Köçmas mulkni firibgarlardan himoya qilişning yana bir yöli
DOLZARB MAVZU

Akmal AKRAMOV
Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi
Inson uçun uy şunçaki köçmas mulk emas. U yillar davomida qilingan mehnat, oilaviy xotiralar va kelajakka bölgan işonç timsolidir. Ammo firibgarlarning aldovi yoki soxta hujjatlar tufayli inson öz uyidan ayrilib qolişi mumkin. Vaholanki, Konstitutsiyamizning 47-moddasida heç kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilişi mumkin emasligi, 65-moddasida esa xususiy mulk daxlsizligi mustahkamlab qöyilgan. Bu kafolatlarni amalda ta’minlaş uçun mulk huquqini himoya qilişning samarali mexanizmlarini rivojlantiriş muhim.
Mamlakatimizda köçmas mulk bozori jadal rivojlanmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga köra, 2024 yilda 256 mingta, 2025 yilda 295 mingta, 2026 yilning yanvar-iyun oylarida esa 171 mingdan ortiq köçmas mulk oldi-sotdi bitimi qayd etilgan. Sönggi körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 25 foiz köp. Bundan taşqari, 2025 yilda murojaatlar asosida 1 million 135 mingdan ortiq köçmas mulkka bölgan huquqlar davlat röyxatidan ötkazilgan. Bu raqamlar mulkiy huquqlarni işonçli himoya qiliş naqadar muhimligini körsatadi.
Biroq bozor ösişi bilan birga köçmas mulk bilan boğliq firibgarlik xavfi ham ortadi. Ayrim şaxslar soxta hujjatlar, aldov yoki ruhiy bosim orqali fuqarolarni uy-joylarini sotişga yoxud boşqa şaxs nomiga rasmiylaştirişga undaşi mumkin. Ayniqsa, keksa yoşdagilar bunday vaziyatlarda eng himoyasiz toifaga aylanadi.
Xöş, bunday xavflarning oldini oliş mumkinmi?
Xorijiy tajriba mulkdorlarga qöşimça himoya vositalarini taqdim etiş mumkinligini körsatadi. Buyuk Britaniya, Kanada, Turkiya, Irlandiya, Ukraina, Peru va Keniyada mulkdor tomonidan köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişni taqiqlaş va keyinçalik taqiqni bekor qiliş mexanizmlari mavjud. Masalan, Peruda mulkdor arizasiga köra uning mulkiga oid reyestr yozuvi 10 yilgaça muddatga «muzlatib» qöyiladi. Rossiyada esa mulkdor öz köçmas mulkiga oid huquqlarni şaxsan özi iştirok etmasdan davlat röyxatidan ötkazişni taqiqlaş haqida ariza berişi mumkin. Qöşni Qirğiz Respublikasida ham şu yöldan borilmoqda: öziga özi taqiqlaş mexanizmini nazarda tutuvçi qonun loyihasi 2026 yil 23 sentabrda Jogorku Keneş tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi. Loyihaga köra, taqiqni bekor qiliş reyestrga yozuv kiritilgandan 72 soat ötgaç kuçga kiradi. Bu vaqt bosim ostida qolgan mulkdorga yaqinlari yoki yurist bilan maslahatlaşib, qarorini qayta öylab köriş imkonini beradi.
Ayni paytda Özbekistonda ham mulkiy munosabatlarda xavfsizlikni ta’minlaşga qaratilgan mexanizmlar mavjud. Masalan, Davlatimiz rahbarining 2025 yil 10 dekabrdagi PF-246-son farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 apreldan köçmas mulk oldi-sotdi bitimlari böyiça hisob-kitoblar naqdsiz şaklda amalga oşirilmoqda. Bunda eskrou hisobvarağidan foydalaniş imkoniyati ham mavjud. 2025 yil 6 iyundan esa fuqarolar öz nomiga kredit olinişini özlari taqiqlab qöyişi mumkin. Yil oxiriga kelib bu xizmatdan foydalanganlar soni qariyb 150 mingga yetdi.
Biroq har qanday himoya vositasining öz vazifasi va çegarasi bor. Eskrou, avvalo, pul mablağlarining xavfsiz ötkazilişini ta’minlaydi. Lekin u mulkdorni aldov, ruhiy bosim yoki soxta hujjatlar bilan boğliq barça xavflardan töliq himoya qilmaydi.
Öziga özi taqiqlaş mexanizmini ham firibgarlikka qarşi kuraşning universal yeçimi sifatida baholaş töğri bölmaydi. U mavjud himoya vositalarining örnini bosmaydi, balki ularni töldiradi. Mazkur mexanizm orqali mulkdor öziga tegişli köçmas mulkka bölgan huquqlarni röyxatdan ötkazişni vaqtinça çeklaşi, şu tariqa şoşilinç yoki noqonuniy harakatlarning oldini oliş uçun qöşimça imkoniyatga ega bölişi mumkin.
Eng muhimi, bu borada yurtimizda ham amaliy qadam qöyildi. Davlatimiz rahbarining 2026 yil 15 iyuldagi «Aholiga körsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillaştiriş hamda fuqarolar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-265-son qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 oktabrdan boşlab jismoniy şaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, Face-ID yordamida identifikatsiyadan ötib, öziga tegişli köçmas mulk va avtotransport vositalarini garovga yoki ipotekaga qöyiş, şuningdek, begonalaştirişga taqiq qöyişi yoki uni bekor qilişi mumkin. Şu tariqa öziga özi taqiqlaş mexanizmi mamlakatimizda ham hayotga tatbiq etilmoqda.
Endi uni yanada takomillaştiriş vazifasi turibdi. Bizningça, bunda bir neça jihatga e’tibor qaratiş maqsadga muvofiq. Birinçidan, mexanizmni «Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisida»gi Qonunda bevosita mustahkamlaş uning huquqiy barqarorligini oşiradi. Ikkinçidan, taqiqni bekor qiliş ma’lum muddat ötgaçgina kuçga kirişini nazarda tutiş aldangan yoki bosim ostida qolgan mulkdorga öz qarorini qayta öylab köriş imkonini beradi. Uçinçidan, bu imkoniyat haqida, ayniqsa, keksa yoşdagi fuqarolarga mahallalar orqali keng tuşuntiriş işlarini olib boriş zarur.
Mulkdorning öz uyi daxlsizligini ta’minlaş uçun qöşimça nazorat vositasiga ega ekani uning xotirjamligi va işonçini oşiradi.
❝ Zero, kasallikning oldini oliş uni davolaşdan oson ekanini hamma biladi. ❞
Akmal AKRAMOV,
Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi























