«Toza havo» yölida mintaqaviy hamkorlik
«Oila va Tabiat» gazetasi · 2026 yil 22 oktyabr, 43-son · 1–3-sahifalar
YAŞIL TARAQQIYOT
Markaziy Osiyo:
«Toza havo»
yölida mintaqaviy hamkorlik
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan xalqaro va mintaqaviy maydonlarda iqlim özgarişi, suv tanqisligi, çöllaniş va Orol dengizi fojiasi oqibatlarini bartaraf etiş böyiça ilgari surilayotgan taşabbuslar çuqur ilmiy asoslarga tayangan va zamonaviy vositalarni joriy etişni közda tutganligi bilan xalqaro hamjamiyatning e’tirofiga sazovor bölmoqda.
Şu örinda «Markaziy Osiyoning toza havosi» konsorsiumini taşkil etiş keyingi paytlarda jamoatçilikni eng köp qiziqtirayotgan taşabbus, deb ataş mumkin. Bu taşabbus ilk bor Özbekiston rahbari tomonidan 2026 yilda Ostonadagi Mintaqaviy ekologik sammitda e’lon qilingan bölib, şu yil 8 oktyabrda Turkmanistonda bölib ötgan navbatdagi Maslahat uçraşuvida yanada çuqurlaştirilgan asoslar bilan ilgari surildi. Uning maqsadi sanoatni modernizatsiya qiliş, atmosferaga çiqariladigan çiqindilarni kamaytiriş va transçegaraviy havo ifloslanişiga qarşi hamkorlik qilişdan iborat.
ILĞOR EKOLOGIK AMALIY TAŞABBUS
Yaqinda, 8 oktyabrda Turkmanistonda bölib ötgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinçi Maslahat uçraşuvida Prezidentimiz bu taşabbusni amaliy işlar bilan hayotga tatbiq etiş zarurligi töğrisida fikrlar bildirdi. Mazkur konsorsium faoliyatini aniq pilot dasturdan boşlaş taklif etilib, Markaziy Osiyo sanoat zonalari, agroklasterlar va transport uzellarini ekologik modernizatsiya qiliş masalasi ilgari surildi.
Taşabbusda Konsorsium asosi hisoblangan «toza havo uçun hamkorlik» umumiy ğoyasi endilikda aniq obyektlarda qöşma ekologik loyihalarni amalga oşiriş mexanizmi sifatida amaliy işlarga köçişi taklif etildi.
Mamlakatimiz yetakçisining dastlabki taklifiga köra, konsorsiumni «yaşil» moliyalaştirişning qöşma operatori sifatida taşkil etiş mumkin. 2026 yil iyunida Özbekiston va Qozoğiston örtasida bunday konsorsiumni şakllantiriş, keyinçalik uni butun Markaziy Osiyo böylab kengaytiriş masalasi muhokama qilingan edi.
Konsorsium faoliyatida aniq huquq va majburiyatlar, mas’uliyat va javobgarlik belgilaş asosida a’zolarning umumiy ekologik manfaatlarini qondiriş eng muhim masala hisoblanadi. Şundan kelib çiqib, konsorsiumning bir qança vazifalari, jumladan, havo ifloslanişini mintaqaviy monitoring qiliş; ifloslantiruvçi moddalar böyiça ma’lumot almaşiş; davlatlar uçun umumiy ekologik standartlar va maqsadli körsatkiçlarni işlab çiqiş; ifloslanişning transçegaraviy ta’sirini baholaş; qöşma ekologik loyihalarni moliyalaştiriş va amalga oşiriş belgilanadi.
UMUMIY MANFAAT YÖLIDA BIRLAŞIŞ
Taklif etilayotgan konsorsium öziga xos yuridik maqomga ega. Uni oddiy xalqaro taşkilot yoki maslahat organi bilan tenglaştirib bölmaydi. «Konsorsium» atamasining etimologik ma’nosi lotin tilidagi «consortium» sözidan kelib çiqqan bölib, «umumiy iştirok», «şeriklik», «birgalikda egalik qiliş», «umumiy manfaat yoki maqsad yölida birlaşiş» kabi ma’nolarni anglatadi.
Konsorsiumning mohiyatini uçta asosiy jihat orqali oçib beriş mumkin. Birinçisi, umumiy manfaat, ya’ni iştirokçilarni birlaştiruvçi muştarak ehtiyoj va maqsad. Ikkinçisi, hamkorlikdagi iştirok, ya’ni belgilangan vazifalarni bajarişda har bir iştirokçining özaro muvofiqlaştirilgan sa’y-harakatlari. Uçinçisi esa, resurslarni birlaştiriş va umumiy natijaga intiliş, ya’ni moliyaviy, ilmiy, texnik va boşqa imkoniyatlarni safarbar etiş orqali közlangan maqsadga erişiş hisoblanadi.
Konsorsiumning yuridik maqomi Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan muqaddam qabul qilingan hujjatlarning umumiy tamoyillariga mos keladi. Ma’lumki, 1992 yilda Markaziy Osiyo davlatlari örtasida qabul qilingan «Davlatlararo manbalarning suv resurslarini birgalikda boşqariş, ulardan foydalaniş va ularni muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlik töğrisida»gi bitimida mintaqa suv resurslari umumiy va yagona, deb tan olingan. Şunga köra, Markaziy Osiyoda umumiy va yagona «havo makoni»ni ifloslanişdan muhofaza qiliş böyiça taklif etilayotgan konsorsiumni taşkil etiş davlatlar örtasida tuzilgan tarixiy kelişuvlarni bajariş sari qöyilgan muhim qadam, deb hisoblaş mumkin.
XALQARO EKOLOGIK HARAKATGA MUNOSIB HISSA
Ta’kidlaş joizki, havoni muhofaza qiliş sohasidagi davlatlararo hamkorlikni tartibga soladigan xalqaro huquqiy meyorlar talaygina. Şu örinda 1979 yilgi Uzoq masofalarga transçegaraviy havo ifloslanişi töğrisidagi konvensiyani asosiy namuna qilib körsatiş mumkin.
Konvensiyaning asosiy tamoyili şundan iboratki, atmosfera havosining ifloslanişi davlat çegaralari doirasida çeklanib qolmaydi va uning salbiy ta’siri bir neçta mamlakat hududiga tarqalişi mumkin. Şu bois ifloslanişning oldini oliş, uning manbalari va oqibatlarini baholaş, zararli çiqindilarni kamaytiriş davlatlar örtasida muvofiqlaştirilgan hamkorlikni taqozo etadi. Konvensiya uşbu vazifalarni amalga oşiriş uçun milliy ekologik çora-tadbirlar bilan bir qatorda, axborot almaşiş, ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda olib boriş, atmosfera havosi holatini qöşma monitoring qiliş va ekologik siyosat çoralarini özaro muvofiqlaştiriş mexanizmlarini ham nazarda tutadi.
Atmosfera havosining ifloslanişi transçegaraviy xususiyatga ega bölib, uning oldini oliş va salbiy ta’sirini kamaytiriş davlatlararo hamkorlik, axborot almaşinuvi hamda muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni taqozo etadi. Uşbu yondaşuv BMTning Atrof-muhit böyiça assambleyasi tomonidan 2024 yilda qabul qilingan 6/10-sonli «Global miqyosda havo sifatini yaxşilaş uçun havo ifloslanişi böyiça mintaqaviy hamkorlikni rağbatlantiriş» rezolyutsiyasida ham öz ifodasini topgan. Hujjat mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş, bilim va tajriba almaşiş, şuningdek, havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan siyosat va çora-tadbirlarni muvofiqlaştirişning ahamiyatini ta’kidlaydi.
Muhim metodologik jihat şundaki, «havo konsorsiumi» atamasi xalqaro ekologik huquqda barça davlatlar uçun bir xil huquqiy maqomga ega bölgan universal institutsional şaklni anglatmaydi. Şu bois mazkur tuşunçaning nazariy-huquqiy mazmunini oçib berişda amaldagi xalqaro konvensiyalar, mintaqaviy ekologik hamkorlik mexanizmlari va konsorsiumlarning huquqiy tabiatiga oid ilmiy adabiyotlarni qiyosiy tahlil qiliş zarur. Bunday yondaşuv «havo konsorsiumi»ning asosiy xususiyatlarini aniqlaş, uning xalqaro ekologik hamkorlik tizimidagi örnini belgilaş hamda taklif etilayotgan institutsional mexanizmning huquqiy asoslarini ilmiy jihatdan asoslaş imkonini beradi.
XALQARO TAJRIBAGA TAYANIŞ
Jahonda konsorsium tuziş asosida atrof-muhitni muhofaza qiliş tajribasiga misol böladigan holatlar mavjud. Biroq, ularning maqsadi bir bölgani bilan yuridik maqomida farqi bor.
Jahon tajribasida ekologik muammolarni hal etişga qaratilgan köp mamlakatli ilmiy-ekspertlik konsorsiumlari alohida ahamiyatga ega. Bunga misol sifatida Bioxilma-xillik va ekotizimlar böyiça Yevropa mavzuviy markazi (ETC BE) konsorsiumini keltiriş mumkin. U 25 ta hamkor taşkilotni birlaştirgan bölib, ular qatoriga Norvegiya, Germaniya, Portugaliya, Gretsiya, Daniya, Niderlandiya, Avstriya va boşqa mamlakatlarning ekologik idoralari, ilmiy muassasalari hamda ekspert taşkilotlari kiradi.
Mazkur konsorsiumning öziga xos jihati uning faoliyati davlatlararo siyosiy qarorlar qabul qilişdan köra, ekologik ma’lumotlarni töplaş va tahlil qiliş, bioxilma-xillik hamda ekotizimlar holatini baholaş va ilmiy-ekspertlik kömagini ta’minlaşga yönaltirilganidadir. Uşbu tajriba ekologik muammolarni hal etişda turli mamlakatlarning ilmiy salohiyati va institutsional imkoniyatlarini yagona hamkorlik mexanizmi doirasida birlaştiriş mumkinligini körsatadi.
Yana bir muhim misol – Yovvoyi tabiatga qarşi jinoyatlarga qarşi kuraşiş xalqaro konsorsiumi (ICCWC). U beşta xalqaro taşkilotning hamkorligi asosida faoliyat yuritib, yovvoyi hayvonot va ösimliklar, şuningdek, örmon resurslariga qarşi jinoyatlarga qarşi kuraşişda milliy huquqni muhofaza qiluvçi organlarni qöllab-quvvatlaş, ularning salohiyatini oşiriş va xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga xizmat qiladi.
Mazkur tajribaning muhim jihati şundaki, konsorsium xalqaro taşkilotlarning huquqiy vakolatlari, amaliy tajribasi va ekspertlik salohiyatini umumiy maqsad yölida birlaştiradi. Bu yondaşuv tabiatga qarşi transmilliy jinoyatlarni aniqlaş, ularning oldini oliş va tergov qiliş, şuningdek, milliy idoralar örtasida axborot almaşinuvini takomillaştiriş uçun muvofiqlaştirilgan institutsional mexanizm yaratiş imkonini beradi.
Markaziy Osiyoda havo sifati masalalari böyiça hamkorlikning mavjud mexanizmlaridan biri – Markaziy Osiyo havo sifati platformasi (Air Quality Central Asia – AQCA) hisoblanadi. U 2022 yil mart oyida mintaqadagi havo sifati muammolari bilan şuğullanuvçi taşkilotlar taşabbusi asosida taşkil etilgan bölib, 2026 yil holatiga köra 30 dan ortiq taşkilotni birlaştirgan. Platformada davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boşqa manfaatdor tuzilmalar iştirok etadi.
Platformaning asosiy vazifalari Markaziy Osiyo davlatlari örtasida havo sifati böyiça muloqotni rivojlantiriş, atmosfera ifloslanişiga oid ilmiy tadqiqotlar va ma’lumotlar almaşinuvini yölga qöyiş, havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan texnologiyalar hamda amaliy çora-tadbirlar tajribasini ommalaştirişdan iborat. Şuningdek, u işonçli ekologik ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
AQCA tajribasining ahamiyati havo ifloslanişi muammosini hal etişda davlat idoralari, olimlar va jamoatçilik vakillarini umumiy muloqot maydonida birlaştiriş imkoniyati bilan belgilanadi. Şu bilan birga, platformani tölaqonli davlatlararo konsorsiumdan farqlaş lozim: u, avvalo, axborot almaşinuvi, ilmiy hamkorlik va tajriba örganişga xizmat qiluvçi köp tomonlama hamkorlik mexanizmi hisoblanadi. Bu jihat Markaziy Osiyo uçun taklif etilayotgan «Toza havo» konsorsiumining vazifalari, institutsional tuzilişi va huquqiy asoslarini belgilaşda AQCA tajribasidan foydalaniş imkonini beradi.
Şu bilan birga, mazkur tuzilmani davlatlararo konsorsiumdan köra, mintaqaviy ekspertlik va hamkorlik platformasi sifatida tavsiflaş aniqroq böladi.
Yöldoş JÖRAYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi
huzuridagi Parlament tadqiqotlari
instituti boş ilmiy xodimi,
yuridik fanlar doktori





















