Xalqaro konferensiya uçun ilmiy maqolalar va tezislar qabuli boşlandi

E’LON
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti hamda Germaniyaning Konrad Adenauer jamğarmasi Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan joriy yilning 3-dekabr kuni “Ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaşda parlament diplomatiyasi: xalqaro taşabbuslar va milliy mexanizmlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (onlayn va oflayn şakllarda) ötkazilişi rejalaştirilmoqda.
Konferensiya materiallarini töplam şaklida çop etiş nazarda tutilgan.
Xalqaro konferensiya töplamiga ilmiy maqola va tezislarni elektron şaklda, belgilangan talablarga muvofiq rasmiylaştirgan holda taqdim etişingiz mumkin.
Maqola va tezis matnlarini tayyorlaş böyiça talablar:
Anjumanning rasmiy tillari: özbek, rus va ingliz tillari.
- Maqola va tezislar 2026-yil 24-noyabrga qadar elektron şaklda qabul qilinadi.
- Matn Microsoft Word muharririda Times New Roman şriftida, 14 ölçamda, 1,0 intervalda terilişi, sahifaning yuqori va pastki qismlaridan 2 sm, öng tomonidan 1,5 sm, çap tomonidan esa 3 sm hoşiya qoldirilişi lozim.
- Sarlavhadan keyin muallif(lar)ning ismi, şarifi va familiyasi, ilmiy darajasi hamda iş joyi körsatiladi. Şundan söng bir interval taşlab, asosiy matn keltiriladi.
- Maqola va tezislar mazmuni anjuman mavzusiga mos bölişi, unda mavzuning dolzarbligi asoslanişi, tahlil va amaliy tavsiyalar bayon etilişi lozim. Matn hajmi A4 formatda 8 sahifadan oşmasligi kerak.
- Fayl muallifning familiyasi bilan nomlangan bölişi şart.
- Matndagi har qanday xato va kamçiliklar uçun mas’uliyat muallif zimmasida böladi.
Elektron manzil: journal@pri.oliymajlis.uz
Muallif bilan boğlaniş uçun telefon raqamini körsatiş maqsadga muvofiq.
Maqola va tezislar ilmiy saviyasi böyiça tanlab olinadi. Talablarga javob bermaydigan maqolalar töplamga kiritilmaydi.























