“Parlament tadqiqotlari axborotnomasi” ilmiy jurnalining 2024-yil 1-soni uchun maqolalar qabuli e’lon qilinganini ma’lum qiladi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti OAK Rayosatining 2023-yil 30-oktyabrdagi qarori bilan dissertatsiya asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan “Parlament tadqiqotlari axborotnomasi - “Бюллетень парламентских исследований - Bulletin of parliamentary research” ilmiy jurnalining 2024-yil 1-soni uchun maqolalar qabuli e’lon qilinganini ma’lum qiladi!
Maqolalar joriy yilning 20-may sanasiga qadar qabul qilinadi. Maqolalarga qo‘yilgan talablar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Maqolalar info@pri.oliymajlis.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Telefon (78) 238-24-16























