Fransiyada saylangan mahalliy mansabdor shaxslar va merlarning xavfsizligini mustahkamlash va himoya qilish masalasi muhokama etilmoqda

Parlament quyi palatasining Sud-huquq qo‘mitasi joriy yil 31-yanvar kuni senatorlar tomonidan tashabbus qilingan “Saylangan mahalliy mansabdor shaxslarning xavfsizligini mustahkamlash va merlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshladi.
Loyiha tashabbuskorlari ta’kidlashicha saylangan mansabdor shaxslarga hujumlar soni 2022 va 2023-yillar oralig‘ida 15% ga, 2021 va 2022-yillar oralig‘ida esa 30%ga oshgan.
Senat tomonidan 2023-yil 10-oktyabrda qabul qilingan loyiha matniga asosan, qonun saylangan mahalliy mandat egalariga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan sanksiyalarni kuchaytiradi.
Xususan, saylangan mahalliy mansabdor shaxslarga nisbatan zo‘ravonlik hukumat amaldorlariga nisbatan zo‘ravonlikka tenglashtiradi va sobiq mahalliy saylangan amaldorlarga qaratilgan harakatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.





















