Qirg‘izistonda bosh shifokorlarga xususiy klinikalarda ishlashni taqiqlashmoqchi

Qirg‘iziston parlamentining saytida "Qirg‘iz Respublikasida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartirish kiritish haqida"gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan davlat va munitsipal tibbiyot muassasalari rahbarlariga o‘rindoshlik asosida xususiy tibbiyot muassasalarida ishlash taqiqlanmoqda.
Loyiha tashabbuskorlarining fikricha, davlat shifoxonalarining bosh shifokorlari bir vaqtning o‘zida xususiy klinikalarda ishlab kelayotganligi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelib, jamiyat va bemorlarni manfaatlariga zid bo‘lishi mumkin.
Bunday chora sohadagi korrupsion omillarni bartaraf etishga hamda aholini sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirishga hizmat qilishi bayon etilmoqda.
Ma"lumot uchun:"Qirg‘iz Respublikasida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun 12.01.2024-yilda imzolangan. Unga ko‘ra, davlat va munitsipal tibbiyot muassasasi rahbari 5 yil muddatga tayinlanadi va muayyan tibbiyot muassasasida ushbu lavozimni surunkasiga ikki muddatdan ortiq egallashi mumkin emas.





















