Kanadada terapevt va psixoterapevtlar faoliyatiga nisbatan federal soliqlar bekor qilinishi mumkin
Kanada parlamenti quyi palatasining Byudjet masalalari bo‘yicha qo‘mitasida konservatorlar tomonidan tashabbus qilingan ruhiy salomatlik xizmatlariga soliqlarni bekor qilish xususidagi qonun loyihasi muhokama etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Kanadada maslahatchi terapevtlar va psixoterapevtlar o‘zlarining ishi uchun soliq to‘lashlari kerak bo‘lgan yagona tartibga solinadigan ruhiy salomatlik bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchilardir.
Statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 15 yoshdan oshgan kanadaliklarning deyarli 4/1 ruhiy salomatlik uchun xizmatlarga ehtiyojlari borligini bildiradi. Psixoterapevt yoki ruhiy salomatlik bo‘yicha maslahatchining xizmatlari kanadaliklar va ularning oilalari salomatligi uchun hamshira yoki oilaviy shifokorning xizmatlari kabi muhim hisoblanadi va mazkur loyiha hukumat tomonidan ularga yuklangan moliyaviy yukning bir qismini yengillashtirish maqsadida ushbu xizmatlarga federal soliqni bekor qiladi.





















