Çiqindilarni boşqariş sohasida qonunçilik va parlament nazorati masalalari körib çiqildi
Çiqindilarni boşqariş sohasida qonunçilik va parlament nazorati masalalari körib çiqildi
26-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Kun tartibida «Radioaktiv çiqindilar töğrisida»gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqildi.
Qonun loyihasi radioaktiv çiqindilar bilan muomala qilişning huquqiy asoslarini takomillaştiriş, aholi salomatligi va atrof-muhit xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan. Unda çiqindilarni töplaş, qayta işlaş, taşiş, saqlaş va kömiş tartiblarini, şuningdek, davlat nazorati hamda radiatsiyaviy monitoring mexanizmlarini aniq belgilaş nazarda tutilgan.
Şuningdek, fuqarolar va jamoat taşkilotlarining radiatsiyaviy va ekologik holat haqida axborot oliş huquqini kafolatlaşga alohida e’tibor qaratilgan. Muhokama yakunida qonun loyihasi fraksiya tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Yiğilişda parlament nazorati doirasida çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş masalalari ham muhokama etildi.
Jumladan, Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi direktori Ş. Hasanovning tegişli parlament söroviga bergan javobi körib çiqildi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, 2019–2025-yillarda respublikada 54 ta qattiq maişiy çiqindi poligoni rekultivatsiya qilinib, 262,8 gektar yer maydoni tabiatga qaytarilgan. Şuningdek, çiqindilarni qayta işlaş va ulardan energiya oliş böyiça loyihalar amalga oşirilmoqda.
Fraksiya a’zolari çiqindilarni saralaş va qayta işlaş imkoniyatlarini kengaytiriş, ikkilamçi xomaşyodan samarali foydalaniş, şuningdek, aholiga körsatilayotgan sanitariya-tozalaş xizmatlari qamrovini oşiriş zarurligini ta’kidladilar.
Muhokama yakunlari böyiça parlament söroviga berilgan javob ma’qullandi.
Dmitriy RAXMANOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining
Sud-huquq sohasidagi tadqiqotlar bölimi boşliği






















