“Parlament tadqiqotlari axborotnomasi” ijtimoiy va huquqiy, ilmiy-amaliy jurnalining maxsus soni uchun maqolalar qabuli boshlandi

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Parlament tadqiqotlari axborotnomasi – Бюллетень парламентских исследований- Bulletin of parliamentary research” ijtimoiy va huquqiy, ilmiy-amaliy jurnalining maxsus soni nashr qilinadi. Shu munosabat bilan jurnalning maxsus soniga maqolalar qabul qilinmoqda.
Jurnalga quyidagi shifrdagi maqolalar qabul qilinadi:
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy taʼlimotlar tarixi.
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Maʼmuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
12.00.10 - Xalqaro huquq.
12.00.11 - Parlament huquqi.
22.00.00 - Sotsiologiya fanlari.
23.00.00 - Siyosiy fanlar.
Jurnalga taqdim etiladigan maqolalarga qoʻyiladigan talablar:
➡ maqolalar oʻzbek, rus yoki ingliz tilida elektron shaklda yuborilishi lozim;
➡ maqola yoʻnalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlarga asoslangan, savodli tahrir qilingan, amaliy taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi zarur;
➡ maqolalarda berilgan maʼlumotlar ilmiy jihatdan yangi va takrorlanmagan boʻlishi lozim, koʻchirmachilik (plagiat) aniqlangan holatda maqola qabul qilinmaydi;
➡ ilmiy maqola soha mutaxassisi tomonidan koʻrib chiqilgan boʻlishi va taqriz bilan birga topshirilishi lozim;
➡ maqolada muallif(lar)ning elektron pochta, telefon raqami, ORCID ID koʻrsatilishi kerak.
Taqdim etilgan maqolalar jurnal tahrir hayʼati va taqrizchilar tomonidan koʻrib chiqiladi hamda koʻrib chiqish natijalariga koʻra nashrga tavsiya etiladi.
Koʻrsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan, mavzusi va yoʻnalishlari mos kelmaydigan maqolalar tahrir hayʼati tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Ilmiy maqola matnini journal@pri.oliymajlis.uz rasmiy elektron pochtasiga yuboriladi va +998 78 238-24-02 raqamiga xabar berish lozim.
Maqolalar 2024-yil 5-noyabrdan 25-noyabrga qadar qabul qilinadi.
Eslatma: tahririyatga kelib tushgan maqolalar soni joriy son uchun yetarli boʻlganda, maqola qabul qilish toʻxtatiladi.
Muallif maqolada keltirilgan dalil va maʼlumotlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Maqolaga qo'yilgan talablar 182.23 KbYuklab olingan: 49 marta Yuklab olish Onlayn koʻrish



















