Poligonga kömilayotgan resurs
MAQOLA

Otabek RÖZMETOV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği
Aylanma iqtisodiyotning uzluksiz zanjiri: çiqindilarni boşqariş, tölov tizimi va huquqiy tartibga soliş

Bugun çiqindilarni boşqariş ularni yiğiş va utilizatsiya qiliş bilan çeklanib qolmaydi. Çunki bugungi kunda çiqindi resurslardan samarali foydalaniş hamda iqtisodiy qiymat yaratişning muhim yönalişiga aylanmoqda. Plastik, qoğoz, şişa, metall va organik qoldiqlar rivojlangan iqtisodiyotlarda allaqaçon ikkilamçi xomaşyo va energiya manbai sifatida baholanmoqda. Yevropa Ittifoqining rasmiy statistika idorasi – «Eurostat» ma’lumotlariga köra, 2024-yilda Ittifoqda hosil bölgan maişiy çiqindilarning 48,1 foizi qayta işlangan. Germaniyada esa bu körsatkiç 66,9 foizni taşkil etgan. Bu raqamlar ortida oddiy haqiqat turibdi: poligonga kömilgan har tonna çiqindi – iqtisodiyotdan çiqib ketgan resurs, boy berilgan qöşilgan qiymat va kelajak avlodga qoldirilgan ekologik qarz.
Özbekistonda bu masala strategik darajaga kötarilgani bejiz emas. Davlatimiz rahbari 2026-yil 28-avgust kuni mustaqilligimizning 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surgan yetti milliy dasturning törtinçisi aynan suv va tabiatga munosabatni tubdan özgartirişga qaratilgan. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat körsatkiçidir».
Bu yönaliş dasturiy hujjatlarda ham mustahkamlangan. Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son Farmoni bilan yangilangan «Özbekiston – 2030» strategiyasining uçinçi ustuvor yönalişi «Suv resurslarini tejaş va atrof-muhitni muhofaza qiliş» deb belgilangan. Öşa kuni qabul qilingan PF-22-son Farmonning 4-ilovasi bilan esa «Ekologik muvozanatni ta’minlaş va suv resurslaridan oqilona foydalanişni samarali taşkil etiş böyiça ustuvor islohotlar dasturi» tasdiqlandi. Unda, jumladan, 2026-yil davomida sanitar tozalaş xizmatlari qamrovini kengaytiriş maqsadida 80 ta çiqindi taşuvçi maxsus texnika xarid qiliş hamda hududlarda 1 950 ta maişiy çiqindi konteynerini örnatiş vazifalari belgilangan.
Bu hujjatlarni birlaştiruvçi mantiq şundaki, resurslarni tejaş faqat suv yoki energiya bilan çeklanmaydi. Çiqindilarni qayta işlaş birlamçi xomaşyoga va yerga bölgan talabni, poligonlardan tuproq va suvga ötadigan ifloslaniş hamda issiqxona gazlari çiqarilişini kamaytiradi. Şu ma’noda, çiqindilarni boşqariş tizimini takomillaştiriş ekologik vazifa böliş bilan birga, resurslar samaradorligini oşirişga qaratilgan tölaqonli iqtisodiy siyosatdir.
Raqamlar nimadan dalolat beradi?
Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi ma’lumotiga köra, 2025-yilda mamlakatimizda 15,1 million tonna maişiy çiqindi hosil bölgan. Şu davrda talablarga javob bermaydigan 23 ta poligon (qariyb 100 gektar) yopildi. Andijon, Qaşqadaryo, Namangan, Samarqand, Toşkent va Farğona viloyatlarida esa çiqindilarni termik qayta işlaş orqali elektr energiyasi işlab çiqarişga qaratilgan, umumiy qiymati 933 million dollarlik oltita investitsiya loyihasi amalga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, raqamlar oldinda hali katta iş turganini ham körsatadi. Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi yiğilişida keltirilgan ma’lumotlarga köra, 2026-yilning birinçi yarmida aholini maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş xizmati bilan qamrab oliş darajasi 64 foizni, çiqindilarni qayta işlaş darajasi esa atigi 6,5 foizni taşkil etgan. Vaholanki, Prezidentning 2022-yil 2-dekabrdagi qarorida 2030-yilgaça qattiq maişiy çiqindilarni qayta işlaş darajasini 65 foizdan oşiriş maqsadi belgilangan.
Tölov intizomi ham öylantiradi. Agentlik ma’lumotiga köra, 2025-yil yakunida aholining sanitar tozalaş xizmatlari böyiça qarzdorligi 622,7 milliard sömni taşkil etgan. Ayni paytda amalda körsatilmagan xizmatlar uçun hisoblangan 211,9 milliard sömlik noreal qarzdorlik elektron tizimdan çiqarilgani hisob-kitobdagi xatolar kölami ham kiçik emasligini körsatadi. Demak, asosiy muammo poligonlar sonida emas, balki tizimning boşlanğiç böğini – çiqindini manbada saralaş va qayta işlaş zanjiriga uzatişda hamda xizmat va tölov örtasidagi işonçli boğliqlikdadir.
Parlament sörovi: uçta asosiy yönaliş
Parlament nazoratining aynan şu yönalişga qaratilgani muammoning institutsional ahamiyatini körsatadi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi direktoriga parlament sörovi yuborib, uning javobini atrofliça körib çiqdi. Deputatlar hududlarda poligonlarni rekultivatsiya qilişdagi keçikişlar, ayrim poligonlarni ekologik, sanitariya va yonğin xavfsizligi talablariga muvofiqlaştiriş zarurati hamda fuqarolarning xizmat sifatidan şikoyatlariga alohida e’tibor qaratdi.
Parlament sörovi uçta özaro boğliq yönalişni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir. Birinçisi – tizimning samaradorligi. Yiğiş, taşiş, saralaş, qayta işlaş va utilizatsiya bitta zanjirning halqalaridir: ulardan biri uzilsa, qolganlariga kiritilgan mablağ ham kutilgan natijani bermaydi.
Masalan, sanitar tozalaş taşkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaşga yönaltirilgan 386,5 milliard sömlik investitsiya saralaş infratuzilmasi bilan uyğunlaşmasa, çiqindi oqimi yana poligonga borib taqaladi. Ikkinçisi – sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş. Qayta işlovçi korxonaga kafolatlangan xomaşyo oqimi, barqaror bozor va rağbatlantiruvçi moliyaviy mexanizmlar zarur. Uçinçisi – xizmatlar uçun tölov tizimi bölib, u alohida tahlilni talab etadi.
Amaldagi tartibda maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş tariflari hududiy darajada – agentlik hamda iqtisodiyot va moliya organlarining xulosalari asosida xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari tomonidan tasdiqlanadi. Masalan, Toşkent viloyatida 2026-yil 1-apreldan aholi uçun oylik tarif bir kişi hisobiga 10 864 söm (QQS bilan) etib belgilangan. 2026-yil 1-yanvardan esa iste’molçilarga faqat amalda körsatilgan xizmat uçun haq hisoblanadigan va barça hisob-kitoblar elektron tizimlar orqali yuritiladigan yangi tartib joriy etilgan. Bu xizmat körsatiş va tölov majburiyati örtasidagi boğliqlikni mustahkamlaşga qaratilgan muhim qadamdir. Biroq tölov intizomini ta’minlaşda xizmat sifati, tariflarning şaffofligi hamda körsatilmagan yoki sifatsiz xizmatlar uçun qayta hisob-kitob mexanizmlarining amalda işlaşi ham hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Yangi qonun loyihasi: beşta yondaşuv
Huquqiy asosni yangilaş vazifasi ham kun tartibida turibdi. Qonunçilik palatasi 2026-yil 20-oktabrda yangi tahrirdagi «Çiqindilar töğrisida»gi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Loyiha 2002-yilda qabul qilingan amaldagi qonun örniga işlab çiqilgan. Deputatlar buning sababi sifatida amaldagi qonunda böşliqlar va havola qiluvçi normalar köpligini, xususan, sohani boşqariş, mulkiy munosabatlar va moliyalaştiriş masalalari yetarliça aniq belgilanmaganini körsatdi.
Sirkulyar iqtisodiyot va tölov tizimi nuqtai nazaridan uşbu qonun loyihasidagi beşta yondaşuv alohida e’tiborga loyiq. Birinçisi, çiqindilarga nisbatan mulkiy munosabatlarni tartibga soliş: çiqindi kimga tegişli ekani va qaçondan boşlab uning egasi özgarişi aniq bölmasa, ikkilamçi xomaşyo bozori ham, xususiy investitsiya ham şakllanmaydi. Ikkinçisi, işlab çiqaruvçilar va import qiluvçilarga qöyiladigan talablar hamda ularning çiqindilar bilan boğliq işlardagi iştiroki, ya’ni işlab çiqaruvçining kengaytirilgan mas’uliyati tamoyili. Uçinçisi, içimlik mahsulotlarining iste’mol qadoqlari uçun depozit tizimi. Törtinçisi, quriliş çiqindilarini birinçi navbatda takroriy foydalaniş va qayta işlaşga yönaltiriş. Beşinçisi, çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş xizmatlari uçun tarif va tölovlarni belgilaş tartibini qonun darajasida mustahkamlaş. Bu mexanizmlarning qiymati ularning alohida-alohida mavjudligida emas, balki birgalikda işlaşidadir.
Yevropa tajribasi nimani örgatadi?
Bu borada Yevropa Ittifoqi tajribasi ibratli, lekin uni töğri anglaş muhim. Ittifoq siyosatining asosi – Çiqindilar töğrisidagi 2008/98/EC-son ramkaviy direktiva bölib, u çiqindilarni boşqariş iyerarxiyasini belgilaydi: avval çiqindi hosil bölişining oldini oliş, söng takroriy foydalanişga tayyorlaş, qayta işlaş, boşqa usulda tiklaş, jumladan energiya oliş va faqat oxirgi çora sifatida yöq qiliş yoki kömiş. 2018/851-son direktiva bilan kiritilgan özgarişlarga köra, a’zo davlatlar maişiy çiqindilarni takroriy foydalanişga tayyorlaş va qayta işlaş uluşini 2025-yilgaça kamida 55, 2030-yilgaça 60, 2035-yilgaça 65 foizga yetkazişi şart, kengaytirilgan işlab çiqaruvçi mas’uliyati tizimlari uçun esa minimal talablar belgilangan.
Depozit tizimi böyiça Ittifoq darajasidagi yangi talab Qadoqlar va qadoq çiqindilari töğrisidagi 2025/40-son Reglamentda mustahkamlangan: a’zo davlatlar 2029-yil 1-yanvargaça siğimi 3 litrgaça bölgan bir martalik plastik içimlik butilkalari va metall idişlarning kamida 90 foizini alohida yiğişni ta’minlaşi va buning uçun depozit-qaytariş tizimini joriy etişi lozim. Germaniyada 2003-yildan bir martalik idişlar uçun joriy etilgan tizim hamda Finlyandiyadagi notijorat operator «Palpa» yuritadigan tizim idişlarning 90 foizdan ortiği qaytarilişini ta’minlamoqda. Sababi oddiy: idiş qiymatga ega bölsa, u çiqindi qutisiga tuşmaydi.
Niderlandiyaning qator munitsipalitetlarida çiqindi miqdoriga boğliq tabaqalaştirilgan tölov tizimi – DIFTAR (Pay-As-You-Throw, ya’ni «qança taşlasang, şunça tölaysan») qöllaniladi. Mazkur mexanizm aholini çiqindilarni kamaytiriş va ularni alohida saralaşga iqtisodiy jihatdan rağbatlantiradi. Niderlandiyaning «Rijkswaterstaat» davlat agentligi tomonidan ötkazilgan tadqiqotda keltirilgan CBS statistikasiga köra, 2019-yilda uşbu tizim amal qilgan munitsipalitetlarda aholi jon boşiga örtaça 94 kilogramm qoldiq maişiy çiqindi töğri kelgan bölsa, bunday tizim joriy etilmagan hududlarda mazkur körsatkiç 182 kilogrammni taşkil etgan. Bu esa iqtisodiy rağbatlantiriş mexanizmlarining ta’siri qançalik katta ekanini körsatadi. Belgiyaning Flandriya mintaqasida ham bu tamoyil 1990-yillar boşidan qöllanib kelinmoqda.
Yevropa tajribasidan çiqadigan asosiy saboq şuki, huquqiy norma öz-özidan natija bermaydi. Qayta işlaş iqtisodiy jihatdan manfaatli bölişi, korxonalar barqaror xomaşyoga ega bölişi, aholi esa saralaş va idiş topşirişdan amaliy naf körişi kerak. Depozit tizimi sifatli xomaşyo oqimini ta’minlaydi, kengaytirilgan mas’uliyat uni moliyalaştiradi, iqtisodiy asoslangan tarif esa xizmatning özini barqaror qiladi. Bittasi yetişmasa, qolganlari ham töliq işlamaydi.
Xulosa qilib aytganda, çiqindilarni boşqariş sohasida bugun davlat hokimiyatining barça böğinlari bir yönalişda harakat qilmoqda. Strategik maqsad belgilangan, ijro hokimiyati infratuzilma va investitsiyani harakatga keltirmoqda, parlament esa qonunçilik va nazorat orqali islohot natijasini fuqaro his qiladigan darajaga olib çiqişga mas’ul. Qonunçilik islohotlari, parlament nazorati va sirkulyar iqtisodiyot mexanizmlarini birgalikda rivojlantiriş Özbekistonning «yaşil» iqtisodiyotga ötişini sezilarli darajada jadallaştirişi mumkin. Mezon esa bitta: mahalladagi konteyner öz vaqtida böşatilsa, tölov adolatli hisoblansa va bugun poligonga ketayotgan çiqindi ertaga sanoat xomaşyosiga aylansa, islohot öz maqsadiga yetgan böladi.
Otabek RÖZMETOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği
Manba: «Oila va tabiat» gazetasi, 46-son





















