SALOMATLIKKA SARFLANGAN SÖM QANÇA BÖLIB QAYTADI?
MILLIY YUKSALIŞ DASTURLARI

Gulbahor SAIDOVA
Parlament tadqiqotlari instituti yetakçi ilmiy xodimi
Soğliqqa ajratilayotgan mablağ xarajatmi yoki sarmoya? Davlatimiz rahbari mustaqillikning 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda e’lon qilgan Ikkinçi milliy dastur bu savolga qat’iy javob berdi. Kelgusi beş yilda soğliqni saqlaşga davlat xarajatlari YaIMning 5 foiziga yetkaziladi, davlat tibbiy suğurtasi har bir xonadonga kirib boradi, tibbiyot esa profilaktik modelga ötadi. Uzoq va soğlom umr masalasiga iqtisodçi nigohi bilan qarasak, hayratlanarli manzara namoyon böladi.
Aysbergning suv ostidagi qismi
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va BMT Taraqqiyot dasturi mutaxassislari 2018 yilda Özbekiston uçun maxsus iqtisodiy tahlil tayyorlagan. Unga köra, 2015 yilda yurtimizdagi barça ölim holatlarining 79 foizi yuqumli bölmagan kasalliklar, ya’ni yurak va qon tomir xastaliklari, saraton, qandli diabet hamda surunkali nafas yöllari kasalliklari hissasiga töğri kelgan.
Bu kasalliklar iqtisodiyotga ham oğir yuk bölmoqda. Tahlilga köra, 2016 yilda ular tufayli körilgan jami zarar 9,3 trillion sömni, ya’ni YaIMning 4,7 foizini taşkil etgan. Davlatning davolaş xarajatlari esa bu zararning atigi beşdan bir qismiga töğri kelgan. Qolgan qismi asosan bemorlar işga çiqa olmaganligi, kasal holda unumsiz işlaganligi va mehnatga layoqatli yoşda vafot etganligi tufayli boy berilgan körinmas yöqotişlardir. Davolaş xarajatlari aysbergning suv ustidagi uçi, xolos.
Endi bu raqamni Ikkinçi milliy dasturdagi möljal bilan soliştirib köraylik. Davlat soğliqni saqlaşga YaIMning 5 foizini yönaltirmoqçi, kasallik esa 2016 yilning özidayoq iqtisodiyotdan deyarli şunça uluşni jimgina tortib olgan. Demak, jamiyat kasallik uçun baribir haq tölaydi. Faqat bu haq boy berilgan mehnat, yöqotilgan daromad va vaqtidan oldin uzilgan umrlar bilan tölanadi.
Oltmiş tört barobar qaytadigan sarmoya
Xuddi şu tahlilda eng ibratli xulosa ham bor. Mutaxassislar profilaktika çoralariga sarflanadigan har bir söm qança bölib qaytişini hisoblab çiqqan. Ovqatdagi tuz miqdorini kamaytirişga yönaltirilgan bir söm beş yilda 8,3 söm, ön beş yilda esa 64,8 söm iqtisodiy samara berişi aniqlangan. Tamaki iste’molini kamaytiriş çoralari ön beş yilda har bir sömga 13 söm, jismoniy faollikni tarğib qiliş esa 9,6 söm naf keltirişi hisoblangan.
Nega aynan tuz? Çunki 2014 yilgi tekşiruvga köra, yurtimizda kattalarning kunlik tuz iste’moli taxminan 14,9 grammni taşkil etgan. Bu JSST tavsiya etgan 5 grammdan qariyb uç barobar köp.
Taqqoslaş uçun, yurak va qon tomir kasalliklari hamda diabetni davolaşga qaratilgan klinik çoralarda har bir söm ön beş yilda bir sömga ham yetmaydigan iqtisodiy samara beradi. Albatta, bu davolaşning qadrini aslo kamaytirmaydi, çunki inson hayotini saqlaş har qanday hisobdan ustun. Ammo iqtisodiy mantiq ravşan. Kasallik boşlangunga qadar kiritilgan sarmoya undan keyin sarflanadigan mablağdan bir neça barobar samaraliroq.
Hamyon ham kasal bölmasin
Kasallikning yana bir körinmas qurboni oila byudjeti. JSST va Soğliqni saqlaş tizimlari va siyosati böyiça Yevropa observatoriyasi 2022 yilda e’lon qilgan şarhda yurtimizda soğliq uçun sarflanayotgan jami mablağning yarmidan köpi aholining öz çöntagidan tölanayotganligi qayd etilgan. 2018 yilgi ma’lumotlarga asoslangan Jahon banki tahliliga köra esa eng kam ta’minlangan qatlamdagi oilalarning taxminan 7 foizi jami xarajatlarining çoragidan köpini davolanişga sarflaşga majbur bölgan.
Tibbiy suğurtaning asl ma’nosi ham şunda. Suğurta kasallik xavfini bir oila yelkasidan olib, butun jamiyatga taqsimlaydi. Soğlom paytda hamma bir qozonga hissa qöşadi, betob bölganda esa şu qozondan davo oladi. Yurtimizda davlat tibbiy suğurtasi mexanizmlari Prezidentimizning 2020 yil 12 noyabrdagi PQ-4890-son qarori asosida dastlab Sirdaryo viloyatida joriy etilgan, keyinçalik boşqa hududlarda ham tatbiq etila boşlangan. Ikkinçi milliy dastur esa bu himoyani har bir xonadonga yetkazişni közlaydi.
Oila hamyoni uçun yana bir xuşxabar bor. Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 iyundagi 382-son qarori bilan birlamçi böğinda davlat byudjeti hisobidan körsatiladigan kafolatlangan tibbiy yordam hajmlari tasdiqlangan. Hozir şu doirada ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositasi bepul berilmoqda. Ularning soni 2027 yildan 73 taga, tekşiruvlar turi esa 36 taga yetkaziladi.
Şifokoringiz sizni ismingizdan biladimi?
Profilaktikaning asosiy maydoni mahalladagi oilaviy poliklinika hisoblanadi. Qon bosimi kötarila boşlagan yoki qondagi qand miqdori oşayotgan insonni kasallik asoratga aylanmasdan oldin aynan oilaviy şifokor aniqlay oladi. Davlatimiz rahbari 2026 yil 27 oktabrda tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan ötkazgan uçraşuvda bu haqda şunday dedi: “Doim aytaman, birlamçi böğin qança yaxşi işlasa, xalqimiz şunça soğlom böladi”.
Uçraşuvda ma’lum qilinişiça, 28 ta tumanda birlamçi tibbiy-sanitariya yordamining yangi modeli sinovdan ötkazilib, 7 million aholi oilaviy şifokorlarga şaxsan biriktirilgan. Yangi laboratoriyalar oçilgan, şifokor va hamşiralar öqitilgan, bemorning tekşiruvdan ötiş va tibbiy yordam oliş tartibi aniq belgilangan. Bu model 2027 yildan yana 100 ta tumanda joriy etiladi.
Kareliya mö’jizasi. Bu yondaşuvning kuçini Finlyandiyaning Şimoliy Kareliya viloyati isbotlagan. Ötgan asrning 70 yillari boşida bu yerda yurak işemik kasalligidan ölim dunyodagi eng yuqori körsatkiçlardan biri edi. Muammoga qarşi 1972 yilda boşlangan loyihada tibbiyot markazlari, maktablar, jamoat taşkilotlari va oziq mahsulotlari işlab çiqaruvçilar bir maqsad sari birlaşdi. Hamşiralar aholining qon bosimini muntazam ölçab bordi, uy bekalari uyuşmasi qişloqlarda 344 marta “uzoq umr keçasi” ötkazdi, korxonalar esa tuz va yoğ miqdori kam mahsulotlar çiqara boşladi. Natijada 2012 yilgaça mehnatga layoqatli yoşdagi erkaklar orasida bu kasallikdan ölim 82 foizga, ayollar orasida esa 84 foizga kamaydi. Olimlar bu pasayişning qariyb uçdan ikki qismini xavf omillari kamayganligi bilan izohlaydi.
Qoğoz kartoçkadan sun’iy intellektgaça
Profilaktika aniq ma’lumotga tayanadi. Şifokor bemorning avvalgi tahlillari, içayotgan dorilari va xavf omillarini bir qaraşda köra olişi kerak. Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2026 yil 27 oktabrdagi majlisida tibbiyotda raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş borasidagi işlar, mavjud muammolar va ularning yeçimi töğrisida Soğliqni saqlaş vazirining axboroti masalasi körib çiqildi.
Majlisda keltirilgan ma’lumotlarga köra, tizimda 20 dan ortiq funksional modul va raqamli xizmat joriy etilgan. Bugungi kunda 4 mingta davlat tibbiyot taşkiloti, 6 mingta xususiy klinika, 11 mingta dorixona va 38 milliondan ortiq fuqaro raqamli tizimlar bilan qamrab olingan. Şuningdek, 44 milliondan ziyod laboratoriya tahlili raqamli şaklga ötkazilgan, muassasalar uçun 96 ming 301 ta kompyuter va 43 ming 520 ta planşet xarid qilingan.
Sun’iy intellekt ham şifokorning işonçli yordamçisiga aylanib bormoqda. Klinik qarorlar qabul qilişga kömaklaşadigan tizim orqali 6 mingdan ortiq holat tahlil qilingan, şifokor va bemor örtasidagi 2,5 mingdan ziyod suhbat esa avtomatik ravişda matnga aylantirilgan. Bundan taşqari, 2026 yil yakunigaça kardiologiya va mammologiyadan tortib gematologiyagaça bölgan oltita yönalişda sun’iy intellekt tizimlarini töliq yoki sinov tarzida işga tuşiriş belgilangan.
Şu bilan birga, ayrim muassasalarda zamonaviy kompyuterlar hali ham yetişmayotganligi, axborot tizimlarini özaro boğlaş işlari töliq yakunlanmaganligi ham e’tirof etildi va vazirning bu boradagi axborotini eşitiş töğrisida qaror qabul qilindi. Zero, tizimlar özaro til topişa olmasa, eng qimmatli ma’lumot ham profilaktikaga xizmat qilmaydi.
Xulosa qilib aytganda, soğliqni saqlaşga davlat xarajatlarini YaIMning 5 foiziga yetkaziş iqtisodiy jihatdan eng oqilona tanlovdir. Faqat bitta şart bor. Har bir söm kasallikning sababiga qarşi yönaltirilgandagina köp barobar bölib qaytadi. Şunday ekan, islohot samarasini şifoxonaga muhtoj bölmay yaşayotgan insonlar soni bilan ölçaş vaqti keldi.
❝ Uzoq umrning eng arzon va eng işonçli dorisi esa vaqtida körsatilgan profilaktik yordamdir. ❞
Gulbahor SAIDOVA,
Parlament tadqiqotlari instituti yetakçi ilmiy xodimi






















