Litva parlamenti Spikeri jurnalistlar himoyasini qonun bilan kuchaytirishni taklif qilmoqda

Seym spikeri Litva Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha kiritish, xususan, jurnalist sha’ni va qadr-qimmatini yozma ravishda kamsitganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi taklifni ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Unda jurnalistga nisbatan og‘zaki, imo-ishoralar, haqoratli, beadab, provokasion yoki boshqa xatti-harakatlar uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan. Jurnalist etikasi inspektori bunday ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlaydi va ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan bayonnomalar tuzadi.
Spikerning ta’kidlashicha, jurnalistlar jamoatchilikni xabardor qilish burchini ado etib, eng muhim voqealar haqida xabar berishga intilib, ko‘pincha tajovuzlarga duch kelishadi. Litva jurnalistlarini birlashtirgan professional tashkilotlar vakillari qonuniy ravishda ma’lumot to‘plashda haqorat va kamsitishlarga duchor bo‘lishlarini bir necha bor ta’kidlashgan.
Amaldagi qonun normalari davlat siyosatchilari, amaldorlar, davlat xizmatchilari va boshqalardan farqli o‘laroq, jurnalistlarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilmaydi.
Bugungi kunda jurnalist sha’ni va qadr-qimmati kamsitiladigan bunday harakatlar odatda jamoat tartibini mayda buzish sifatida baholanmoqda.





















