Bilim nega eng işonçli kapital?
MAQOLA

Oybek QÖŞBAQOV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölimi boşliği
Tasavvur qiling, bugun boğçaga qadam qöygan uç yoşli qizaloq 2030 yilda birinçi sinfga boradi va 2041 yilda maktabni bitiradi. Öşa paytda mehnat bozorida qanday kasblar bölişini heç kim aniq ayta olmaydi. Lekin bir narsa aniq. U qaysi kasbni tanlamasin, uning taqdirini örganiş qobiliyati, bilimi va malakasi hal qiladi. Mamlakatimiz kelgusi ön yilda aynan şunday avlodni tarbiyalaşni öz oldiga maqsad qilib qöymoqda.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2026 yil 28 avgustda davlat mustaqilligining öttiz beş yilligiga bağişlangan tantanali marosimda kelgusi ön yillikni “Milliy yuksaliş davri” deb atadi va bu davrning yettita milliy dasturini e’lon qildi. Ularning birinçisi — bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirişdan iborat. Dasturlarning ketma-ketligi çuqur mantiqqa asoslangan. Soğliqni saqlaş, yuqori texnologiyalar, suv va ekologiya, qonun ustuvorligi kabi yönalişlarning barçasi oxir-oqibat bilimli va malakali insonga borib taqaladi.
Mazkur maqolada milliy dasturni bir qator oddiy savollar orqali tahlil qilişga harakat qilamiz. Nega aynan “kapital” sözi tanlandi? Milliy dastur Uçinçi Renessans ğoyasi bilan qanday boğlanadi? Sönggi yillarda ta’limda nima özgardi va qaysi masalalar hali öz yeçimini kutmoqda? Bola tuğilganidan to kasb egallaguniça bosib ötadigan yölning qaysi halqasi eng zaif? Va, nihoyat, bu islohotlar har birimizdan nimani talab qiladi?
“Kapital” sözi bejiz tanlanmagan
Iqtisodiyotda kapital deganda foyda keltiradigan boylik tuşuniladi. Dehqon yerga uruğ sepadi va hosil oladi, tadbirkor dastgoh sotib oladi va mahsulot işlab çiqaradi. Bilimni kapital deb ataş ta’limga sarflangan har bir söm va har bir soatni investitsiya sifatida köriş kerakligini anglatadi.
Bu ğoya ilmiy jihatdan ham isbotlangan. Amerikalik iqtisodçi Geri Bekker “inson kapitali” nazariyasini işlab çiqqani uçun 1992 yilda Nobel mukofotiga sazovor bölgan. Jahon banki mutaxassislari önlab mamlakatlar ma’lumotlarini tahlil qilib, har bir qöşimça öqiş yili insonning daromadini örtaça 9 foizga oşirişini aniqlagan. Demak, bilim davlat uçun ham, har bir oila uçun ham eng foydali sarmoya hisoblanadi.
Davlatimiz bu sarmoyani keyingi yillarda izçil oşirib kelmoqda. Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, ta’limga yönaltirilgan davlat xarajatlari 2021 yildagi 39,6 trillion sömdan 2025 yilda 84,2 trillion sömga yetdi, ya’ni tört yilda 2,1 barobar oşdi. Endi asosiy savol – bu mablağlar qanday natija berayotgani va kelgusida qanday natija berişi kerakligidir.
Uçinçi Renessans poydevori
Milliy dasturning ğoyaviy ildizlari ança çuqur. Prezidentimiz 2020 yilda Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida mamlakatimizda Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş ğoyasini ilgari surgan edi. Davlatimiz rahbari maktabgaça ta’lim, maktab ta’limi, oliy va örta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bölğusi Renessansning tört uzviy halqasi deb atadi. Boğça tarbiyaçilari, maktab öqituvçilari, professor-öqituvçilar va ilmiy-ijodiy ziyolilar esa yangi Uyğoniş davrining tayanç ustunlari sifatida e’tirof etildi. Ota-onalar bu tizimning beşinçi halqasi va ustuni sifatida belgilandi.
Tariximizda bunday Uyğoniş davrlari ikki marta yuz bergan. IX–XII asrlarda Xorazmiy, Farğoniy, Beruniy, Ibn Sino kabi allomalar jahon ilm-faniga munosib hissa qöşgan. XIV–XV asrlarda, Amir Temur va temuriylar davrida Uluğbek, Navoiy, Behzod singari buyuk siymolar yetişib çiqdi. Ikkala davrning asosida ilm-ma’rifatga bölgan yuksak hurmat va bilimli insonni qadrlaş madaniyati turgan.
Birinçi milliy dastur şu ğoyaning amaliy davomi va ölçanadigan körsatkiçlardagi ifodasidir. Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş endi aniq maqsadlar, muddatlar va natijalar bilan ölçanadigan vazifaga aylandi. Maqoladagi keyingi tahlil ham aynan şu halqalar ketma-ketligida olib boriladi.
Islohotlarning uç bosqiçi
Sönggi ön yildagi ta’lim islohotlarini şartli ravişda uç bosqiçga ajratiş mumkin. Bu böliniş milliy dasturning mantiğini tuşuniş uçun muhim.
Birinçi bosqiç – qamrov bosqiçi. 2017 yildan boşlangan bu davrda asosiy vazifa ta’lim eşigini imkon qadar köp bolalar va yoşlar uçun oçiş edi. Öşanda boğça yoşidagi bolalarning atigi 27 foizi maktabgaça ta’lim bilan qamrab olingan, maktab bitiruvçilarining faqat 9 foizi oliy öquv yurtiga kira olar edi. Qisqa muddatda minglab boğça, maktab va önlab yangi universitetlar oçildi.
Ikkinçi bosqiç – mazmun bosqiçi. Bolaning nimani örganişi ham qayerdagi partada ötirgani muhim ekanini anglaş şu davrda yuzaga keldi. 2018 yildan yangi avlod darsliklari yaratila boşlandi, 2022–2026 yillarga möljallangan xalq ta’limini rivojlantiriş milliy dasturi qabul qilindi. Milliy öquv dasturi joriy etildi, öqituvçilar malakasini xalqaro sertifikatlar asosida baholaş va rağbatlantiriş tizimi yölga qöyildi. Eng muhimi, Özbekiston ilk bor PISA singari xalqaro tadqiqotlarda iştirok etib, öz ta’lim tizimiga çetdan, xolis köz bilan qaraşga jur’at qildi.
Uçinçi bosqiç – sifat va natijadorlik bosqiçi. Birinçi milliy dastur aynan şu bosqiçning boşlanişi. Endi islohotlar samarasi bola nimani bila olişi va nimani uddalay olişi bilan ölçanadi. 2022–2026 yillarga möljallangan xalq ta’limi dasturi ayni şu yili yakunlanayotgani va uning örnini ön yillik milliy dastur egallayotgani ham bu ötişning tabiiyligini körsatadi.
Yagona vertikal: ta’lim boşqaruvida yangi bosqiç
Uçinçi bosqiçning boşlanişi davlat boşqaruvi tizimidagi muhim özgariş bilan ham mos keldi. Prezidentimizning 2026 yil 3 oktabrdagi PF-213-son farmoniga muvofiq, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi taşkil etildi.
Bu qarorning mazmuni oddiy va aniq. Boğçadan ilm-fangaça bölgan barça bosqiçlar endi bir-biriga boğliq yagona tizim sifatida boşqariladi. Ilgari maktab bitiruvçisining tayyorgarligi uçun bir idora, uning universitetdagi tahsili uçun esa boşqa idora mas’ul edi. Endi maktab ta’limi kasbiy va oliy ta’lim bilan, oliy ta’lim esa ilmiy faoliyat bilan uzviy boğlanadi. Uşbu özgariş Uçinçi Renessansning tört uzviy halqasi haqidagi ğoyaning boşqaruv tizimidagi amaliy ifodasi hisoblanadi.
19 oktabrda qabul qilingan PQ-380-son qaror bilan yangi vazirlikning tuzilmasi belgilandi. Uning tarkibida Bilim va malakalarni baholaş agentligi, Ta’lim va ilm-fan böyiça strategik tadqiqotlar va baholaş markazi, Inson kapitalini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etilmoqda. Vazir huzurida öquvçilar, ota-onalar, pedagoglar va iş beruvçilar vakillaridan iborat jamoatçilik kengaşi tuziladi, fuqarolar murojaatlari uçun call-markaz va qayta aloqa tizimi işga tuşiriladi. Prezident Administratsiyasi huzurida esa inson kapitalini rivojlantiriş va uzluksiz ta’lim strategiyasini işlab çiquvçi işçi guruh taşkil etildi.
Uşbu tuzilmalar bilim va malakani xolis ölçaş, qarorlarni tahlil asosida qabul qiliş hamda sohaning jamoatçilik oldidagi hisobdorligini ta’minlaşga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari 7 oktabrda vazirlik faoliyatini taşkil etiş böyiça takliflar taqdimotida ta’lim bosqiçlari yagona vertikal sifatida işlaşi, ayniqsa, maktab va universitet örtasidagi uzviylikni mustahkamlaş zarurligini alohida ta’kidladi.
Birinçi halqa: boğça – eng yuqori daromad beradigan sarmoya
Bilim zanjiri boğçadan boşlanadi. Bu fikr ilmiy jihatdan ham asoslangan. Nobel mukofoti sovrindori, iqtisodçi Jeyms Xekman tadqiqotlariga köra, davlat mablağlarining eng yuqori qaytim beradigan qismi erta yoşdagi bolalar ta’limiga sarflangan mablağdir. Maktabgaça yoşda şakllanadigan qiziquvçanlik, sabr-toqat, jamoada işlaş kabi könikmalar insonning keyingi butun hayotiga ta’sir qiladi.
Mamlakatimizda sönggi ön yilda 1,8 million boğça örni yaratildi, maktabgaça ta’lim qamrovi 78 foizga yetdi. Bu aholi soni sakkiz million kişiga ösgan şaroitda erişilgan natija. Endi milliy dastur yanada aniq maqsadni belgiladi. Olti yoşli bolalarning barçasi, ya’ni 100 foizi maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi.
Bu yönalişda sifatga ham e’tibor kuçaymoqda. Öyin orqali öqitişga asoslangan yangi dastur 180 mingdan ortiq tarbiyaçiga örgatilmoqda va yil yakunigaça 38 mingdan ziyod boğçaning barçasiga joriy etiladi. 2027 yil 1 yanvardan boşlab işlaydigan onalarning 2–3 yoşli bolalarini oilaviy boğçalarga joylaştiriş xarajatini davlat qoplaydi. Bu qaror bolalar ta’limi bilan bir qatorda xotin-qizlar bandligini ta’minlaşda ham muhim ahamiyatga ega.
Ikkinçi halqa: maktab – raqamlar ortidagi haqiqat
Maktab ta’limida bir yarim million yangi öquvçi örni yaratildi, 10 mingdan ortiq maktab modernizatsiya qilindi. Ammo ta’limning haqiqiy közgusi öquvçining bilimidir. Bu borada eng xolis bahoni PISA xalqaro tadqiqoti beradi.
2022 yilda birinçi marta iştirok etganimizda natija köngildagidek bölmadi. Tabiiy fanlar böyiça 355 ball bilan mamlakatimiz röyxatning oxirgi örinlaridan joy oldi. Bu natija yaşirilmadi, undan xulosa çiqarildi. PISA-2025 natijalariga köra, öquvçilarimiz tabiiy fanlardan 438 ball töplab, 91 ta davlat va hudud orasida 48-öringa kötarildi. 83 ballik ösiş mutaxassislar bahosiga köra taxminan tört yillik öqişga teng bölib, bu körsatkiç böyiça Özbekiston dunyoda eng yuqori natija qayd etgan davlatlar qatoriga kirdi.
Şu bilan birga, xalqaro hisobot xotirjamlikka berilmaslikka va çuqur muşohada yuritişga undaydi. Öquvçilarimizning qariyb uçdan bir qismi tabiiy fanlar böyiça hali eng boşlanğiç darajaga yetmagan, yuqori darajadagi natijani esa bor-yöği yarim foiz öquvçi körsatgan. Öqiş va matematika böyiça natijalar ma’lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangani sababli e’lon qilinmadi. Bu ta’limda halollik va şaffoflik ham bino yoki darslik kabi strategik resurs ekanini eslatadi. Har qanday islohot işonçli ma’lumotga tayangandagina töğri yönalişni topadi.
Şu nuqtai nazardan, Prezidentimizning 30 sentabr kuni ustoz va murabbiylar bilan uçraşuvida ilgari surilgan taşabbuslar maktab ta’limidagi muhim masalalarni hal etişga qaratilgani bilan ahamiyatli. Xususan öquvçilar soni 25 nafardan ortiq bölgan sinflarda matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari ikki guruhga bölingan holda öqitiladi. Yangi öquv yilidan boşlab 100 ta maktabning ayrim sinflarida aniq va tabiiy fanlar töliq ingliz tilida öqitiladi. Maktablar sifat indeksi asosida baholanadi va toifalarga ajratiladi, boşqa maktablarga kömaklaşgan ilğor jamoalar esa rağbatlantiriladi. Öqituvçilar uçun majburiy bir oylik malaka oşiriş kurslari örniga ularning özlari tanlaydigan 18–72 soatlik vauçerlar joriy etiladi. Ta’limning barça bosqiçlarida faoliyat yuritayotgan eng yaxşi öqituvçilarni taqdirlaş uçun Abdulla Avloniy nomidagi yangi davlat mukofoti ta’sis etiladi.
Bu borada öqituvçi omili hal qiluvçi ahamiyatga ega. Beş yil avval xalqaro yoki milliy sertifikatga ega öqituvçilar soni 29 ming nafar bölgan bölsa, bugun 143 ming nafarga yetdi. 40 mingdan ortiq öqituvçi oyiga 1000 dollardan, 1500 nafari esa 2000 dollardan ortiq maoş olmoqda. Yevropada PISA böyiça eng yuqori natija körsatayotgan Finlyandiya va Estoniya tajribasi ham şuni tasdiqlaydi. Ta’lim sifati öqituvçilar sifatidan yuqori böla olmaydi. Bu mamlakatlarda öqituvçilik eng nufuzli kasblardan biri hisoblanadi va pedagogika yönalişiga eng kuçli abituriyentlar tanlab olinadi.
Prezident taşabbuslari: iqtidorni erta aniqlaş va raqamli könikmalar
Maktab ta’limidagi özgarişlarda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan taşkil etilgan yangi turdagi ta’lim muassasalari alohida örin tutadi. Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablar tarmoği iqtidorli bolalarni erta aniqlaş va ularni xalqaro standartlar asosida öqitiş tizimini şakllantirdi. Öquvçilarimiz bu yil nufuzli fan olimpiadalarida 228 ta medalni qölga kiritgani uşbu tizim samarasini yaqqol körsatadi.
Raqamli könikmalarni rivojlantiriş masalasi ham davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida. “Bir million dasturçi” loyihasi yoşlarning keng qatlamiga dasturlaş asoslarini örganiş imkonini berdi. Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 31 dekabrdagi qarori bilan uning mantiqiy davomi sifatida “Beş million sun’iy intellekt yetakçilari” loyihasi boşlandi. Loyiha yoşlarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etiş, ularning raqamli bilim va könikmalarini oşiriş hamda yuqori daromadli kasblarga yönaltirişga qaratilgan.
Joriy yil 30 sentabrdagi uçraşuvda ilgari surilgan taşabbuslar ham şu yönalişni davom ettiradi. Kelgusi yildan boşlanğiç sinf öquvçilari uçun fan olimpiadalari joriy etiladi. Nodavlat maktablarni rivojlantiriş uçun 52 ta tumanda imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratiladi, böş turgan davlat binolari 10 yil muddatga bepul ijaraga beriladi. Inklyuziv maktablar soni esa ikki yilda qariyb beş barobar oşib, 3 591 taga yetdi. Bu har bir bola uçun teng imkoniyat yaratiş siyosatining amaliy ifodasidir.
Uçinçi halqa: kasb – diplomdan malakaga
Uzoq yillar jamiyatimizda “farzandim albatta oliy ma’lumotli bölişi kerak” degan qaraş ustun bölib keldi. Natijada ayrim sohalarda diplomli, ammo amaliy malakasi yöq mutaxassislar köpaydi, mohir usta, payvandçi, elektrik, hamşira yetişmaydigan holatlar yuzaga keldi. Milliy dastur bu nomutanosiblikni bartaraf etişni maqsad qilgan. Bir million nafar yoş yuqori daromadli kasblarga öqitiladi, har bir yigit-qiz kamida bitta kasb egallaydi, barça texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy qilinadi.
Bu borada dastlabki natijalar bor. Sönggi ikki yilda 104 ta texnikumda xalqaro dasturlar joriy etildi, 25 ming korxona texnikumlar bilan hamkorlik qilmoqda, 100 mingdan ortiq talaba öqiş davomida daromad topmoqda. Dual ta’limda öqiyotgan talabalarga 1,3 million sömgaça stipendiya tölanmoqda. 2026 yil 16 fevraldagi PF-22-son farmonga muvofiq, 2026/2027 öquv yilidan yettita hududda maktab öquvçilarini zamonaviy kasblarga yönaltiradigan “Kasblar şaharçalari” taşkil etiladi, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikat beradigan 24 ta malakani baholaş markazi oçiladi. Kelgusi yildan xalqaro sertifikatga ega işlab çiqariş ta’limi ustalariga 50 foiz ustama belgilanadi, har yili 500 nafar usta xorijda malaka oşiradi, nodavlat texnikumlarga esa soliq va yer böyiça imtiyozlar beriladi.
Xorijiy tajriba şuni körsatadiki, kasbiy ta’limning obrösi jamiyatdagi qaraşga boğliq. Şveysariyada yoşlarning qariyb uçdan ikki qismi maktabdan söng kasbiy ta’lim yölini tanlaydi va bu tanlov jamiyatda töla qadrli yöl sifatida qabul qilinadi. Germaniyaning dual tizimida esa yoşlar haftaning bir qismini korxonada, qolganini öquv muassasasida ötkazib, işga tayyor mutaxassis bölib çiqadi. Bu ikki mamlakatda yoşlar işsizligi Yevropadagi eng past körsatkiçlar qatorida bölib kelayotgani ham şu tizimning samarasidir.
Törtinçi halqa: universitet – diplom fabrikasidan ilm markaziga
Oliy ta’limdagi özgarişlar kölami haqiqatan tarixiy. 2023 yilda oliy ta’lim qamrovi 42 foizga, oliy ta’lim muassasalari soni 77 tadan 212 taga yetdi. Bugun mamlakatimizda 1,6 milliondan ortiq talaba tahsil olmoqda, ularning yarmidan köpi qizlar. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “bilimli qiz – bu bilimli oila, bilimli avlod”.
Endi esa vazifa qamrovdan sifatga ötmoqda. Milliy dasturga köra, kamida 10 ta oliy ta’lim muassasamiz dunyoning eng nufuzli 1000 ta universiteti qatoriga kirişi kerak. Hozir 7 ta universitetimiz 17 ta fan yönalişi böyiça xalqaro reytinglarda qayd etilgan. Bu maqsadga erişiş uçun universitetlarni boşqariş tizimi ham özgarmoqda. Kuzatuv kengaşlari a’zolarining uçdan ikki qismi xususiy sektor va xorijiy oliygohlar vakillaridan şakllantiriladi, har bir universitet yiliga kamida 50 ta darslik yaratişi şart, jahonning eng yaxşi 300 ta universiteti filiallarini jalb etiş çoralari köriladi.
Ayniqsa, oliy ta’limda dual tizimning joriy etilişi muhim qadam. Kelgusi yildan 75 ta universitetda, 2028 yildan esa barça oliygohlarda talabalar öqiş bilan birga korxonalarda işlaydi. Korxona işga olgan talabaning iş haqining yarmini davlat qoplaydi. Bu nazariya va amaliyot örtasidagi uzilişni bartaraf etişga qaratilgan eng amaliy mexanizmlardan biridir.
Uzluksiz zanjir: butun umr davomida örganiş
Bilim zanjirining bu böğini köpinça e’tibordan çetda qoladi. Holbuki, texnologiyalar şu qadar tez özgarmoqdaki, 20 yoşda olingan bilim 40 yoşda yetarli bölmasligi tabiiy hol. Sun’iy intellekt kirib kelayotgan bugungi dunyoda “bir marta öqib, umrbod işlaş” modeli öz umrini yaşab böldi.
Singapur bu haqiqatni erta anglagan davlatlardan biri. 2015 yilda u yerda “SkillsFuture” milliy harakati boşlanib, har bir katta yoşdagi fuqaroga yangi malaka örganiş uçun maxsus öquv krediti ajratila boşlandi. Natijada 45 yoşli hisobçi ham, 50 yoşli haydovçi ham zamonga mos kasbni qayta örganiş imkoniga ega böldi.
Bizda ham bu yönalişda ilk qadamlar taşlanmoqda. Malakani baholaş markazlari, öqituvçilar uçun tanlov asosidagi malaka oşiriş vauçerlari şular jumlasidan. Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligiga kadrlarni qayta tayyorlaş, qöşimça va norasmiy ta’limni tartibga soliş vazifasi yuklatilgani, uzluksiz ta’lim strategiyasini işlab çiqiş böyiça işçi guruh tuzilgani ham şu yönalişdagi muhim qadamdir. Ammo katta yoşdagi aholini, ayniqsa, xorijda mehnat qilib qaytgan yurtdoşlarimizni qayta öqitişning yaxlit tizimini yaratiş kelgusi yillarning muhim vazifasi bölib qoladi.
Oçiq savollar yoki islohotning keyingi çegaralari
Har qanday islohotning kuçi uning yutuqlari bilan bir qatorda muammolarni ham oçiq tan ola bilişida. Birinçi milliy dasturni amalga oşirişda jamoatçilik va mutaxassislar e’tiborini talab qiladigan bir qator savollar bor.
Birinçisi, şahar va qişloq örtasidagi farq. Poytaxt yoki viloyat markazidagi maktab va çekka qişloqdagi maktab öquvçisining imkoniyatlari bir xil bölmasa, milliy körsatkiçlar ham haqiqiy manzarani aks ettirmaydi. Şu sababli milliy dasturning muvaffaqiyatini örtaça raqamlar bilan baholaş yetarli bölmaydi, u eng ortda qolgan hudud natijasi bilan ölçanişi kerak.
Ikkinçisi, öqituvçilar ta’minoti. Maktablarda öqituvçilar yetişmasligi sönggi yillarda uç barobar qisqargan bölsa-da, sinflarni guruhlarga böliş va fanlarni ingliz tilida öqitiş qöşimça yuqori malakali kadrlarni talab qiladi. Bu kadrlarni tayyorlaş tezligi va sifati örtasida muvozanatni saqlaş muhim.
Uçinçisi, ta’lim va mehnat bozori örtasidagi boğliqlik. Yoşlar öqiyotgan mutaxassisliklar bilan iqtisodiyotga kerak bölgan kasblar örtasida nomutanosiblik saqlanib qolsa, yuqori daromadli iş örinlari böş turib, malakali yoşlar esa işsiz qolişi mumkin. Şu bois kasbga yönaltirişni maktabdan boşlab, keyingi ta’lim bosqiçlari bilan uzviy boğlaş böyiça uç oy içida takliflar tayyorlaş vazifasi qöyilgani juda örinli.
Törtinçisi, ma’lumotlarning işonçliligi. PISA tajribasi körsatganidek, halol va şaffof baholaş tizimisiz heç qanday islohot öz samarasini töliq körsata olmaydi. Sinovdagi har bir noholislik milliy ta’lim tizimiga berilayotgan xalqaro bahoning özini şubha ostiga qöyadi.
Har bir böğinning mas’uliyati
Milliy dasturni amalga oşiriş vazirlik va hokimliklar vazifasi bilan çeklanmaydi. Uning taqdiri har birimizning kundalik tanlovimizga boğliq.
Prezidentimiz ota-onalarni Uçinçi Renessansning beşinçi halqasi sifatida e’tirof etgani ham şu mas’uliyatni anglatadi. Ota-onalar uçun bu farzandlarini maktabgaça ta’lim bilan öz vaqtida qamrab oliş, ularning baholari bilan bir qatorda bilim va könikmalariga ham e’tibor qaratiş, kasb tanlaşda esa uning obrösidan köra farzandning qobiliyati va kelajakdagi mehnat bozori ehtiyojlariga mosligini ustuvor qöyişni anglatadi.
Işçi va xizmatçilar uçun bu yangi texnologiyalarni özlaştiriş, kasbiy bilim va könikmalarini muntazam oşirib borişni talab etadi. Tadbirkorlar uçun esa talabalarning korxonalarda amaliy tajriba orttirişiga şaroit yaratiş, dual ta’limni kelajak kadrlarini tayyorlaşga qaratilgan sarmoya sifatida baholaş muhimdir. Olimlar va öqituvçilar uçun esa bu öz bilim va salohiyatini xalqaro mezonlar asosida takomillaştirişga intilişni anglatadi.
Parlamentning ham bu jarayondagi örni muhim. Milliy dasturda belgilangan maqsadlarga erişiş uçun ta’lim va malaka sifatini taşqi baholaş, texnikumlarda xalqaro standartlarni joriy etiş, malakalarni tan oliş va dual ta’lim tizimlarining huquqiy asosini mustahkamlaş zarur. Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2026 yilgi iş rejasida ham ta’lim sifatini taşqi nazorat qiliş mexanizmlarini takomillaştirişga doir takliflar tayyorlaş, maktablarda sun’iy intellekt böyiça bilim berilişi yuzasidan vazirlik axborotini eşitiş kabi vazifalar belgilangan. PF-213-son farmonga muvofiq, yangi vazirlik ikki oy içida qonunçilikka tegişli özgartiş va qöşimçalar böyiça takliflar tayyorlaydi. Bu takliflarni sifatli körib çiqiş va sohaning jamoatçilik oldidagi hisobdorligini ta’minlaş Qonunçilik palatasining yaqin istiqboldagi muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ta’limga yönaltirilayotgan mablağlar öz maqsadiga xizmat qilayotgani va natija berayotganini doimiy nazorat qiliş xalq vakillarining asosiy burçidir.
Buyuk ajdodlarimiz – Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Uluğbek nomlari bugun ham dunyoda ehtirom bilan tilga olinadi. Ular bizga eng qimmatli boylik sifatida bilim merosini qoldirgan. Bir asr avval jadid ma’rifatparvarlari ham millatni uyğotişning yagona yöli maktab va ma’rifat ekanini ta’kidlagan edi. Uçinçi Renessans poydevorini barpo etişga qaratilgan bugungi islohotlar şu tarixiy yölning yangi bosqiçidir.
Maqola boşida tilga olingan qizaloq milliy yuksaliş davri yakunlanadigan 2036 yilda örta sinfda tahsil olayotgan böladi, 2041 yilda esa maktabni bitirib, öz kasbini tanlaydi. U qanday inson bölib yetişadi? Uning maktabi, öqituvçisi, kasb tanlovi va örganiş istagi qanday böladi? Bu savollarga javob bugun har bir boğça, maktab, texnikum va universitetda, har bir oilada şakllanmoqda.
Birinçi milliy dasturning mohiyati ham şunda. U bizni bilimga kelajakka qilingan eng işonçli sarmoya sifatida qaraşga örgatadi.
❝ Zero, yer osti boyliklari bir kun tugaydi, bilim esa bölişilgan sari köpayadi. ❞
Oybek QÖŞBAQOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölimi boşliği
Manba: ÖzA






















