Endi vazir va hokimlar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturini himoya qiladi

Prezidentimiz shu yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha muhim tashabbusni ilgari surdi. Ushbu tashabbusga ko‘ra, bundan buyon vazirlar va hokimlar lavozimga tayinlanishdan oldin korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq rejalarini parlament va mahalliy kengashlar oldida himoya qiladi.
Akrom Toshpo‘latov, Parlament tadqiqotlari instituti direktori, yuridik fanlar doktori





















