Mustaqil izlanuvchilikka qabul boshlandi!

O‘zbekistоn Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2024-yil uchun “12.00.11 — Parlament huquqi” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul boshlangani haqida eʼlon qilаdi.
Talabgorlar Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi — https://daraja.ilmiy.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi va joriy yil 10-noyabriga qadar quyidagi hujjatlarni PDF shaklida yuborishi kerak:
Mustaqil izlanuvchilik (PhD):
• ariza;
• qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka — namuna 3.5 shakl boʻyicha oʻzbek yoki rus tilida);
• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
• taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha oliy taʼlim muassasasi bakalavr va magistratura diplomi nusxasi;
• nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
• ish joyidan tavsifnoma;
• pasport yoki ID-karta nusxasi;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa).
Mustaqil izlanuvchilik (DSc):
• ariza;
• qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka — namuna 3.5 shakl boʻyicha oʻzbek yoki rus tilida);
• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
• oliy yuridik maʼlumot, yuridik fan nomzodi yoxud yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lgani to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
• nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);
• ish joyidan tavsifnoma;
• pasport yoki ID-karta nusxasi;
• ilmiy yutuqlari mavjud bo‘lsa (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi).
Batafsil maʼlumot uchun (+998 78) 238-24-02 (2402), (+998 78) 238-24-16 (2416) telefon raqamlariga murojaat qiling.
Manzil: Toshkent shahar, Furqat koʻchasi, 171-uy, O‘zbekistоn Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2-binosi.
https://daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgach, talabgorlardan suhbatga qadar Institutga barcha zaruriy hujjatlarni (hujjatlar yig‘ma jildini) o‘rnatilgan tartibda taqdim etishlari so‘raladi.




















