Sun’iy intellekt ustidan parlament nazorati – yangi davr talabi
MAQOLA

Zafar MUHAMMADOV
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti Strategik rejalaştiriş va yiğma axborot-tahlil bölimi boşliği
Sun’iy intellekt davlat boşqaruvining turli sohalariga tobora keng joriy etilyapti. Bugungi kunda uşbu texnologiyalar katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qiliş, ehtimoliy xavf-xatarlarni prognozlaş, davlat xizmatlarini körsatiş va boşqaruv qarorlarini tayyorlaşda qöllanilmoqda. Bu davlat organlari faoliyati samaradorligini oşiriş, iş jarayonlarini soddalaştiriş va mavjud resurslardan oqilona foydalaniş uçun yangi imkoniyatlar oçadi. Şu bilan birga, sun’iy intellektdan foydalaniş kölami kengaygani sari uning xavfsizligi, qonuniyligi va qöllaş natijalari uçun javobgarlikni belgilaş masalalari ham tobora muhim ahamiyat kasb etyapti.
Sun’iy intellekt davlat boşqaruvida tobora muhim örin egallayotgan bir şaroitda parlamentimiz uşbu texnologiyalarning xavfsizligi, qonuniy qöllanilişi va inson huquqlariga ta’siri ustidan samarali nazoratni qanday ta’minlaşi mumkin?
Masalan, sun’iy intellekt tizimi xato xulosa çiqarişi oqibatida fuqaroning huquqlari buzilsa, bunga kim javob beradi? Davlat organlari foydalanayotgan algoritmlarning işonçliligi qanday tekşiriladi? Fuqarolar öz huquq va manfaatlariga daxl qiluvçi algoritmik qarorlar yuzasidan tuşuntiriş oliş va ular ustidan e’tiroz bildiriş imkoniyatiga egami?
Bu savollar sun’iy intellektni qöllaşning texnik jihatlaridan ança keng masalalarni qamrab oladi. Gap, avvalo, fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, davlat organlari faoliyatining oçiqligi va hisobdorligini ta’minlaş, şuningdek, davlat qarorlari ustidan jamoatçilik va parlament nazoratini kuçaytiriş haqida bormoqda.
Şu sababli sun’iy intellektdan foydalaniş ustidan parlament nazoratining huquqiy va taşkiliy mexanizmlarini takomillaştiriş bugungi parlament faoliyatining muhim vazifalaridan biriga aylanmoqda.
Yangi texnologiyalar – yangi nazorat masalalari
Sun’iy intellekt imkoniyatlarining kengayişi dunyo parlamentlari oldiga yangi vazifalarni qöymoqda. Xususan, ilğor texnologiyalardan foydalaniş bilan boğliq ehtimoliy xavflarni aniqlaş, ularning oqibatlarini baholaş va samarali demokratik nazorat mexanizmlarini şakllantiriş tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Parlamentlararo ittifoq (IPU)ning 2026-yil oktabr oyida e’lon qilingan tadqiqotida ham uşbu masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, sun’iy intellektdan yirik kölamdagi kiberhujumlarda foydalaniş, biologik va kimyoviy tahdidlarning kuçayişi, demokratik jarayonlarga manipulyativ ta’sir ötkaziş hamda yuqori darajada avtonom tizimlar ustidan inson nazoratining zaiflaşişi kabi ehtimoliy xavflar tahlil qilingan.
Albatta, bu xavflarning barçasi yuz berişi muqarrar emas. Ularning ayrimlari böyiça ilmiy bahslar va noaniqliklar ham mavjud. Biroq ehtimoliy oqibatlari jiddiy bölgan texnologiyalarni oldindan örganiş, xavflarni baholaş va zarur nazorat çoralarini belgilaş muhim ahamiyatga ega.
Bunda parlament zimmasidagi asosiy vazifa innovatsiyalar rivojiga şaroit yaratiş, jamiyat xavfsizligini ta’minlaş va inson huquqlarini himoya qiliş örtasidagi muvozanatni saqlaşga xizmat qiladigan huquqiy mexanizmlarni takomillaştirişdan iborat.
Sun’iy intellekt tizimining joriy etilgani yoki undan foydalanilayotgani, uning xavfsiz va işonçli işlaşini öz-özidan kafolatlamaydi. Buning uçun tizim qanday ma’lumotlarga tayanayotgani, natijalari qay darajada aniq va işonçli ekani, inson nazorati qanday taşkil etilgani hamda xatolar aniqlanganda ularni bartaraf etiş mexanizmlari mavjudligi baholanişi zarur.
Ayniqsa, bunday texnologiyalarning fuqarolar huquq va manfaatlariga ta’siri, uşbu tizimlar faoliyatining qonunçilik talablariga muvofiqligi hamda yuzaga kelişi mumkin bölgan salbiy oqibatlar uçun javobgarlik masalalari parlament nazoratining alohida e’tibor talab qiladigan yönalişlariga aylanişi mumkin.
Parlament nazorati nimani qamrab olişi kerak?
Parlament nazoratining asosiy yönalişlari davlat organlari tomonidan qonunçilik talablariga rioya etilişi, davlat dasturlarining bajarilişi, byudjet mablağlaridan foydalaniş samaradorligi hamda qabul qilingan qarorlar ijrosini örganiş bilan boğliq.
Sun’iy intellekt texnologiyalarining davlat boşqaruviga kirib kelişi esa uşbu nazoratning mazmunini yangi masalalar bilan boyitmoqda. Çunki algoritmik tizimlar faoliyatini faqat ma’muriy hujjatlar, statistik körsatkiçlar yoki bajarilgan işlar haqidagi hisobotlar asosida töliq baholaş har doim ham mumkin emas.
Masalan, davlat organida fuqarolarning murojaatlarini saralaş uçun sun’iy intellektdan foydalanilayotgan bölsa, tizim qayta işlagan murojaatlar sonining özi uning samaradorligini körsatmaydi. Murojaatlar töğri tasniflanganmi, fuqarolar uçun muhim masalalar e’tibordan çetda qolmaganmi, algoritm xatolarini aniqlaş va ularni inson tomonidan tuzatiş imkoniyati yaratilganmi? Ana şu jihatlar ham baholanişi kerak.
Şu nuqtayi nazardan, parlament nazorati doirasida sun’iy intellekt tizimlarining nafaqat iqtisodiy samaradorligi, balki qonunçilik talablariga muvofiqligi, xavfsizligi, natijalarining işonçliligi va inson huquqlariga ta’siri ham örganilişi muhim.
Biroq bu parlament har bir algoritmning işlaşini bevosita texnik jihatdan tekşirişi kerakligini anglatmaydi. Uning vazifasi tegişli davlat organlarining sun’iy intellektdan foydalaniş borasidagi faoliyati yuzasidan hisobdorligini ta’minlaş, vakolatli nazorat institutlari xulosalarini örganiş hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etişga qaratilgan huquqiy va taşkiliy çoralarni öz vakolatlari doirasida körib çiqişdan iborat.
Özbekistonda parlament nazoratining qanday huquqiy imkoniyatlari mavjud?
Mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş, ulardan foydalanişni huquqiy tartibga soliş hamda inson huquqlarini himoya qilişga qaratilgan huquqiy asoslar bosqiçma-bosqiç şakllanmoqda.
Xususan, Prezidentning 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori bilan Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantiriş strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur hujjatda sun’iy intellektni rivojlantiriş, zarur infratuzilmani şakllantiriş, texnologiyalarni turli sohalarga joriy etiş va mutaxassislar salohiyatini oşirişning ustuvor yönalişlari belgilandi.
2026-yil 21-yanvardagi ÖRQ-1115-son Qonun bilan esa sun’iy intellektdan foydalanişga oid muhim huquqiy normalar mustahkamlandi. Jumladan, insonning huquq va erkinliklariga aloqador yuridik ahamiyatga ega qarorlarni faqat sun’iy intellekt tizimlari xulosalariga tayanib qabul qilişga yöl qöyilmasligi belgilandi.
Uşbu qoida sun’iy intellektdan foydalanişda insonning qaror qabul qilişdagi rolini saqlab qoliş va fuqarolarning huquqiy himoyasini ta’minlaş nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.
Biroq sun’iy intellekt ustidan samarali nazoratni ta’minlaş faqat maxsus qonunçilik normalarini işlab çiqiş bilan çeklanmaydi. Buning uçun parlamentning amaldagi nazorat vakolatlaridan ham foydalaniş imkoniyatlari mavjud.
Özbekiston Respublikasining “Parlament nazorati töğrisida”gi qonunida davlat organlari rahbarlarining axborotini eşitiş, parlament va deputat sörovlarini yuboriş, qonunçilik ijrosini örganiş hamda belgilangan tartibda parlament tekşiruvini ötkaziş kabi nazorat şakllari nazarda tutilgan.
Mazkur mexanizmlar sun’iy intellekt texnologiyalarining davlat boşqaruvida qöllanilişi bilan boğliq masalalarni ham qonunçilikda belgilangan vakolatlar doirasida örganiş imkonini beradi.
Masalan, parlamentning tegişli qömitasi davlat organlarida sun’iy intellekt tizimlari qanday maqsadlarda joriy etilayotgani, ularning faoliyatida qanday xavflar aniqlangani, fuqarolar huquqlariga ta’siri qanday baholanayotgani va ehtimoliy salbiy oqibatlarning oldini oliş uçun qanday çoralar körilayotgani yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotini eşitişi mumkin.
Bunday nazoratda asosiy mezon sun’iy intellekt tizimlari soni yoki avtomatlaştirilgan jarayonlar kölami bölmasligi kerak. Eng muhimi, ularning amalda qançalik samarali işlayotgani, qonunçilik talablariga muvofiqligi, xavfsizligi va inson huquqlariga ta’sirini baholaşdir.
Şu tariqa parlamentning mavjud nazorat mexanizmlarini sun’iy intellekt bilan boğliq yangi vazifalarga moslaştiriş davlat organlarining hisobdorligini kuçaytiriş va texnologiyalardan mas’uliyat bilan foydalanişni ta’minlaşga xizmat qilişi mumkin.
Davlat auditida yangi bosqiç
Özbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş ustidan nazoratni takomillaştirişda Prezidentning 2026-yil 6-iyuldagi PF-123-son farmoni alohida ahamiyatga ega.
Mazkur farmonga muvofiq, 2027-yildan boşlab Hisob palatasining davlat taşqi auditi faoliyatida davlat organlari va taşkilotlarida joriy etilayotgan sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş samaradorligini baholaş böyiça auditni yölga qöyiş belgilangan.
Şuningdek, Hisob palatasi moliyaviy, muvofiqlik va samaradorlik auditi doirasida axborot texnologiyalari auditini ötkazişga mas’ul vakolatli organ etib belgilangan.
Uşbu yangilik davlat boşqaruvida qöllanilayotgan sun’iy intellekt tizimlarining samaradorligini baholaş, ularning faoliyatidagi kamçiliklarni aniqlaş va davlat resurslaridan oqilona foydalanişni ta’minlaşning institutsional asoslarini mustahkamlaşga xizmat qilişi mumkin.
Şu örinda davlat auditi va parlament nazoratining vazifalarini farqlaş muhim. Hisob palatasi öz vakolatlari doirasida audit tekşiruvlarini amalga oşirsa, parlament qonunçilikda belgilangan tartibda uning hisobotlarini körib çiqiş, aniqlangan tizimli muammolar yuzasidan mas’ul davlat organlarining axborotini eşitiş hamda zarur hollarda qonunçilikni takomillaştiriş masalalarini körib çiqiş imkoniyatiga ega.
Binobarin, Hisob palatasi tomonidan ötkaziladigan audit natijalari sun’iy intellekt tizimlarining amaliy samaradorligi va ulardan foydalaniş bilan boğliq muammolarni parlament darajasida muhokama qiliş uçun muhim tahliliy asos bölib xizmat qilişi mumkin.
Ayni paytda auditni joriy etiş böyiça huquqiy vazifalarning belgilanişi uşbu mexanizm amalda töliq şakllanganini anglatmaydi. Uning samaradorligini baholaş uçun audit tartib-taomillari, tekşiruv mezonlari va olingan natijalarning amaliy qöllanilişini izçil örganib boriş zarur.
Parlament nazoratini kuçaytirişning amaliy yönalişlari
Mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş ustidan parlament nazoratini takomillaştiriş uçun mavjud huquqiy mexanizmlardan samarali foydalaniş va ularni yangi texnologik xavflarga moslaştiriş muhim ahamiyatga ega. Bu borada bir neça ustuvor yönalişga e’tibor qaratiş maqsadga muvofiq.
Birinçidan, parlament eşituvlarida sun’iy intellektdan foydalanişning xavfsizligi va qonuniyligini alohida muhokama qiliş. Bunday eşituvlarda davlat organlari rahbarlarining axborotlari bilan bir qatorda mustaqil ekspertlar, huquqşunoslar va axborot texnologiyalari mutaxassislarining xulosalarini ham örganiş zarur. Bu texnologiyalarni joriy etiş natijalarini turli nuqtayi nazarlardan baholaş, mavjud muammolarni aniqlaş va ularni bartaraf etişga doir asosli tavsiyalar işlab çiqiş imkonini beradi.
Ikkinçidan, davlat organlarining hisobotlarida sun’iy intellektdan foydalaniş bilan boğliq xavflar va ularni boşqariş natijalarini aks ettiriş. Jumladan, sun’iy intellekt tizimlarida aniqlangan jiddiy xatolar va ularning oqibatlari, kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körilgan çoralar, fuqarolardan kelib tuşgan şikoyatlar, şuningdek, inson nazoratining samaradorligi haqidagi umumlaştirilgan ma’lumotlarni tegişli hisobotlarda aks ettiriş tartibini joriy etiş mumkin. Bu parlament nazorati doirasida sun’iy intellekt texnologiyalarining joriy etiliş kölami bilan bir qatorda, ularning amaldagi samaradorligi va jamiyat uçun keltirayotgan natijalarini ham baholaş imkonini beradi.
Uçinçidan, yuqori xavfli sun’iy intellekt tizimlarini mustaqil ekspertizadan ötkaziş mexanizmlarini rivojlantiriş. Fuqarolarning huquq va erkinliklariga, muhim davlat xizmatlariga yoki axborot xavfsizligiga sezilarli ta’sir körsatişi mumkin bölgan tizimlarni baholaşda faqat ularni işlab çiquvçi yoki ulardan foydalanuvçi taşkilotning xulosasi bilan çeklanib qolmaslik lozim. Buning uçun mustaqil ekspertizaning huquqiy asoslari, baholaş mezonlari, uni ötkazuvçi subyektlarning vakolatlari va xulosalardan foydalaniş tartibini aniq belgilaş muhim.
Törtinçidan, algoritmik audit natijalaridan parlament nazoratida foydalaniş amaliyotini şakllantiriş. Bunda davlat auditini amalga oşiruvçi vakolatli organlar bilan parlamentning vazifalari aniq çegaralanişi kerak. Tegişli audit davomida aniqlangan tizimli kamçiliklar, huquqiy nomuvofiqliklar va xavfsizlik bilan boğliq muammolar parlament muhokamalarida körib çiqilişi, zarur hollarda esa qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqilişiga asos bölişi mumkin.
Beşinçidan, parlament nazorati natijasida belgilangan çoralarning amaliy ijrosini kuzatib boriş. Parlament nazorati samaradorligini baholaşda ötkazilgan eşituvlar yoki körib çiqilgan hisobotlar sonidan köra, ularning amaliy natijalari muhim ahamiyatga ega. Bunda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça qanday çoralar körilgani, ular qay darajada samara bergani va şu kabi muammolarning takrorlaniş xavfi qançalik kamayganiga e’tibor qaratiş lozim. Şu bois parlament nazorati yakunlari böyiça qabul qilingan qarorlar va berilgan tavsiyalar ijrosini qonunçilikda belgilangan tartibda muntazam monitoring qilib boriş zarur.
Mazkur takliflar sun’iy intellekt ustidan parlament nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratişni közda tutmaydi. Asosiy e’tibor mavjud nazorat mexanizmlarini zamonaviy texnologik taraqqiyot talablariga moslaştirişga qaratiladi. Bunday yondaşuv davlat organlarining hisobdorligini oşiriş, ehtimoliy xavflarni barvaqt aniqlaş va sun’iy intellektdan foydalaniş jarayonida inson huquqlarini himoya qilişning huquqiy kafolatlarini mustahkamlaşga xizmat qilişi mumkin.
Samarali parlament nazorati yangi bilim va malakani talab etadi
Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş ustidan samarali nazoratni amalga oşiriş huquqiy, texnik va taşkiliy bilimlarni birgalikda qöllaşni talab etadi. Çunki algoritmik tizimlarning işlaş tamoyillari, imkoniyatlari va çeklovlarini yetarliça tuşunmasdan ularning xavfsizligi hamda işonçliligini xolis baholaş muşkul.
Şu bilan birga, texnik jihatdan töğri işlayotgan sun’iy intellekt tizimi ham ayrim hollarda inson huquqlariga zid yoki ijtimoiy jihatdan nomaqbul natijalarga olib kelişi mumkin. Şu sababli bunday texnologiyalarni baholaşda ularning funksional imkoniyatlari bilan bir qatorda huquqiy oqibatlari, axborot xavfsizligi va inson manfaatlariga ta’siri ham hisobga olinişi zarur.
Bu esa parlament nazoratining samaradorligi deputatlar va parlament qömitalarining zarur axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlanişi, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi hamda mustaqil ekspertiza imkoniyatlariga bevosita boğliqligini körsatadi.
Mazkur jarayonda Parlament tadqiqotlari instituti kabi ilmiy-ekspertlik muassasalari muhim örin tutişi mumkin. Xususan, xorijiy parlamentlar tajribasini örganiş, sun’iy intellektdan foydalaniş bilan boğliq huquqiy va institutsional xavflarni tahlil qiliş, şuningdek, parlament qömitalari uçun ilmiy asoslangan axborot-tahliliy materiallar tayyorlaş nazorat faoliyatining sifatini oşirişga xizmat qiladi.
Ayniqsa, sun’iy intellekt sohasidagi texnologik özgarişlarni muntazam kuzatiş, amaldagi qonunçilikning yangi ijtimoiy munosabatlarga muvofiqligini baholaş hamda ehtimoliy huquqiy böşliqlarni barvaqt aniqlaş muhim ahamiyatga ega.
Bunday yondaşuv parlament nazoratini faqat yuzaga kelgan muammolarni aniqlaş va ularga munosabat bildiriş bilan çeklamasdan, ehtimoliy xavflarni oldindan baholaş va ularning oldini olişga yönaltirilgan tizimli faoliyat sifatida rivojlantiriş imkonini beradi.
Asosiy mezon – inson manfaatlari
Sun’iy intellekt davlat boşqaruvini takomillaştiriş, mavjud resurslardan oqilona foydalaniş va aholiga körsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oşiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq bu imkoniyatlardan foydalanişda texnologik taraqqiyotning inson va jamiyat manfaatlariga xizmat qilişi asosiy mezon bölişi lozim.
Sun’iy intellekt samaradorligini baholaşda iş jarayonlarining tezlaşişi, iqtisodiy tejamkorlik yoki avtomatlaştirilgan vazifalar soni kabi körsatkiçlar bilan çeklaniş töğri bölmaydi. Bunda uning qonunçilik talablariga muvofiqligi, xavfsizligi, fuqarolarning huquq va erkinliklariga ta’siri, şuningdek, algoritmlar asosida qabul qilinayotgan qarorlarning şaffofligi va ular uçun javobgarlikning aniq belgilangani ham muhim mezonlar sifatida inobatga olinişi lozim.
Bu jarayonda parlamentning vazifasi sun’iy intellekt tizimlarini bevosita boşqariş yoki ularning texnik faoliyatiga aralaşişdan iborat emas. Parlament özining qonunçilikda belgilangan vakolatlari doirasida uşbu texnologiyalardan foydalanayotgan davlat organlari faoliyatini nazorat qilişi, mavjud muammolarni örganişi hamda zarur huquqiy kafolatlarni takomillaştirişga kömaklaşişi lozim.
Özbekistonda bu borada huquqiy va institutsional asoslar şakllanmoqda. Navbatdagi muhim vazifa mavjud parlament nazorati mexanizmlarini sun’iy intellekt bilan boğliq yangi xavf va ehtiyojlarga moslaştiriş, ularning amaliy samaradorligini oşiriş hamda davlat organlarining hisobdorligini kuçaytirişdan iborat.
❝ Zero, sun’iy intellekt davrida davlat boşqaruvining sifati texnologiyalarning rivojlaniş darajasi bilangina belgilanmaydi. U, şuningdek, texnologiyalardan foydalaniş jarayonida inson huquqlarining işonçli himoya qilinişi, qabul qilinayotgan qarorlar uçun javobgarlikning ta’minlanişi va demokratik nazorat mexanizmlarining samarali işlaşi bilan ham çambarças boğliq. ❞
Zafar MUHAMMADOV,
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti Strategik rejalaştiriş va yiğma axborot-tahlil bölimi boşliği






















