Tibbiyot – inson huquqlarining kafolati va davlat mas’uliyati
MUNOSABAT

Yöldoş JÖRAYEV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 oktabr kuni Köksaroy qarorgohida tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uçraşdi. Uçraşuvda tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari töğrisida gapirar ekan, davlatimiz rahbari şunday dedi: «Qança zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng sönggi uskunalarni olib bermaylik, malakali xodimlarsiz natija bölmaydi». Demak, asosiy maqsad faqatgina binolar barpo etiş yoki uskunalar bilan jihozlaşdan iborat emas. Boş mezon — har bir fuqaroning, uning ijtimoiy maqomi va istiqomat joyidan qat’i nazar, sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqini amalda ta’minlaşdir.
Inson qadri — islohotlar mezoni
Zamonaviy demokratik davlatçilik va huquqiy jamiyatning boş ğoyaviy özagi — insonning ajralmas, tabiiy huquqlarini e’tirof etiş, ularni oliy qadriyat darajasida himoya qilişdan iboratdir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 13-moddasida inson, uning hayoti, erkinligi, şa’ni, qadr-qimmati va boşqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat ekani mustahkamlab qöyilgani ham şundan. Zotan, inson qadri va farovonligi uning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, yuqori sifatli tibbiy va ijtimoiy kafolatlar bilan uzviy boğliqdir. Davlatimiz rahbarining soha xodimlari bilan ötkazgan oçiq va strategik ahamiyatga ega muloqoti ana şu çuqur falsafiy-huquqiy haqiqatni yana bir bor amalda tasdiqladi. Uçraşuvda «Inson hayoti va salomatligi bilan boğliq tadqiqotlarda uning huquqi, roziligi va qadr-qimmati birinçi örinda turişi şart», deb ta’kidlangani, bioetika va biotexnologiyaning huquqiy asoslarini mustahkamlaş vazifasi qöyilgani ham buning yorqin ifodasidir.
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan va ortga qaytmas tus olgan jadal modernizatsiya jarayonlarida soğliqni saqlaş tizimi insonning yaşaş va soğliğini saqlaşga bölgan fundamental huquqlarini bevosita röyobga çiqaruvçi eng muhim davlat va ijtimoiy institut sifatida namoyon bölmoqda. Konstitutsiyamizning 1-moddasida Özbekiston ijtimoiy davlat deb belgilangan, 48-moddasida esa har kimning soğliğini saqlaş va malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqi mustahkamlab qöyilgan. Yangi Özbekiston ijtimoiy davlat tamoyilini tizimli tarzda şakllantirayotgan bir şaroitda tibbiy xizmatlar sifatini yuksaltiriş va ularni aholi uçun teng darajada oçiq qiliş davlatning konstitutsiyaviy majburiyati ekani yana bir bor e’tirof etildi.
Çekka hududlardan markazgaça
Inson huquqlari töğrisida söz yuritilganda, köpinça siyosiy va fuqarolik erkinliklari ustuvor qöyiladi. Vaholanki, insonning jismoniy va ruhiy soğlomligi ta’minlanmagan makonda boşqa barça huquq va erkinliklar öz amaliy qimmatini yöqotadi. Şu bois tibbiy xizmatlar kölamini kengaytiriş va markazdan yiroqda joylaşgan hududlarda yaşovçi aholi uçun ham sifatli tibbiy yordamni yaqin va hamyonbop qiliş insonparvar siyosatning markazida turadi. Konstitutsiyamizga köra, fuqarolar tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olişga haqli. Şu maqsadda davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam paketini joriy etiş, raqamlaştiriş asosida şaffof va integratsiyalaşgan tizimni yölga qöyiş, mahallalar miqyosida birlamçi böğin va skrining tizimini jadal rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovordir.
Raqamlarga murojaat qilaylik. Sönggi ön yilda 10 million aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşirilib, 58 mingta örin qöşildi, tibbiy xizmatlar hajmi uç baravar oşdi. Ilgari faqat xorijda körsatiladigan yuzdan ortiq murakkab xizmat — tuğma yurak nuqsonlari jarrohligi, a’zolar transplantatsiyasi, robot yordamidagi operatsiyalar endi yurtimizda amalga oşirilmoqda. Oilaviy şifokor modeli 28 tumanda sinovdan ötkazilib, 7 million aholi muayyan şifokorga biriktirildi. Bu tumanlarda kafolatlangan paket doirasida ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositasi bepul berilmoqda. 2027 yilda model yana 100 ta tumanga joriy etiladi, bepul dorilar röyxati 73 turga, bepul tahlillar esa 36 turga yetkaziladi.
Strategik ustuvorlik: standart, suğurta, profilaktika
Soğliqni saqlaş davlat siyosatining strategik ustuvorligiga aylangani moliyalaştirişda ham körinadi: Prezidentimiz 28 avgust kuni e’lon qilgan ikkinçi milliy dasturga köra, aholi salomatligi bilan boğliq davlat xarajatlari kelgusi beş yilda yalpi içki mahsulotning 5 foiziga yetkaziladi. Muloqotda soğliqni saqlaş tizimini yanada takomillaştiriş va uni xalqaro standartlarga moslaştiriş böyiça ustuvor yönalişlar belgilab berildi. Xususan, ta’lim, quriliş, sanitariya-gigiyena, bemor xavfsizligi va xodimlar madaniyatini qamrab oladigan «Yangi Özbekiston tibbiyot standartlari» joriy etiladi. Mazkur qadamlar bemorlarning huquqlarini himoya qiliş bilan bir qatorda, soha mutaxassislarining maqomini yuksaltirişga ham xizmat qiladi.
Bu, avvalo, sohani institutsional qöllab-quvvatlaş asosida şifokorlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini mustahkamlaş, kasbiy xavf-xatarlarni kamaytiriş hamda ularning mehnatini munosib rağbatlantirişni nazarda tutadi. Şu bilan birga, raqamlaştiriş orqali ortiqça byurokratiyaga barham beriş, davlat tibbiy suğurtasini keng joriy etiş hamda bemorlar uçun ajratilayotgan mablağlarning şaffofligini ta’minlaş közda tutilmoqda. Davlat şifoxonalaridagi xizmatlar haqi suğurta tizimi orqali tölanadi, şifokor va hamşiralar iş haqini belgilaşda esa bemorlar mamnunligi asosiy mezonlardan biriga aylanadi.
Davlatimiz rahbari nutqida preventiv tibbiyot masalasiga ham alohida e’tibor berildi. Bu yondaşuv kasallikni davolaşdan köra uning oldini olişga urğu beradi, mahalla darajasida skrining va profilaktik köriklarni tizimli yölga qöyişni talab etadi. Masalan, oşqozon, yöğon içak, prostata va öpka saratonini erta aniqlaş dasturi Samarqanddan boşlanib, 2028 yilda barça hududlarga tatbiq etiladi. Beş viloyatda amalga oşirilayotgan infarkt va insultga qarşi dastur natijasida beş oyda erta ölim holatlari 15 foizga kamaydi.
Muloqotda tibbiyotni yanada isloh qilişda ilm-fan, ta’lim va xodimlarning kasbiy mahoratini oşiriş masalasi ham çetda qolib ketmadi. 2027 yildan tibbiyot oliygohlari talabalari haftada uç kun bemor bilan işlaşni örganadi, tor mutaxassisliklar böyiça rezidentura bepul böladi. Tibbiy ta’lim sifatini oşiriş, xorijiy yetakçi markazlar bilan tajriba almaşiş va yuqori texnologiyali amaliyotlarni mahalliylaştiriş asosiy vazifalardan biri qilib belgilandi.
Şifokor qadr-qimmati va inson huquqlari kafolati
Soğliqni saqlaş tizimining samaradorligi bevosita unda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyati va ma’naviy-ruhiy holatiga boğliqdir. Inson salomatligiga mas’ul bölgan, keça-yu kunduz fidoyilik körsatayotgan şifokor va hamşiralarning ijtimoiy maqomini oşiriş, ularning xavfsizligi va huquqiy himoyasini ta’minlaş — davlat siyosatining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Bu borada qonunçilikda aniq kafolat ham mavjud: 2023 yilda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan 197⁷-moddaga köra, tibbiyot xodimining qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun jarima yoki ön beş sutkagaça ma’muriy qamoqqa oliş nazarda tutilgan.
Davlatimiz rahbari öz nutqida soha vakillariga çuqur ehtirom bildirib, «Tibbiyot xodimining har bir harakati ortida inson hayoti turibdi», dedi. Şu bois ularning maşaqqatli mehnatini munosib qadrlaşga qaratilgan aniq çoralar e’lon qilindi. Oliy ma’lumotli hamşiralar va tibbiyot oğalariga bakalavr darajasi uçun 1,5 million, magistr darajasi uçun 2,5 million söm, oilaviy tibbiyotdagi tor mutaxassislarga esa 5,5 million söm ustama belgilanadi. Çekka hududlarda işlaydigan şifokorlarga har oylik 4,5 million söm ustama va bir yöla 50 million söm tölanadi, 15 yildan ortiq stajga ega xodimlarga uy-joy xarid qilişda kömaklaşiş uçun 50 milliard söm ajratiladi.
Zamonaviy va munosib mehnat şaroitlariga ega bölgan, huquqiy tomondan töliq himoyalangan tibbiyot xodimigina bemorga sifatli, insonparvar va yuqori texnologik yordam körsatişga qodir böladi. Bu esa inson huquqlarini amalda kafolatlaş garovi hisoblanadi.
Xulosa örnida ta’kidlaş joizki, Prezidentimizning tibbiyot xodimlari bilan ötkazgan samimiy va mazmundor muloqoti soğliqni saqlaş sohasidagi islohotlar faqatgina sohaviy yangilaniş emas, balki umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy-huquqiy taraqqiyotning mantiqiy davomi ekanini körsatdi.
Bu jarayonda parlament zimmasiga ham mas’uliyatli vazifalar yuklanadi. Bioetika va biotexnologiya, davlat tibbiy suğurtasi, tibbiyot xodimlarining huquqiy maqomi va ijtimoiy himoyasiga oid qonunçilik bazasini takomillaştiriş, qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini parlament nazorati orqali izçil örganib boriş şular jumlasidandir.
❝ Tibbiyotning inson huquqlariga xizmat qilişi — ijtimoiy adolatni qaror toptiriş va inson kamolotini ta’minlaşning mustahkam kafolatidir. ❞
Yöldoş JÖRAYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori

















