Femitsid uchun jinoiy javobgarlik: qiyosiy-huquqiy tadqiqot
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining Sud-huquq sohasida tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dmitriy Raxmanov hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Jasmina Samatova tomonidan tayyorlangan «Фемицид как социально-правовая проблема: вопросы совершенствования законодательства Республики Узбекистан» nomli ilmiy maqola O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining «Kriminologik faoliyat» ilmiy-amaliy jurnalida chop etildi.
Maqolada femitsidning ijtimoiy-huquqiy mohiyati, uni boshqa qasddan odam o‘ldirish holatlaridan farqlash mezonlari hamda xorijiy davlatlarda ushbu qilmish uchun jinoiy javobgarlikni belgilashning huquqiy xususiyatlari o‘rganilgan. Xorijiy tajriba va milliy qonunchilik xususiyatlaridan kelib chiqib, femitsid uchun jinoiy javobgarlikni belgilashning muqobil modellari qiyosiy tahlil qilingan hamda O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Mazkur tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmonida belgilangan vazifalar bilan hamohangdir. Xususan, Farmonning 19-bandi «a» kichik bandida xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda femitsid uchun qonunchilikda javobgarlik belgilash yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritish nazarda tutilgan.
Ushbu maqola Parlament tadqiqotlari instituti ilmiy xodimlari va amaliyotchi talabalarning hamkorlikdagi ilmiy faoliyati natijalaridan biridir. Institutni amaliyot o‘tash bazasi sifatida tanlagan yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalarini ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash, tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Maqolani yuklab olish:
tolko-statya.pdf
3.54 MbYuklab olingan: 40 marta
Yuklab olish
Onlayn koʻrish
kf-3_2026-8-maket-2_compressed_compressed_compressed_compressed.pdf
3.95 MbYuklab olingan: 50 marta
Yuklab olish
Onlayn koʻrish























