IŞONÇ DIPLOMATIYASI Özbekiston Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşda taşabbuskor davlatdan kun tartibini şakllantiruvçi iştirokçiga aylanmoqda
«Xalq sözi» gazetasi · 2026 yil 22 oktyabr · 4-sahifa, «Közgu»
AKS SADO
IŞONÇ DIPLOMATIYASI
Özbekiston Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşda taşabbuskor davlatdan kun tartibini şakllantiruvçi iştirokçiga aylanmoqda
|
15 oktyabr kuni Boku şahrida Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş (OHIÇK) davlat va hukumat rahbarlarining yettinçi sammiti bölib ötdi. Xalqaro munosabatlarda muloqot taqçilligi va noaniqlik kuçayib borayotgan bir paytda qit’a hududi va aholisining qariyb 90 foizini qamrab olgan uşbu maydonning ahamiyati tobora ortmoqda. Sammitda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Kengaşning insoniy ölçovi böyiça koordinator maqomiga tayangan holda Osiyoda “işonç infratuzilmasi”ni şakllantiriş ğoyasini ilgari surdi. Xöş, Özbekiston bu tuzilmada qanday örin egalladi, ilgari surilgan ğoyalar qay darajada hayotga tatbiq etilyapti va hamkorlik mamlakatimizga nima bermoqda? |
|
Munosabatlarning barqaror tizimi
Sammit kun tartibidan Osiyoda işonç, tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaş, Kengaşning institutsional rivojlanişi, transport boğliqligi, raqamlaştiriş va barqaror iqtisodiy ösiş masalalari örin oldi. Sammitda Laos Kengaşga a’zo etib qabul qilindi, Ozarbayjonning raisligi esa 2028 yilgaça davom ettirilişi ma’qullandi.
Davlatimiz rahbari sammitdagi nutqida Ozarbayjonning Kengaşdagi samarali raisligini yuqori baholab, bu davrda OHIÇK doirasidagi muloqot yanada mazmunli tus olib, amaliy natijalarga boy bölganini ta’kidladi. Osiyoning turli hududlaridagi qurolli mojarolar, Yaqin Şarqdagi vaziyat va Ğazodagi gumanitar ahvoldan xavotir bildirgan Prezidentimiz nizolarni xalqaro huquq asosida, siyosiy-diplomatik yöl bilan hal etiş zarurligini alohida qayd etdi. “Muloqot susaygan joyda notöğri qarorlar qabul qiliş xavfi ortadi”, dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz fikriça, Kengaşning boş vazifasi Osiyoda zimmaga olingan majburiyatlarni bajarişga asoslangan munosabatlarning barqaror tizimini, ya’ni yaxlit “işonç infratuzilmasi”ni yaratişdir. Şu maqsadda özaro boğliq qator taşabbuslar ilgari surildi. Davlatimiz rahbari, şuningdek, Kengaşning taşkiliy asoslarini yanada mustahkamlaş va uning nizomini takomillaştirişni, boş kotib lavozimiga Ozarbayjon vakili nomzodini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Nutq yakunida Özbekiston kelgusi yili Qöşilmaslik harakatining yigirmançi sammitiga mezbonlik qilişi va 2030 yilga qadar uşbu taşkilotga raislik maqomida bölişi aytildi.
Osiyoda işonç infratuzilmasini şakllantiriş konsepsiyasi Kengaş faoliyatining uzoq muddatli ustuvor yönalişlarini belgilaş, davlatlar örtasidagi özaro boğliqlikni kengaytiriş va amaliy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan aniq çora-tadbirlar qamrab olingan hujjatni işlab çiqişni közda tutadi. Konsepsiyaning asosiy yönalişlari sifatida qöşma transport va energetika loyihalarini amalga oşiriş, savdo aloqalari va raqamli boğliqlikni rivojlantiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar almaşinuvlarni kengaytiriş belgilangan.
OHIÇK 34 yil davomida işonç çoralarini, asosan, ixtiyoriy va deklarativ şaklda amalga oşirib keldi. Kengaş hujjatlari yuridik majburiy emas, ularning ijrosi esa a’zolarning faolligiga boğliq. Konsepsiya “işonç” tuşunçasini siyosiy şiordan zimmaga olingan majburiyatlar ijrosiga tayanadigan barqaror munosabatlar tizimiga aylantirişni nazarda tutadi. Ustav böyiça muzokaralar izçil olib borilayotgan va Ozarbayjon raisligi 2028 yilgaça davom etadigan şaroitda bunday hujjat taşkilotning strategik asosiga aylanişi mumkin. Özbekiston uçun esa u Markaziy va Janubiy Osiyo boğliqligi, Termiz muloqoti kabi taşabbuslarni yagona konseptual tizimga birlaştiriş imkoniyatini beradi.
Hamkorlikning izçilligi va natijadorligini ta’minlaş, belgilangan ustuvor yönalişlar böyiça sa’y-harakatlarni muvofiqlaştiriş maqsadida Kengaşning keyingi ikki yilga möljallangan Harakatlar dasturini işlab çiqiş taklif qilindi.
Dasturning muddati Ozarbayjon raisligining 2028 yilgaça davom etadigan davriga mos keladi. U Boku sammitida ilgari surilgan ğoyalarni aniq muddatlar va ijroçilar bilan boğlaş, ya’ni taşabbuslarni deklaratsiyadan ijroga ötkaziş vositasi bölib xizmat qilişi mumkin.
Ilgari surilgan taşabbuslar yagona mantiq bilan boğlangan. Unga köra, işonç siyosiy-institutsional (konsepsiya va Harakatlar dasturi), texnologik (sun’iy intellekt), ekologik (iqlim barqarorligi) va insoniy (inson salohiyati) ölçovlarda bir vaqtda şakllanişi lozim. Şu ma’noda Özbekiston Kengaşga işonçning yaxlit arxitekturasi modelini va uni amalga oşiriş “Yöl xaritasi”ni taklif etmoqda.
Yangi davrda parlamentning örni muhim
OHIÇK, avvalo, davlat va hukumat rahbarlari hamda taşqi işlar idoralari darajasidagi muloqot maydonidir. Uning tuzilmasida parlamentlararo hamkorlikning alohida institutsional mexanizmi hozirça nazarda tutilmagan. Biroq Kengaş faoliyatining yangi bosqiçida parlamentlarning roli sezilarli darajada ortmoqda. Buning sababi şundaki, huquqiy majburiy Ustav, Kotibiyat va xodimlarining xalqaro maqomi, imtiyoz va immunitetlarga oid hujjatlar a’zo davlatlarning içki davlat tartib-taomillariga, aksariyat hollarda esa parlament ratifikatsiyasiga muvofiq kuçga kiradi.
Özbekistonda xalqaro şartnomalar ratifikatsiyasi bilan boğliq qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanadi va Prezident imzolaganidan keyin amaliyotga joriy etiladi. Demak, kelgusida OHIÇK Ustavi tasdiqlangaç, uni ratifikatsiya qiliş, şuningdek, mamlakatimizga yuklanadigan majburiyatlar ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oşiriş vazifasi bevosita Oliy Majlis zimmasiga tuşadi. Şu bois Qonunçilik palatasining Xalqaro işlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi hamda Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi uçun Ustav böyiça muzokaralar jarayonini oldindan örganib boriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Boku sammitida ilgari surilgan taşabbuslarning ijrosi ham parlament iştirokini kun tartibiga çiqaradi. Davlatimiz rahbari Kengaşning taşkiliy asoslarini mustahkamlaş va uning nizomini takomillaştirişni qöllab-quvvatlagani kelgusida tegişli hujjatlarni ratifikatsiya qiliş masalasini amaliy tus oldiradi. Ekspertlar maydonida sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalaniş böyiça işlab çiqiladigan umumiy tavsiyalarni milliy qonunçilikka tatbiq etiş, iqlim barqarorligi böyiça şeriklik doirasida suvdan foydalaniş va “yaşil” energetikaga oid huquqiy bazani uyğunlaştiriş, “işonç infratuzilmasi” konsepsiyasidan kelib çiqadigan majburiyatlar ijrosini nazorat qiliş qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasiga bevosita daxldordir.
Oliy Majlis bugungi kunda ham Kengaş kun tartibiga bilvosita, ammo sezilarli hissa qöşib kelmoqda.
Birinçidan, parlament diplomatiyasi orqali OHIÇKga a’zo davlatlar bilan aloqalar mustahkamlanmoqda. Jumladan, joriy yil oktyabrda Parlamentlararo Ittifoqning 153-assambleyasi doirasida Senat Raisi Tanzila Norboyeva va Ozarbayjon Milliy Mejlisi Spikeri Saxiba Gafarova Özbekiston — Ozarbayjon ikkinçi parlamentlararo forumini ötkaziş hamda 2027-2028 yillarga möljallangan qöşma amaliy tadbirlar rejasini işlab çiqişga kelişib oldi. Şuningdek, Ozarbayjon tomoni Özbekistonning Qöşilmaslik harakatiga raisligi davrida Harakatning Parlament tarmoği doirasida muvofiqlaşişga tayyorligini bildirdi. Raisligi 2028 yilgaça davom etadigan davlat bilan parlamentlararo hamkorlikning çuqurlaşuvi sammit qarorlarini ikki tomonlama darajada amalga oşirişga ham xizmat qiladi.
“ Ilgari surilgan taşabbuslar yagona mantiq bilan boğlangan. Unga köra, işonç siyosiy-institutsional (konsepsiya va Harakatlar dasturi), texnologik (sun’iy intellekt), ekologik (iqlim barqarorligi) va insoniy (inson salohiyati) ölçovlarda bir vaqtda şakllanişi lozim. Şu ma’noda Özbekiston Kengaşga işonçning yaxlit arxitekturasi modelini va uni amalga oşiriş “Yöl xaritasi”ni taklif etmoqda. ”
Ikkinçidan, Oliy Majlis delegatsiyasi OHIÇKda 2012 yildan kuzatuvçi maqomiga ega bölgan Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) tadbirlarida ham iştirok etmoqda. Jumladan, 2024 yil iyunida Bokuda bölib ötgan TurkPAning XIII yalpi majlisida Senat Raisi parlament tadqiqot institutlari, markazlari va tegişli qömitalar örtasida muntazam hamkorlikni yölga qöyiş, qöşma tadqiqotlar asosida hukumatlarga ilmiy asoslangan tavsiyalar taqdim etişni taklif qilgan edi. OHIÇK Kotibiyatining 2025 yilgi hisobotida esa Kengaş Yoşlar kengaşini TurkPAning Yoş parlamentariylar guruhi bilan, Ayollar kengaşini esa Ayol parlamentariylar guruhi bilan boğlaş ilgari surilgan. Bu Kengaşning özi ham parlament kanallariga ehtiyoj sezayotganidan dalolat beradi.
Uçinçidan, Oliy Majlis köp tomonlama parlament forumlarini taşkil qiliş böyiça katta tajriba töpladi. 2025 yil 5 — 9 aprel kunlari Toşkentda Markaziy Osiyoda ilk bor Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi ötkazildi. Ittifoqning 2025 yil böyiça hisobotida Senatning assambleya qarorlarini milliy taraqqiyot ustuvorliklari bilan uyğunlaştiriş böyiça “Yöl xaritasi” e’tirof etilib, qarorlarni milliy darajada tizimli amalga oşiriş yondaşuvi boşqa parlamentlar uçun namuna sifatida baholandi. Aynan şu tajribani OHIÇK sammitlari qarorlari, xususan, Boku taşabbuslari ijrosiga tatbiq qiliş mumkin.
OHIÇK transformatsiyasi Oliy Majlis uçun yangi vazifalar bilan birga yangi imkoniyatlarni ham yuzaga keltirmoqda.
Imkoniyatlardan samarali foydalaniş yölida
OHIÇK faoliyatining yangi davrida Özbekiston uçun keng imkoniyatlar oçilmoqda. Fikrimizça, ulardan töliq foydalaniş uçun bir neçta yönalişda işni kuçaytiriş maqsadga muvofiq.
Birinçidan, koordinatorlik maqomini kengaytiriş. Hozirda Özbekiston 18 ta ustuvor yönalişdan faqat bittasini muvofiqlaştiradi. Boku sammitida ilgari surilgan sun’iy intellekt böyiça Osiyo taşabbusi va Ekspertlar maydoni hamda iqlim barqarorligi böyiça şeriklik mamlakatimizga texnologik va ekologik yönalişlarda muvofiqlaştiruvçi rolni egallaş uçun tabiiy asos böladi. Transport yölaklari va qişloq xöjaligi yönalişlaridagi hamkoordinatorlik esa Transafğon yölagi, Termiz xabi va oziq-ovqat xavfsizligi taşabbuslarini Kengaş tizimida institutsional jihatdan mustahkamlagan bölar edi.
Ikkinçidan, Termiz muloqotini OHIÇK bilan doimiy hamkorlik platformasiga aylantiriş va uning tavsiyalarini Kengaşning Yuqori mansabdor şaxslar qömitasida muntazam taqdim etib boriş.
Uçinçidan, insoniy ölçov koordinatori sifatida madaniy meros yönalişini işga tuşiriş. OHIÇK Kotibiyatining 2024 yilgi şarhiga köra, uşbu ölçovda 2021 — 2024 yillarda 7 ta tadbir ötkazilgan, harakatlar rejasidagi “madaniy meros” bandlari esa hali amalga oşirilmagan. Kelgusi yili Özbekistonda ötkaziladigan Inson salohiyatini rivojlantiriş böyiça forum doirasida Samarqand, Buxoro yoki Xivada madaniy merosga bağişlangan maxsus sessiya taşkil qiliş bu böşliqni töldirib, mamlakatimizning turizm salohiyatini ham namoyon etgan bölar edi.
Törtinçidan, Kengaşda parlament ölçovini şakllantiriş. Oliy Majlis OHIÇK mamlakatlari parlamentlarining xalqaro işlar böyiça qömitalari muloqotini Samarqandda ötkaziş taşabbusi bilan çiqişi, Parlamentlararo Ittifoq tajribasidagi kabi Boku sammiti qarorlari va taşabbuslari ijrosi böyiça parlament “Yöl xaritasi”ni qabul qilişi, Yoşlar parlamenti a’zolarini esa OHIÇK Yoşlar kengaşi faoliyatiga jalb etişi mumkin. Taşkilotning bölajak Ustavini muzokaralar bosqiçidayoq parlament ekspertizasidan ötkaziş kelgusida uni ratifikatsiya qiliş jarayonini tezlaştiradi.
Beşinçidan, Boku taşabbuslari böyiça idoralararo “Yöl xaritasi”ni işlab çiqiş va Kengaşning ikki yillik Harakatlar dasturi loyihasiga Özbekiston takliflarini kiritiş, har bir taşabbusni Kengaşning muayyan ustuvor yönalişi va mas’ul milliy idoraga biriktirib, ijrosini muntazam monitoring qilib boriş.
Muloqot va hurmatga tayangan hamkorlik
Osiyo bugun jahon iqtisodiyotining ösiş markazi, ayni paytda eng murakkab ziddiyatlar kesişadigan mintaqa hamdir. Bunday şaroitda özaro işonç savdo yölaklari, investitsiyalar va barqarorlikning asosiy şartiga aylanmoqda. OHIÇKning 34 yillik tajribasi şuni körsatadiki, muloqot va ixtiyoriy işonç çoralari uzoq muddatli natija beradi.
Özbekiston bu maydonda öz örnini topdi. Asosçi a’zodan faol taşabbuskorga, taşabbuskordan esa kun tartibini şakllantiruvçi koordinatorga aylandi. Afğoniston böyiça taşabbusning BMT Xavfsizlik Kengaşigaça yetib borişi, Samarqanddagi oziq-ovqat xavfsizligi konferensiyasi, Yoşlar kengaşining Samarqand yiğilişi, Termiz muloqotining OHIÇK bilan hamkorlikda ötkazilişi buning amaliy isbotidir. Boku sammitida ilgari surilgan “işonç infratuzilmasi” ğoyasi esa bu tajribani yangi, konseptual bosqiçga olib çiqadi. Savdo statistikasi ham Kengaş mamlakatlari Özbekiston iqtisodiyoti uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi. Endi navbatdagi vazifa erişilgan işonçni barqaror institutlarga aylantirişdir. OHIÇK transformatsiyasi jarayonida qabul qilinadigan Ustav, yangi tuzilmalar va mexanizmlar kelgusi ön yilliklar davomida Osiyodagi hamkorlik qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar şakllanayotgan paytda muzokaralar jarayonida faol böliş, iqtisodiy, texnologik va ekologik yönalişlarda mas’uliyatni öz zimmasiga oliş hamda parlament diplomatiyasi imkoniyatlarini işga soliş Özbekistonning uzoq muddatli manfaatlariga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari Ostona sammitida zamonaviy tahdidlarni faqat muloqot, özaro manfaatlarni hisobga oliş va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga amal qiliş orqali samarali yengib ötiş mumkinligini ta’kidlagan edi. Boku sammitida bu yondaşuv “işonç infratuzilmasi” konsepsiyasi va uni amalga oşiriş böyiça aniq taşabbuslar şaklida yanada amaliy mazmun kasb etdi. Kelgusi yili Özbekiston Qöşilmaslik harakatining yigirmançi sammitiga mezbonlik qilişi esa mamlakatimizning köp tomonlama diplomatiyadagi mas’uliyati yanada ortib borayotganini körsatadi. Işonç diplomatiyasi Yangi Özbekiston taşqi siyosatining ajralmas qismiga aylanganini Osiyo hamjamiyati tobora kengroq e’tirof etmoqda.
Akrom TOŞPÖLATOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti direktori.






















