Institut xodimining tahliliy maqolasi Qozog‘istonning «Вестник парламентаризма» jurnalida chop etildi
Qozog‘iston Respublikasi Parlamentarizm instituti tomonidan nashr etiladigan “Vestnik parlamentarizma” jurnalining joriy yil 3-sonida Parlament tadqiqotlari instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dmitriy Raxmanovning “Konstitutsionnaya reforma kak impuls transformatsii parlamentarizma v Respublike Uzbekistan” nomli tahliliy maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada 2023-yilda o‘tkazilgan konstitutsiyaviy islohotlarning Yangi O‘zbekiston parlamentarizm falsafasi rivojiga ta’siri tahlil qilingan. Xususan, Oliy Majlis palatalari vakolatlarining kengayganligi, parlament nazorati ta’sirchanligi oshganligi ko‘rib chiqilgan.
Qonun ijodkorligida yangi institut – qonunchilik taklifi institutining mohiyati va tabiati, aralash saylov tizimining joriy etilishi ochib berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘istonda parlamentarizmni rivojlantirishning institutsional yondashuvlari qiyosiy tadqiq etilgan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Qozog‘istonning parlament tadqiqotlari institutlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi amal qilmoqda.
Mazkur maqolaning nashr etilishi o‘zaro ilmiy aloqalarning amaliy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, parlamentarizm va qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashishga xizmat qiladi.
https://vestnik-parlamentarizma.kz/article/1bac6f41-3f9b-4346-8719-093f8f1fffa4
https://vestnik-parlamentarizma.kz/?lang=ru
statya-raxmanov-d_k_pdf.pdf
389.66 KbYuklab olingan: 27 marta
Yuklab olish
Onlayn koʻrish






















