Fuqaro mudofaasini kadrlar bilan ta’minlaşga oid özgartirişlar qabul qilindi

Joriy yilning 18-noyabr kuni Şvetsiya Riksdagi hukumatning “Fuqaro mudofaasini kadrlar bilan zamonaviy ta’minlaş töğrisida”gi taklifini ma’qulladi. Riksdag Mudofaa qömitasi tavsiyasiga muvofiq 7 ta qonunga, jumladan mudofaa majburiyati, xavfsizlikni muhofaza qiliş va Şvetsiya Markaziy banki töğrisidagi qonunlarga özgartirişlar kiritdi. Taklif yuzasidan deputatlar tomonidan muqobil takliflar kiritilmagan.
Özgartirişlarga köra, davlat organlari, munitsipalitetlar, mintaqalar va ayrim xususiy taşkilotlar harbiy vaqtdagi tuzilmasiga biriktirilgan majburiyat egalari haqidagi ma’lumotlarni Mudofaa xizmatiga çaqiriş va baholaş agentligida röyxatdan ötkazişi şart böladi. Bu tinçlik davrida manfaatlar töqnaşuvini aniqlaş va yuqori şay holatda har bir xodimning tegişli joyda bölişini ta’minlaşga qaratilgan.
Şvetsiya Markaziy banki hamda tölovlarni amalga oşirişda alohida ahamiyatga ega bölgan kompaniyalar kabi ayrim sub’yektlar uçun harbiy vaqtga möljallangan, oldindan rejalaştirilgan va xodimlar bilan töldirilgan tuzilmaga ega böliş talablari kuçaytiriladi.
Majburiyat egalarining ma’lumoti va malakasi haqida davlat organlari, munitsipalitetlar, mintaqalar va tadbirkorlardan axborot söraş böyiça agentlik huquqlari kengaytiriladi. Bu fuqarolik va harbiy xizmat majburiyatini bajarişga mos şaxslarni aniqlaşni osonlaştiradi. Şuningdek, fuqarolik xizmatiga jalb etilganlarni xavfsizlik tekşiruvidan ötkaziş qoidalari özgartiriladi.
Özgartirişlar 2027-yil 1-yanvardan kuçga kiradi. Qömita hisobotiga Sotsial-demokratlar va Çap partiya vakillari alohida fikr bildirgan. Sotsial-demokratlar munitsipalitet va mintaqalarga davlat talablari bilan boğliq xarajatlar töliq qoplanişi lozimligini ta’kidlagan.
Özbekiston uçun dolzarbligi
Mamlakatimizda 2000-yil 26-maydagi 80-II-sonli “Fuqaro muhofazasi töğrisida”gi Qonunga köra, potensial xavfli ob’yektlarga ega bölgan yoki mudofaa va iqtisodiyot uçun muhim ahamiyatga ega taşkilotlar fuqaro muhofazasi tuzilmalarini taşkil etadi. Bu tuzilmalarga ayrim istisnolarni hisobga olgan holda 18 yoşdan 60 yoşgaça bölgan erkaklar hamda 18 yoşdan 55 yoşgaça bölgan ayollar jalb etiladi.
Qonunda taşkilotlar fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalaştirişi va amalga oşirişi, fuqarolar esa bu tadbirlarda iştirok etişi va tegişli tayyorgarlikdan ötişi şartligi belgilangan.
Demak, fuqaro muhofazasi tuzilmalariga biriktirilgan şaxslarni yagona tizimda hisobga oliş va ularning bir vaqtning özida bir neça vazifaga jalb etilişiga yöl qöymaslik masalasi Özbekiston uçun dolzarb hisoblanadi.
Umumiy yönaliş sifatida, fuqaro muhofazasi tuzilmalariga biriktirilgan şaxslar haqidagi ma’lumotlarni mudofaa işlari böyiça organlar ma’lumotlari bilan uyğunlaştiruvçi yagona elektron hisob tizimini joriy etiş maqsadga muvofiq.
Muqobil yönaliş sifatida, Markaziy bank, tölov tizimlari operatorlari va hayotiy muhim xizmatlar körsatuvçi boşqa taşkilotlar uçun favqulodda vaziyatlarda faoliyatni uzluksiz davom ettiriş rejalari va xodimlar zaxirasiga ega böliş talabini belgilaş mumkin.



















