Toşkent – mintaqaviy xavfsizlik böyiça hamkorlik markaziga aylanmoqda
MUTAXASSIS FIKRI

Amirullo Tuxliboyev
Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği
Bugun xavfsizlik tahdidlariga samarali qarşi turiş davlatlar örtasida tezkor axborot almaşinuvi, özaro işonç va muvofiqlaştirilgan harakatlarni talab etmoqda. Zero, terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik va axborot xavfsizligiga tahdidlar çegara tanlamaydi. Ular bir davlat hududi bilan çeklanib qolmay, butun mintaqa xavfsizligiga ta’sir körsatadi.
Şu nuqtai nazardan, 2026 yil 20 oktabrda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan «Şanxay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlarning xavfsizligiga tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça universal markaz töğrisidagi Bitimni ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonun muhim ahamiyatga ega. Eslatib ötamiz, mazkur Bitim 2025 yil 1 sentabrda Tyanszin şahrida bölib ötgan ŞHT sammiti doirasida imzolangan edi.
Bitimga köra, Toşkent şahrida ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi negizida Xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça universal markaz taşkil etiş nazarda tutilgan. Markaz tarkibiga Axborot xavfsizligi markazi hamda Bişkek şahrida joylaşadigan Transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş markazi ham kiradi. Bu xavfsizlik sohasidagi hamkorlik qamrovini sezilarli darajada kengaytiradi.
Universal markaz a’zo davlatlarning vakolatli organlari örtasida axborot almaşiş, tahdidlarni birgalikda tahlil qiliş, qöşma tadbirlar va amaliy maşğulotlar ötkaziş, şuningdek, mutaxassislar malakasini oşiriş böyiça hamkorlikni muvofiqlaştiradi. Natijada tahdidlarni öz vaqtida aniqlaş va ularga qarşi kelişilgan çoralar köriş imkoniyati ortadi.
Hayotimizning tobora köproq sohalari raqamlaşib borayotgan bir paytda axborot xavfsizligi böyiça hamkorlik alohida dolzarblik kasb etadi. Bu borada tajriba almaşiş va ilğor yondaşuvlarni amaliyotga joriy etiş davlat organlari va taşkilotlar axborot tizimlarining xavfsizligini mustahkamlaş, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga xizmat qiladi.
Universal markazning aynan Toşkentda joylaşişi Özbekiston uçun alohida ahamiyatga ega. Bu, birinçidan, mamlakatimizning xavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlikdagi iştirokini yanada faollaştiradi. Ikkinçidan, yurtimiz mutaxassislari uçun xorijlik hamkasblari bilan muntazam muloqot qiliş, ularning tajribasini örganiş va öz amaliy tajribasi bilan örtoqlaşiş borasida qöşimça imkoniyatlar yaratadi. Qolaversa, bu poytaxtimizning ŞHT doirasidagi xavfsizlik hamkorligining muhim maydoni sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.
Xulosa qilib aytganda, bunday hamkorlikning asosiy ahamiyati davlatlar örtasidagi işonçni mustahkamlaş, mintaqada tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş hamda odamlarning osoyişta hayotini asraş yölidagi sa’y-harakatlarni birlaştirişda namoyon böladi.
❝ Zotan, bugungi dunyoda xavfsizlik bölinmasdir – uni faqat birgalikda ta’minlaş mumkin. ❞
Amirullo Tuxliboyev,
Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği





















