Yangi tahrirdagi qonunga ko‘ra sudlangan yoki alkogolizm kasalligiga chalingan shaxslarni ishga olish taqiqlanmoqda

Xitoyning “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni maktabgacha ta’lim sohasida ikki turdagi, ya’ni sudlangan va ichkilikbozlik tarixi bo‘lgan shaxslarga nisbatan taqiqlarni belgilaydi.
Xitoy huquq jamiyati rasmiysi va Heilongjiang universiteti prezidentining aytishicha, qonun maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari uchun qat’iy muvofiqlik mezonlari va javobgarlikni belgilab qo‘ygan.
Shuningdek, mazkur qonun jinsiy zo‘ravonlik, odam savdosi, giyohvand moddalarni istye’mol qilish yoki qimor o‘yinlari bilan bog‘liq sudlangan shaxslarni, shuningdek, bolalarning jismoniy yoki ruhiy salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kasbiy axloq qoidalarini jiddiy buzgan shaxslarni ishga olishni taqiqlaydi.
Bundan tashqari, qonun bolalarni jismoniy jazolash, kamsitish yoki boshqa zararli munosabatda bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlariga huquqiy javobgarlikni belgilaydi.
Qonunga ko‘ra, yosh bolalar uchun xavfsiz muhitni ta’minlash uchun taqiqlanishga loyiq shaxslar tarbiyachilik kasbidan umrbod chetlashtiriladi.






















