Ilmiy tadqiqotlar qonunçilikni takomillaştirişga xizmat qiladi

INSTITUT YANGILIKLARI
Parlament tadqiqotlari institutida ilmiy tadqiqotlar natijalarini qonun ijodkorligi jarayoniga tatbiq etiş, mustaqil izlanuvçilar va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qonunçilikni takomillaştirişga qaratilgan takliflarni örganişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, yoşlar tomonidan internet tarmoğidan foydalanib sodir etilayotgan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasini aniqlaş va foş etiş mexanizmlarini takomillaştirişga doir ilmiy takliflar ham qonunçilikni rivojlantiriş nuqtai nazaridan örganilmoqda. Dilşod Fayzullayevning yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlayotgan dissertatsiyasi doirasida “Narkotiklar töğrisida”gi Qonun loyihasi işlab çiqilgan.
Loyihada narkotiklar, psixotrop va yangi psixofaol moddalar, kuçli ta’sir qiluvçi moddalar hamda prekursorlar muomalasini tartibga solişning huquqiy asoslarini takomillaştiriş, narkojinoyatlarga qarşi kuraşuvçi davlat organlarining vazifa va vakolatlarini aniq belgilaş, internet tarmoği orqali sodir etiladigan huquqbuzarliklarni aniqlaş, profilaktika çoralari va xalqaro hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirişga oid normalar nazarda tutilgan.
Qonunçilikni takomillaştirişga qaratilgan yana bir taklif Toşkent davlat yuridik universiteti tayanç doktoranti Mavluda Jörayeva tomonidan ilgari surilgan. Uning “Advokat tomonidan yuridik yordam körsatişning taşkiliy-huquqiy masalalari” mavzusidagi dissertatsiyasi doirasida “Davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş töğrisida”gi Qonunga qöşimça va özgartirişlar kiritiş taklif etilgan.
Takliflar, avvalo, kam ta’minlangan fuqarolarning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiliş jarayonida davlat hisobidan malakali yuridik yordam oliş imkoniyatini kengaytirişga qaratilgan. Xususan, ularning davlat hisobidan yuridik yordam oliş huquqiga ega bölgan şaxslar toifasiga kiritilişi, Konstitutsiyaviy sud orqali advokat jalb etişning aniq protsessual tartibini belgilaş hamda bu jarayonda vakolatli davlat organlari va Advokatlar palatasi örtasidagi hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlaş nazarda tutilgan. Uşbu takliflarni işlab çiqişda AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy tajribasi ham örganilgan.
Şuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil izlanuvçisi Şarafatdin Şamşetovning “Raqamlaştiriş şaroitida fuqarolik huquqi tizimida mikrokreditlaş mexanizmlarini takomillaştiriş” mavzusidagi yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi doirasida işlab çiqilgan ilmiy takliflar qonunçilikni takomillaştirişda amaliy ahamiyat kasb etgan.
Xususan, mazkur tadqiqot natijalaridan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştirişga qaratilgan 2025-yil 17-apreldagi ÖRQ–1058-son Qonun hamda kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantiriş tizimini takomillaştirişga oid 2025-yil 22-apreldagi ÖRQ–1060-son Qonunni işlab çiqiş jarayonida foydalanilgan.
Mazkur takliflar mikromoliya taşkilotlarining moliyaviy xizmatlar körsatiş imkoniyatlarini kengaytiriş, qonunçilikdagi atamalarni birxillaştiriş, şuningdek, kredit munosabatlarida qarz oluvçilar va kreditorlar huquqlari örtasidagi muvozanatni ta’minlaşga qaratilgan. Jumladan, Fuqarolik kodeksi yangi 746¹-modda bilan töldirilib, kreditni muddatidan oldin qaytarişni talab qiliş şartlari aniqlaştirilgan.
💬 Qayd etilgan ilmiy işlanmalar Institut faoliyatida nazariy tadqiqotlar natijalarini amaliyot bilan boğlaş, qonunçilikdagi dolzarb masalalarga ilmiy asoslangan yeçimlar işlab çiqiş hamda qonun ijodkorligi jarayonining tahliliy ta’minotini kuçaytiriş muhim ahamiyat kasb etişini körsatadi.
📸 FOTOLAVHA

























