Yangi O‘zbekistonning o‘zgarayotgan demokratik qiyofasi

O‘zbekiston keyingi yillarda yangi rivojlanish bosqichiga tobora shiddat bilan qadam qo‘ymoqda. Mamlakatning demokratik qiyofasi o‘zgarmoqda. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy yangilanishlar yuz bermoqda.
Eng muhimi, ushbu islohotlar zamiriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri” va “inson – jamiyat – davlat” kabi tamoyillar real hayotimizga chuqur kirib boryapti. Mamlakatimizda qaysi soha yoki tarmoqda bo‘lmasin, amalga oshirilayotgan islohotlarning tagzamirida inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish maqsadi turganiga barchamiz guvoh bo‘lyapmiz.
Valisher Davlyatov, Parlament tadqiqotlari instituti direktori o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori




















