Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida yana bir tadbir bo‘lib o‘tdi



Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti hamda Germaniyaning Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida xalqaro amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyalari a’zolari, Parlament tadqiqotlari instituti xodimlari, Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakiliishtirok etdi.
Tashkil etilgan uchrashuv hamkorlikda o‘tkazilib borilayotgan turkum tadbirlardan biri hisoblanib, Germaniya Bundestagining XDI/XSI fraksiyasi tashqi siyosat va xavfsizlik masalalar bo‘yicha maslahatchisi, doktorKristian Fornektomonidan“Germaniya Bundestagida fraksiya ishini tashkil etish va qonun ijodkorligi jarayoni” mavzusiga (onlayn) bag‘ishlandi.
Bugungi kunda parlamentimiz hayotida qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida yangilanishlar yuz bermoqda. Ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish, ular asosida takliflar ishlab chiqishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Bu borada xalqaro hamkorlik, o‘zaro tajriba almashish, xorijiy mamlakatlar, xususan, Germaniya qonunchiligi, parlamentarizm tajribasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqsadda tashkil etilgan tadbir siyosiy partiyalar fraksiyalari ishini samarali tashkil etish hamda qonun ijodkorligi sifatini oshirish kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlandi.
Qiziqarli va konstruktiv ruhda o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Do‘stona muloqot davomida kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va xorijiy amaliyot yutuqlarni o‘rganishda tomonlar uchun qiziqarli va samarali bo‘lgan mavzularda doimiy asosda tadbirlar o‘tkazishga, uchrashuvlarni tashkil etishni davom ettirishga kelishib olindi.





















