Xalqaro aloqalar yanada faollashmoqda





Joriy yilning 4-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Devonining Parlamentarizm instituti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa sohalarda keng hamkorlik aloqalarini mustahkamlanib bormoqda.
Tadbir avvalida, Parlament tadqiqotlari instituti direktori A.Toshpulatov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, milliy parlamentarizmni rivojlantirish, uning ilmiy asoslarini takomillashtirishda o‘xshash tadqiqot tuzilmalari bilan qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etishini bildirdi.
O‘z navbatida, Parlamentarizm institutidirektorio‘rinbosari Suleymen Lyazzat Zhanylyskyzy O‘zbekistondaamalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlarni yuqori baholadi, shuningdek Parlamentarizm instituti faoliyati yuzasidan qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikrlar almashildi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.





















