Muhim infratuzilma ob’yektlarining kiberxavfsizligi kuçaytiriladi

Joriy yilning 17-noyabr kuni Fransiya Milliy majlisi muhim infratuzilmalar barqarorligi va kiberxavfsizligini kuçaytiriş töğrisidagi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Loyihani 464 nafar deputat qöllab-quvvatladi.
Qonun loyihasi Yevropa Ittifoqining uçta direktivasini milliy qonunçilikka implementatsiya qilişni nazarda tutadi. Ular muhim infratuzilmalar barqarorligi, kiberxavfsizlikka oid NIS 2 direktivasi hamda moliya sektori faoliyatiga taalluqli direktivalardir.
Yangi talablar energetika, soğliqni saqlaş va transport kabi 18 ta muhim sohada faoliyat yurituvçi 18 mingdan ortiq taşkilotga tatbiq etiladi. Mazkur taşkilotlar uçun xatarlarni boşqariş, pudratçilarning kiberxavfsizligini ta’minlaş hamda kiberinsidentlar töğrisida xabar beriş majburiyatlari belgilanadi.
Nazorat vakolati Axborot tizimlari xavfsizligi milliy agentligi (ANSSI) zimmasiga yuklanadi. Şuningdek, agentlikning nazorat vakolatlari kengaytiriladi.
Bundan taşqari, Boş vazir tomonidan har uç yilda yangilanadigan kiberxavfsizlik milliy strategiyasini işlab çiqiş nazarda tutilgan.
Özbekiston uçun dolzarbligi
Mamlakatimizda 2022-yil 15-apreldagi ÖRQ–764-son “Kiberxavfsizlik töğrisida”gi Qonun amal qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarining yagona reyestrini şakllantiradi.
Qonunga muvofiq, davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari, şuningdek, muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan ötkaziladi.
Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 22-sentabrda 3458-son bilan röyxatga olingan Davlat xavfsizlik xizmati raisining buyruği bilan muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarining kiberxavfsizligini ta’minlaş darajasini baholaş tartibi tasdiqlangan.
Şu bilan birga, kiberxavfsizlik böyiça majburiy talablarni faoliyat sohasi va hajmiga qarab boşqa xöjalik yurituvçi sub’yektlarga ham tabaqalaştirilgan holda tatbiq etiş masalasi dolzarb hisoblanadi.
Umumiy yönaliş sifatida faoliyat sohasi va hajmi mezonlari asosida xususiy sektordagi muhim sub’yektlarni aniqlaş hamda ular uçun tabaqalaştirilgan kiberxavfsizlik talablarini joriy etiş maqsadga muvofiq.
Muqobil yönaliş sifatida kiberxavfsizlik sohasidagi milliy strategiyani muayyan davriylikda yangilab boriş tartibini qonun darajasida mustahkamlaş mumkin.




















