Raqamli xodimmi yoki vosita? Taşkilotlarda agentli sun’iy intellektni jilovlaş çegaralari
MAQOLA

Zafar MUHAMMADOV
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği
Zamonaviy korporativ va davlat boşqaruvi amaliyotida sun’iy intellekt tizimlariga nisbatan “raqamli hamkasb” yoki “raqamli xodim” tuşunçalarining qöllanilişi, şunçaki jozibador marketing iborasi bölmay, balki taşkilotlarning operatsion paradigmasi tubdan özgarayotganidan dalolat beradi. An’anaviy hisoblaş tizimlari, diskret ma’lumotlarni tahlil qiluvçi dasturlar va matn generatsiya qiluvçi oddiy til modellari inson sörovi asosida işlovçi passiv maslahat vositalari sifatida faoliyat yuritgan bölsa, zamonaviy agentli sun’iy intellekt tizimlari uzluksiz voqealar siklida harakatlanuvçi, maqsadga yönaltirilgan murakkab vazifalarni mustaqil rejalaştiruvçi va taşqi axborot tizimlarida faol operatsiyalarni bajaruvçi tuzilmalarga aylandi.
Biroq texnologiyaga xodim maqomini beriş yoki unga inson kabi munosabatda böliş xavfli illyuziyani yuzaga keltiradi. Xodim taşkilot oldida huquqiy, ma’naviy va intizomiy javobgarlikka ega bölgan, öz harakatlarining ijtimoiy va moddiy oqibatlarini anglaydigan ongli subyektdir. Sun’iy intellekt agenti esa qançalik murakkab hisoblaş arxitekturasiga (ReAct mulohaza sikli, Model Context Protocol va köp qatlamli xotira tuzilmasiga) ega bölmasin, u intellektual niyatdan, axloqiy tuşunçadan va huquqiy subyektlikdan mahrum bölgan deterministik-stoxastik (aniq qonuniyatlar va ehtimoliy-tasodifiy omillarni birgalikda hisobga oladigan yondaşuv) dasturiy ta’minotdir. Tizim maslahat berişdan amallarni bajarişga ötgan sari, boşqaruvning markaziy savoli “tizim nima deb javob beradi?” degan nuqtadan “unga axborot infratuzilmasida nimalarni özgartirişga ruxsat berilgan?” degan amaliy çegaraga köçadi.
Uşbu tahlilning asosiy maqsadi taşkilotlarda agentli sun’iy intellektni “raqamli xodim” sifatida qabul qilişning institutsional ziddiyatlarini oçib beriş, ularni boşqariladigan va audit qilinadigan yuqori xavfli texnologik vosita sifatida jilovlaş mexanizmlarini tahlil qiliş hamda xalqaro amaliyot va milliy qonunçilik talablari doirasida aniq taşkiliy çegaralarni belgilaşdan iboratdir.
Agentli sun’iy intellekt özining operatsion tezligi va uzluksiz harakat qiliş xususiyatiga köra an’anaviy vositalardan ança ilgarilab ketgan bölsa-da, mas’uliyat va vakolatning tabiati böyiça inson xodim darajasiga çiqa olmaydi. Şu sababli, boşqaruv mexanizmlari tizimga mustaqil subyekt maqomini berişdan köra, uni qat’iy muhandislik talablari va me’yoriy çeklovlar doirasida saqlaşga yönaltirilişi şart.
Nima uçun agent “xodim” böla olmaydi?
Taşkilot nazariyasi va korporativ boşqaruv ta’limotida inson xodim bilan taşkilot örtasidagi munosabatlar an’anaviy vakillik va fidutsionar majburiyatlar doirasida tartibga solinadi. Inson xodim öz rahbariga yoki iş beruvçisiga nisbatan sodiqlik, böysuniş va oşkoralik majburiyatlarini öz zimmasiga oladi. Bunday munosabatlar bevosita ikki tomonlama çiziqli tuzilmani hosil qiladi. Dasturiy agentlarning paydo bölişi esa uşbu klassik konsepsiyani parçalab taşlaydi.
Tahlillar şuni körsatadiki, sun’iy intellekt agentlari sun’iy agentlik xususiyatiga ega bölib, ularda qaror qabul qiliş vakolati yuridik şaxssizlik şaroitida amalga oşiriladi. Agent inson kabi moddiy yoki jinoiy jazoni öz zimmasiga ololmaydi, uning bank hisobvaraği yoki erkinligi mavjud emas. Agar agent taşkilotga jiddiy moliyaviy zarar yetkazsa yoki uçinçi şaxslarning huquqlarini buzsa, uni jazolaş yoki qonuniy javobgarlikka tortiş imkonsizdir. U huquqiy tilda öziga nisbatan da’vo qilib bölmaydigan subyekt hisoblanadi.
Bundan taşqari, sun’iy intellekt agentlari iştirokidagi munosabatlar ikki tomonlama doiradan çiqib, köp subyektli (poliadik) xususiyat kasb etadi. Agent bir vaqtning özida manfaatlari özaro qarama-qarşi bölgan bir neçta subyekt ta’siri ostida faoliyat yuritadi:
1. Bazaviy modelni öqitgan va unga xulq-atvor xavfsizligi çegaralarini örnatgan texnologik işlab çiquvçi;
2. Agentni öz infratuzilmasida joylaştirgan va xizmat körsatiş şartlarini belgilagan hosting yoki platforma provayderi;
3. Agentdan foydalanayotgan va unga bevosita topşiriq bergan taşkilot xodimi yoki jarayon egasi.
Uşbu köp tomonlama tuzilmada agentning buyurtmaçiga bölgan “sodiqligi” majburiy ravişda bölinadi. Masalan, taşkilot uçun xaridlarni avtomatlaştirişga möljallangan agent provayderning tijorat kelişuvlari yoki öqitiş paytidagi yaşirin afzalliklari sababli eng tejamkor variant örniga ma’lum bir hamkor mahsulotini tanlaşi mumkin. Bunday xatti-harakatlar klassik boşqaruvda xiyonat yoki intizom buzilişi hisoblansa-da, algoritmik tizimga nisbatan axloqiy mezonlarni qöllab bölmaydi. Binobarin, taşkilot agentni insoniy ma’noda öziga “sodiq xodim” deb hisoblay olmaydi. Uning harakatlari insoniy vijdon bilan emas, faqat texnik arxitektura va taşkiliy ruxsatlar bilan kafolatlanadi.
Texnik va operatsion xatarlar kaskadi: maşina tezligi, deskilling va xavfsizlik inqirozlari
Agentli sun’iy intellektni taşkilot jarayonlariga integratsiya qiliş operatsion samaradorlikni oşiriş bilan birga, oldindan körib bölmaydigan xatarlar kaskadini keltirib çiqaradi. Bu xatarlarning eng birinçisi harakatlarning maşina tezligida (millisekundlar va soniyalar içida) amalga oşirilişi va insonning unga öz vaqtida aralaşa olmasligidir.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) tomonidan yuritiladigan sun’iy intellekt hodisalari reyestriga kiritilgan PocketOS voqeasi uşbu operatsion xatarning yorqin dalilidir. 2026-yil aprel oyida dasturiy ta’minot kompaniyasida kod yoziş va infratuzilmani sozlaşga yordam beruvçi avtonom agent işlab turgan ma’lumotlar bazasini va uning barça zaxira nusxalarini atigi töqqiz soniya içida butunlay öçirib yubordi. Tizimda örnatilgan “muhim amallar oldidan inson tasdiğini söraş” xavfsizlik tösiği öşa lahzada işlamay qoldi. Uşbu hodisa şuni körsatadiki, an’anaviy IT-boşqaruvda qöllaniladigan voqeadan keyingi audit va tahlil usullari agentli tizimlarda yetarli emas. Maşina tezligida amalga oşirilgan xato taşkilotni bir neça soniyada halokatli yöqotişga olib kelişi mumkin.
Ikkinçi jiddiy tizimli xatar bu xodimlarning kasbiy malakasini yöqotişi va avtomatlaştirişga nisbatan tarafkaşlik muammosidir. Taşkilot xodimlari agentlarning tezkor va silliq işlaşiga haddan taşqari işonib, ularning xulosalarini tanqidiy tahlil qilişni töxtatadi. Amaliyot şuni körsatadiki, agar mutaxassis har kuni agent tayyorlagan ma’lumotlarni çuqur tekşirmasdan “tasdiqlaş” tugmasini bosişga odatlansa, vaqt ötişi bilan u tizim xatolarini payqaş qobiliyatini yöqotadi. Natijada qonunda belgilangan inson nazorati quruq rasmiyatçilikka aylanadi.
Uçinçi yönaliş kiberxavfsizlik tahdidlari bilan boğliqdir:
Bilvosita prompt inyeksiyasi (Indirect Prompt Injection). Agent taşqi muhitdan elektron xatlar, veb-sahifalar yoki korporativ hujjatlardan ma’lumot öqiyotganda, uşbu manbalarga yaşirilgan ğarazli matnli körsatmalarga duç keladi. Masalan, InjecAgent va AgentDojo tadqiqotlari zararli ma’lumotlar orqali agent xatti-harakatlarini 70 foizdan ortiq ehtimol bilan özgartiriş, unga maxfiy ma’lumotlarni taşqariga sizdiriş yoki ruxsatsiz fayllarni öçiriş buyruğini yuklaş mumkinligini isbotlagan.
Agentlarning nazoratsiz köpayişi (Agent Sprawl). Taşkilotda markaziy hisobga olinmagan, turli bölinmalar tomonidan pala-partiş işga tuşirilgan “soya agentlar” vujudga keladi. Boşqarilmaydigan ost-agentlar tizimlar örtasida xavfsizlik auditini imkonsiz qiladi.
Kontekst tölişi va rekursiv gallyutsinatsiya. Agentli tizimlarda uzoq vaqt işlaş davomida kontekst oynasi tölib, tarixni qisqartiriş jarayonida muhim çeklovlar tuşib qoladi. Qayta-qayta iterativ tahlil qiliş 4-5 raunddan keyin aniqlikni oşiriş örniga, asossiz abstraksiyalarga va xato qarorlar zanjiriga olib kelişi mumkin.
Global regulyatorlar tajribasi: “AI Inside, Rules Around It”
Dunyo böylab yetakçi davlatlar va xalqaro taşkilotlar agentli tizimlarning xatarlarini anglagan holda, ularni jilovlaş böyiça maxsus standartlar va me’yoriy doiralarni işlab çiqmoqda.
OECD tomonidan 2026-yil sentabrida e’lon qilingan va 25 ta yirik xalqaro taşkilot (şu jumladan yirik IT işlab çiquvçilar, davlat organlari va konsalting kompaniyalari) amaliyotçilari örtasida ötkazilgan tadqiqot muhim haqiqatni foş etdi. Iştirokçi taşkilotlarning birortasi ham sun’iy intellekt agentlariga çeklanmagan avtonomiya bergani yöq. Kompaniyalar agentlarni tor va tuzilmali sohalarda kod yozişga yordam beriş, bilimlarni boşqariş, hisob-fakturalarni soliştiriş (masalan, Infosys keysida) kabi yönalişlarda qöllamoqda. Tölovlarni amalga oşiriş, ma’lumotlarni öçiriş yoki qoidalardan çetga çiqiş kabi harakatlar qat’iy ravişda inson tasdiğiga boğlangan.
Sanoatda bu yondaşuv “AI inside, rules around it” içkarida sun’iy intellekt mantiği, uning atrofida esa qat’iy va özgarmas deterministik qoidalar formulasiga asoslanadi. Taşkilotlar agentlarning xulq-atvorini faqat neyrotarmoqning öziga işonib topşirmasdan, uning atrofida qat’iy dasturiy qobiq yaratmoqda.
Xalqaro regulyativ me’yorlar quyidagi ustunlarga tayanadi:
- Singapur IMDA Model AI Governance Framework. Dunyoda agentli sun’iy intellekt uçun maxsus qabul qilingan birinçi keng qamrovli doira bölib, törtta asosiy ölçovni ilgari suradi. Xavflarni oldindan baholaş va çegaralaş, insonning mazmunli hisobdorligini ta’minlaş, texnik nazorat vositalarini joriy etiş va yakuniy foydalanuvçi mas’uliyatini oşiriş. Singapur modeli agentlarga taşkilot miqyosida unikal raqamli identifikator (Unique Agent ID) berişni, har bir agentning ruxsati uni işga tuşirgan inson vakolatidan oşmasligini va xavfli amallar oldidan tizim darajasidagi rad etiş (deny-by-default) rejimini talab qiladi.
- Yevropa Ittifoqining AI Act reglamenti. Reglamentning 14-moddasi yuqori xavfli sun’iy intellekt tizimlari ustidan inson nazoratini (Human Oversight) majburiy huquqiy talab sifatida belgilaydi. Tizim şunday loyihalaştirilişi kerakki, inson operatori uning imkoniyatlari va çegaralarini töliq tuşunişi, avtomatlaştiriş tarafkaşligiga berilmasligi va istalgan vaqtda tizim harakatini “Stop” tugmasi orqali töxtata olişi şart.
- Kanada davlat xizmati qöllanmasi va Avstraliya standartlari. Davlat sektorida agentlarning taşqi matnlarni buyruq deb qabul qilişining oldini oliş, ularga minimal zarur kiriş huquqlarini beriş va xodimlarning professional malakasini saqlab qoliş çoralariga alohida urğu beradi.
Jilovlaş çegaralarining arxitekturasi: mualliflik boşqaruv modeli
Taşkilotda agentli tizimlar faoliyatini işonçli çeklaş va nazorat qiliş uçun agentga berilgan umumiy nom yoki işlab çiquvçining reklama tusidagi bayonotlariga tayanişdan köra, muayyan harakatlar va ularning oqibatlariga asoslangan tizimli boşqaruvni yölga qöyiş zarur. Uşbu maqolada taklif etilayotgan mualliflik boşqaruv modeli özaro uzviy boğlangan olti bosqiçli zanjirdan iborat:
Vazifa va harakatlar doirasi ⟶ Avtonomlik darajasi ⟶ Xavf va ta’sir ⟶ Nazorat tartibi ⟶ Mas’ul subyektlar ⟶ Hodisaga javob
Model taşkilotdagi har bir harakatni törtta faoliyat darajasiga ajratadi va ularga mos nazorat tartiblarini belgilaydi. Mazkur model doirasida uçta muhim boşqaruv qoidasi amal qiladi:
Birinçidan, ruxsatlar çegarasi matnli buyruqlar darajasida qoldirilmasdan, tizim arxitekturasining özida mustahkamlanadi. Agentga “fayllarni öçirma” deb tabiiy tilda körsatma beriş himoyani ta’minlamaydi. Tizim administratori operatsion tizim va API darajasida agentga öçiriş yoki yoziş huquqini bermasligi şart. Model Context Protocol (MCP) kabi standartlar orqali harakatlar qat’iy tiklangan sxemalar bilan çegaralanadi.
Ikkinçidan, inson nazorati mazmunli bölişi lozim. Rasmiyatçilik uçun qöyilgan “Davom etilsin” tugmasi inson nazorati hisoblanmaydi. Xodim tasdiqlaşdan oldin kimning nomidan, qaysi ma’lumot asosida va qanday oqibat keltirib çiqaruvçi amal bajarilayotganini, özgarayotgan parametrning eski hamda yangi qiymatini aniq körişi kerak.
Uçinçidan, harakatlar jurnali agentning öz tuşuntirişlaridan alohida yuritiladi. Agent öz faoliyatini oqlaş maqsadida keyinçalik mantiqan izçil köringan, biroq haqiqatga mos kelmaydigan izohlarni yaratişi mumkin. Şu bois xavfsizlik va audit jarayonlarida neyrotarmoqning öz bayoniga tayaniş örniga, server darajasida qayd etilgan vaqt, çaqirilgan vosita, uzatilgan parametrlar hamda harakatni tasdiqlagan şaxs töğrisidagi özgartirişdan himoyalangan raqamli qaydlar asosiy dalil hisoblanadi.
Özbekiston institutsional ekotizimi uçun tavsiyalar
Özbekiston Respublikasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş jarayonida inson huquqlarini kafolatlaş va davlat boşqaruvi samaradorligini ta’minlaş böyiça mustahkam qonunçilik poydevori yaratildi.
2026-yil 21-yanvarda qabul qilingan ÖRQ-1115-son Qonun bilan “Axborotlaştiriş töğrisida”gi Qonunga kiritilgan 71-modda öta muhim normani belgilab berdi. Insonning huquq va erkinliklariga daxldor bölgan yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qiliş çoğida faqat sun’iy intellekt tizimlari xulosalariga tayaniş qat’iyan taqiqlanadi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-iyuldagi PF-123-son Farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi davlat organlari va taşkilotlarida axborot texnologiyalari auditini ötkazuvçi vakolatli organ etib belgilandi hamda 2027-yildan boşlab sun’iy intellektdan foydalaniş samaradorligini baholaş auditi yölga qöyilişi közda tutildi.
Agentli tizimlarning paydo bölişi uşbu ikki normativ hujjat ijrosiga mutlaqo yangiça talablarni yuklaydi. ÖRQ-1115-son Qonunda körsatilgan taqiq faqat yakuniy qaror bosqiçida insonning rasmiy imzo qöyişi bilangina çeklanib qolmasligi kerak. Agar agent arizani mustaqil saralasa, ma’lumotlarni qisqartirsa va qaror loyihasini tayyorlab, xodimga faqat tasdiqlaş uçun uzatsa, yakuniy natija amalda agentning oraliq amallari bilan oldindan belgilab qöyilgan böladi. Binobarin, qonun osti hujjatlarida “insonning mazmunli iştiroki” tuşunçasi oraliq operatsiyalarni ham qamrab olişi lozim.
PF-123-son Farmon ijrosi doirasida Hisob palatasi 2027-yildan boşlab audit ötkaziş jarayonida taşkilotlar tomonidan agentlarni xarid qiliş bilan bir qatorda, ular faoliyatini çeklaş va nazorat qiliş uçun zarur infratuzilma yaratilganiga ham e’tibor qaratadi. Şu nuqtayi nazardan, davlat va korporativ boşqaruv amaliyoti uçun quyidagi törtta ustuvor çorani amalga oşiriş taklif etiladi:
1. Davlat organlarida sun’iy intellekt agentlarining markaziy reyestri va hisobini yuritiş. Har bir davlat taşkilotida işlatilayotgan barça agentlar unikal identifikator bilan röyxatga olinişi, ularning xizmat vazifasi, texnik ruxsatlari çegarasi, kiriş mumkin bölgan ma’lumotlar toifalari va ularga mas’ul bölgan aniq mansabdor şaxs lavozimi körsatilişi şart. Bu “soya agentlar” paydo bölişining oldini oladi.
2. Öçirib bölmaydigan harakatlar jurnali infratuzilmasini joriy etiş. Agent tomonidan bajarilgan har bir qidiruv, ma’lumot özgarişi, API sörovi va vosita çaqiruvi markazlaştirilgan, kriptografik himoyalangan va özgartirib bölmaydigan loglarda saqlanişi kerak. Hisob palatasi IT-auditorlari tizim tavsifiga emas, aynan mana şu harakat izlariga qarab tizim samaradorligi va xavfsizligini baholaydi.
3. Qaytarib bölmaydigan va yuridik oqibatli harakatlar uçun inson tasdiği (HITL) şlyuzlarini örnatiş. Fuqarolarning huquqlariga daxldor (ijtimoiy yordam belgilaş, litsenziya beriş, jarima qöllaş), moliyaviy mablağlarni ötkaziş yoki ma’lumotlar bazasini özgartiriş kabi barça amallar agent tomonidan faqat loyiha sifatida tayyorlanişi, ularning ijrosi esa vakolatli davlat xizmatçisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangandan söng amalga oşirilişi şart.
4. Davlat auditi standartlariga agentli tizimlarni baholaş metodologiyasini integratsiya qiliş. Hisob palatasi tomonidan 2027-yilgaça işlab çiqiladigan IT-audit standartlarida agentlarning resurs sarfi (ortiqça takroriy sikllar xarajati), xavfsiz rad etiş qobiliyati, ruxsatsiz urinişlar statistikasi va xodimlarning kasbiy malakasini yöqotmaslik çoralari alohida audit mezonlari sifatida aks ettirilişi lozim.
Vosita maqomini saqlaş va insoniy hisobdorlik ustuvorligi
Sun’iy intellekt agentlari zamonaviy taşkilotlar uçun ulkan imkoniyatlar eşigini oçmoqda. Ular uzoq vaqt talab qiladigan ma’lumotlarni tahlil qiliş, murakkab iş oqimlarini muvofiqlaştiriş va insonni bir xil takrorlanuvçi operatsiyalardan xalos etişda tengsiz samaradorlik körsatadi. Biroq ularni “raqamli xodim” deb ataş va ularga mustaqil qaror çiqariş erkinligini topşiriş taşkilot boşqaruvini yöqotişga olib keladi.
Agent heç qaçon xodim böla olmaydi, çunki u javobgarlik subyekti emas. U taşkilot nomidan gapiriş yoki mustaqil yuridik iroda bildiriş vakolatiga ega emas. Tizim qançalik avtonom harakatlanmasin, uning maqsadini belgilaş, harakat çegaralarini çiziş va yakuniy oqibat uçun javob beriş faqat va faqat inson zimmasida qoladi.
Taşkilotlarning vazifasi sun’iy intellektni boşqaruvdan uzoqlaştiriş, ammo uni qat’iy jilovlangan, audit qilinadigan va xavfsiz texnologik vosita sifatida töğri işlatişni örganişdir.
❝ Boşqaruv vosita içidagi neyrotarmoq parametrlariga emas, uning atrofidagi me’yoriy va muhandislik devorlariga tayanmoği lozim. ❞
Zafar MUHAMMADOV,
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği





















