Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosarlari saylandi

Siyosiy partiyalar vakillari kengashi qarorini Siyosiy partiyalar vakillari kengashi raisi Aktam Xaitov oʻqib eshittirdi.
Unga koʻra, OʻzLiDePdan saylangan deputat Mavluda Xoʻjayeva Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari etib koʻrsatildi va ovoz berish yoʻli orqali saylandi.
Shundan soʻng, OʻzLiDePdan saylangan deputat Rahimjon Hakimov Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari etib koʻrsatildi va ovoz berish yoʻli orqali saylandi.






















