
E’LON
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti hamda Germaniyaning Konrad Adenauer jamğarmasi Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan joriy yilning 3-dekabr kuni “Ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaşda parlament diplomatiyasi: xalqaro taşabbuslar va milliy mexanizmlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (onlayn va oflayn şakllarda) ötkazilişi rejalaştirilmoqda.
Konferensiya materiallarini töplam şaklida çop etiş nazarda tutilgan.
Xalqaro konferensiya töplamiga ilmiy maqola va tezislarni elektron şaklda, belgilangan talablarga muvofiq rasmiylaştirgan holda taqdim etişingiz mumkin.
Anjumanning rasmiy tillari: özbek, rus va ingliz tillari.
Elektron manzil: journal@pri.oliymajlis.uz
Muallif bilan boğlaniş uçun telefon raqamini körsatiş maqsadga muvofiq.
Maqola va tezislar ilmiy saviyasi böyiça tanlab olinadi. Talablarga javob bermaydigan maqolalar töplamga kiritilmaydi.