Litvada jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat sodir etganlar shaxslar reestri joriy etiladi

Parlament bolalarga nisbatan jinsiy huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar va sudlanganlarni nazorat qilish va oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi.
Qonunning maqsadi jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiluvchi nazorat va profilaktika choralarini kuchaytirishdan iborat. Unga ko‘ra, ikkita reestr:
• jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanganlar reestri;
• bolalarga nisbatan jinsiy huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanganlar reestri yaratiladi.
Reestrni yaratishdan maqsad — uni ommaga taqdim etish. Bunday jinoyatlar og‘ir hamda ular natijasida bolalar og‘ir jarohatlangan bo‘lsa, ushbu shaxslar to‘g‘risidagi 20 yil davomida saqlanadi.
Reestr ikkita alohida ma’umotlar bazasidan iborat bo‘ladi: foydalanilishi cheklangan ma’lumotlar bazasi va umumiy ma’lumotlar bazasi.
Reestrda quyidagi ma’lumotlar qayta ishlanadi: agar ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo’lsa, mahkumga nisbatan tayinlangan jazoni ijro etish va o‘tash joyi, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlar (tug‘ilgan joyi, F.I.SH.), hukm chiqarilgan sana va uning qonuniy kuchga kirgan sanasi, mahkumning fotosurati, shaxsning doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi.
Ushbu ma’lumotlar sud hukmi kuchga kirganidan keyin tegishli vaqt davomida ochiq bo‘ladi.





















