“Parlament tadqiqotlari axborotnomasi” ijtimoiy va huquqiy, ilmiy-amaliy jurnalining 2024-yil 3-soni uchun maqolalar qabuli boshlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti OAK Rayosatining 2023-yil 30-oktabrdagi qarori bilan dissertatsiya asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan “Parlament tadqiqotlari axborotnomasi - “Бюллетеньпарламентскихисследований - Bulletin of parliamentary research” ijtimoiy va huquqiy, ilmiy-amaliy jurnalining 2024-yil 3-soni uchun maqolalar qabul qilinmoqda.
Jurnalga taqdim etiladigan maqolalarga qoʻyiladigan talablar:
➡ maqolalar oʻzbek, rus yoki ingliz tilida elektron shaklda yuborilishi lozim;
➡ maqola yoʻnalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlarga asoslangan, savodli tahrir qilingan, amaliy taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi zarur;
➡ maqolalarda berilgan maʼlumotlar ilmiy jihatdan yangi va takrorlanmagan boʻlishi lozim, koʻchirmachilik (plagiat) aniqlangan holatda maqola qabul qilinmaydi;
➡ ilmiy maqola soha mutaxassisi tomonidan koʻrib chiqilgan boʻlishi va taqriz bilan birga topshirilishi lozim;
➡ maqolada muallif(lar)ning elektron pochta, telefon raqami, ORCID ID koʻrsatilishi kerak.
Taqdim etilgan maqolalar jurnal tahrir hayʼati va taqrizchilar tomonidan koʻrib chiqiladi hamda koʻrib chiqish natijalariga koʻra nashrga tavsiya etiladi.
Koʻrsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan, mavzusi va yoʻnalishlari mos kelmaydigan maqolalar tahrir hayʼati tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Ilmiy maqola matnini info@pri.oliymajlis.uz rasmiy elektron pochtasiga yuboriladi va +998 78 238-24-02 raqamiga xabar berish lozim.
Maqolalar 2024-yil 29-avgustdan 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Eslatma: tahririyatga kelib tushgan maqolalar soni joriy son uchun yetarli boʻlganda, maqola qabul qilish toʻxtatiladi.
Muallif maqolada keltirilgan dalil va maʼlumotlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.





















