O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilk marotaba Senatda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha nutq so‘zladi

Prezidentimiz shu yilning boshida (14-fevral) yoshlar bilan yil uchrashuv o‘tkazdi, xususan yoshlar loyihalariga 400 mln dollar ajratdi, xalqaro olimpiada g‘oliblari 70 ming dollar oladigan bo‘ldi, iqtidorli, lekin mablag‘i yo‘q yoshlarni chet elda o‘qitish uchun “Yorqin iste’dod” fondi tashkil etilgan edi” yanvar oyidan ko‘plab kreditlar, ayniqsa past foizda berilishi boshlandi, xorijiy investorlarning ham yangi to‘lqini kirib kelmoqda; Prezident organ xodimlarini ham tinch qo‘ygani yo‘q, fevral oyida ularni, ayniqsa sudlarni o‘z faoliyatini zamonaviylashtirish va raqamlashtirishga majbur qilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash ma’ruzada 55 ta yangi takliflarni eshitib, ochig‘i qoyil qoldim.
Davlatimiz rahbari hozirda qonunchilikda korrupsiyaviy jinoyatlarning aniq ro‘yxati yo‘qligi, jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni xalqaro standartlarga moslashtirish lozimligini qayd etdi. “Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalash”ga oid qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, birinchi aprelgacha qabul qilish uchun kiritilishi ham belgilandi.
Sudyalar va advokatlar faoliyatiga aralashuv uchun javobgarlik haqida ogohlantirildi, sudlar faoliyatiga har qanday aralashish odil sudlovga soya solish, deb baholanishi va bu bo‘yicha so‘rov ham, javobgarlik ham qattiq bo‘lishi haqida Prezidentimiz barcha rahbarlarni ogohlantirdi.
Shuningdek, odil sudlovni ta’minlashda advokatlarga ishlashda to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish maqsadida, advokatlarning rolini kuchaytiradigan qonun loyihasi ishlab chiqilishi ta’kidlandi.
Yana bir masala, Korrupsiya agentligi vazir, hokimlarbilan birgalikda har chorakda korrupsiya yuqori bo‘lgan kamida 3 ta sohada tumangacha tushib, maishiy va tizimli korrupsiya omillarini chuqur o‘rganish topshiriqlari berildi.
Eng muhim yangiliklardan biri – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati yangi uslubga o‘tkazilishi belgilandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari tarkibini to‘liq yangilanishi, ularga rais etib viloyat xalq deputatlari kengashi raislari tayinlanishi aytib o‘tildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Virtual akademiyada halollik, qonunga itoatkorlik munosabatini shakllantirish dasturi doirasida kamida ikki million yoshlarga bepul o‘qish imtiyozlari yaratilishi aytildi.
Umuman olganda, kengaytirilgan yig‘ilishda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan asosiy strategik topshiriqlar berildi va aniq rejalar belgilandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti Sud-huquq sohasida tadqiqotlar bo‘limi bosh ilmiy xodimi
Nuriddin Sotivoldiyev






















