kelayotgan bayroq ostida butun bir avlod ulğaydi.
«Biz» sözining konstitutsiyaviy ma’nosi
Konstitutsiyamiz «Biz, Özbekistonning yagona xalqi…» degan sözlar bilan boşlanadi. Muqaddimadagi şu «biz»ning mazmuni keyingi moddalarda oçiladi. 7-modda xalqni davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sifatida e’tirof etadi. 8-moddaga köra esa, Özbekiston xalqini millati qanday bölişidan qat’i nazar, mamlakatimizning barça fuqarolari taşkil etadi. Demak, şohsupaga qarab turgan har bir yurtdoşimiz Konstitutsiyadagi şu «biz»ning bir qismidir.
«Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi Qonunning 2-moddasi bayroqni davlat suverenitetining ramzi, 3-moddasi esa xalqaro munosabatlarda Özbekistonning timsoli sifatida belgilaydi. Taqdirlaş marosimida bu qoidalarning ma’nosini yaqqol köramiz. Ğolibning ismi aytilganda uning şaxsiy mehnati e’tirof etiladi. Bayroq kötarilganda esa dunyo bu inson qaysi mamlakat nomidan maydonga çiqqanini köradi. Biz «Yutdik!» deganda aynan şu boğliqlikni his qilamiz.
Bayroqni özimizniki deb biliş unga ehtirom bilan munosabatda böliş mas’uliyatini ham anglatadi. Konstitutsiyaning 5-moddasiga köra, Özbekistonning davlat ramzlari — bayroği, gerbi va madhiyasi qonun bilan tasdiqlanadi hamda davlat himoyasida böladi. Davlat bayroği töğrisidagi Qonunning 13-moddasi esa bu himoyaning şaxsga taalluqli jihatini aniq belgilaydi. Bayroqni hurmat qiliş Özbekiston fuqarolari uçun ham, mamlakatimiz hududida turgan boşqa şaxslar uçun ham majburiydir. Bayroq töğrisidagi qonunçilikni buzganlikda aybdor şaxslar belgilangan tartibda javobgar böladi.
Xonadondagi bayroq — iftixor va mas’uliyat
«Yutdik!» degan quvonçni şohsupadan olisda, öz xonadonimizda ham his qilamiz. Şunday paytda ekranda kötarilgan bayroqni özimiz ham qölga olgimiz keladi. Davlat bayroği töğrisidagi Qonunning avvalgi tahririda bayroq rasmiy marosimlarda qayerda va qaçon kötarilişi batafsil belgilangan edi. Fuqaro bayroqdan kundalik hayotda, xususan, öz uyida yoki iş joyida qanday foydalanişi mumkinligi esa aniq ifodalanmagan edi.
2023 yil 7 iyulda imzolangan ÖRQ-853-son Qonun şu masalaga aniqlik kiritdi. Davlat bayroği töğrisidagi Qonun 5-moddasining ikkinçi qismi yangi tahrirda bayon etilib, bayroqdan foydalaniş mumkin bölgan holatlar qatorida oilaviy bayramlar, xotira sanalari, sport musobaqalari va madaniy tadbirlar ham körsatildi. Moddaga qöşilgan uçinçi qism esa fuqaroga bayroqni öz xonadonida, iş joyida, ularga tutaş hududlarda, jamoat joylarida va transport vositasi salonida ham namoyiş etiş imkonini bevosita belgiladi.
Qonunda Oliy Majlis palatalari binolarida Davlat bayroği doimiy ravişda kötarilişi belgilangan. Xonadon peştoqiga bayroq ilişni esa har bir oila öz ixtiyori bilan hal qiladi. 2023 yilgi özgartirişlar fuqaroning ana şu tanloviga aniq huquqiy asos berdi. Endi yurtdoşining ğalabasidan quvonib «Yutdik!» degan oila öz xonadonida ham bayroq kötarib, şu yutuqqa daxldorligini ifoda etişi mumkin.
Xonadonga bayroq iliş — fuqaroning ixtiyori, davlat ramziga hurmat bilan munosabatda böliş esa qonun talabidir. Qonun bu talabning amalda nimani anglatişini ham aniq belgilaydi. Oilaviy tantanada uy peştoqiga ilingan bayroq şu oilaning Vatanga daxldorlik tuyğusini ifodalaydi. Biroq, bayroqni dasturxon sifatida işlatişga yoki uning tasvirini bir marta foydalanib, taşlab yuboriladigan buyumlarga tuşirişga yöl qöyilmaydi. Bu qoidalar zamirida bayroqning qadrini u hilpiragan har bir joyda — davlat idorasida ham, xonadonda ham — asraş maqsadi bor.
Ehtirom oiladan boşlanadi
Bola bayroğimizni ranglaridan, yarim oy va ön ikki yulduz tasviridan taniydi. Uni nega avaylaş kerakligini esa köpinça kattalarning munosabatidan anglaydi. Bayram arafasida ota-onasi bilan birga xonadonga bayroq iliş ham şunday tarbiya uçun bir fursat. Bola bayroqni öz qöli bilan tutganida, unga nima uçun munosib joy tanlanayotganini söraganida, Vatan haqidagi suhbat tabiiy boşlanadi.
Bu borada oila, davlat va jamiyatning vazifalari Konstitutsiyada öz ifodasini topgan. 77-modda ota-onalar va ularning örnini bosuvçi şaxslar zimmasiga farzandlarining tarbiyasi va har tomonlama kamol topişi haqida ğamxörlik qiliş majburiyatini yuklaydi. 78-moddaga köra, davlat va jamiyat bolalar hamda yoşlarda vatanparvarlik, öz mamlakatidan faxrlaniş va Vatanga mehr tuyğularini şakllantiriş haqida ğamxörlik qiladi. Maktab va mahallada oiladagi ibratni davom ettirişning eng tuşunarli yöli — bolalarni bunday işlarga bevosita jalb etiş.
2023 yil 7 iyuldagi ÖRQ-853-son Qonunning 2-moddasida Vazirlar Mahkamasiga qonunning mohiyati va ahamiyatini aholiga tuşuntirişni ta’minlaş vazifasi yuklatilgan. Masalan, maktab peştoqidagi bayroq hali butun bölsa ham, rangi oftobda öçgani uçun yangisiga almaştiriladi. Buning sababini öquvçiga sodda qilib tuşuntiriş mumkin. Davlat bayroği töğrisidagi Qonunning 11-moddasi bayroqdan foydalanayotgan şaxsga uni butun, toza va rangi öçmagan holda tutiş mas’uliyatini yuklaydi. Şunda bola har kuni körib yurgan bayroği misolida qonun talabining ma’nosini anglaydi.
1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengaş Davlat bayroğini tasdiqlaganida, mustaqil Özbekiston özini dunyoga qaysi timsol bilan tanitişini belgilagan edi. 2023 yilgi özgartirişlar esa bayroqning fuqarolar hayotidagi örnini yanada aniq ifodaladi. Insonning öz xonadonida bayroq kötariş istagi qonunda inobatga olindi, undan ehtirom bilan foydalaniş talablari belgilandi.
Öttiz beş yil avval bayroğimiz qabul qilinganiga guvoh bölganlar bugun öşa kunlarni farzandlari va nabiralariga sözlab bermoqda. Katta avlod uçun u mustaqillikning ilk kunlarini yodga soladi. Bugungi bola uçun esa u — öz uyida, maktabida, yurtdoşi şarafiga ötkazilgan marosimda bir qaraşda taniydigan Vatan timsoli.
❝ Uloqtirmay, avaylab qölga olişdan tortib, uning tarixini keyingi avlodga sözlab berişgaça — bayroqqa ehtirom ana şunday oddiy va mazmunli işlar bilan yaşaydi. ❞
Laziza NIYOZOVA,
Parlament tadqiqotlari instituti Sud-huquq sohasida tadqiqotlar bölimi xodimi
Manba: ÖzA




















