Boku forumi: parlamentlararo hamkorlik kelişuvlar ijrosi va nazorati bosqiçiga ötmoqda
MUNOSABAT

Gulbahor SAIDOVA
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi
2026 yil 25 va 26 noyabr kunlari Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston parlament delegatsiyasi Ozarbayjonda böldi. Taşrif doirasida Boku şahrida “Ozarbayjon-Özbekiston abadiy döstlik va ittifoqçilik munosabatlarining parlament ölçovi: hamkorlik yönalişlari va kelajak istiqbollari” mavzusida Ikkinçi Ozarbayjon-Özbekiston parlamentlararo forumi ötkazildi. Forumda 2027-2028 yillarga möljallangan “Yöl xaritasi” imzolandi, Boku deklaratsiyasi qabul qilindi, ikki mamlakat parlamentlari örtasidagi hamkorlik böyiça Parlamentlararo komissiyaning birinçi yiğilişi bölib ötdi.
Forum davlatlarimiz rahbarlari darajasidagi muhim kelişuvlardan keyin ötkazilgani bilan e’tiborli. Şu yil avgustda Toşkentda Oliy davlatlararo kengaşning uçinçi yiğilişida Abadiy döstlik töğrisidagi şartnoma imzolangan edi. Milli Majlis Raisi Sohiba Ğafarova forumda bu hujjat ittifoqçilik munosabatlari rivojida yangi bosqiçni boşlab berganini, Milli Majlis uni 3 noyabrda ma’qullaganini va Prezident Ilhom Aliyev 17 noyabrda tegişli qonunni imzolaganini qayd etdi. T.Norboyeva esa Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomada parlament diplomatiyasiga alohida modda bağişlanganiga e’tibor qaratdi. Bu parlamentlararo hamkorlik şartnomaviy asosga ega ekanini körsatadi.
Mening nazarimda, forumning asosiy natijasi parlamentlararo muloqotning doimiy mexanizmlarga ega bölganidir. T.Norboyeva ta’kidlaganidek, “Xivada biz uşbu muloqot maydonini boşlab bergan edik. Bokuda esa yaqin ikki yilga möljallangan iş yönalişlarini belgilab oldik”. Forumda 2025-2026 yillarga möljallangan avvalgi “Yöl xaritasi” muvaffaqiyatli bajarilgani qayd etildi. Yangi hujjat qonun ijodkorligi, parlament diplomatiyasi va boşqa ustuvor yönalişlarda tajriba almaşişni közda tutadi. Parlamentlararo komissiyaning iş boşlagani esa hamkorlikni yilda bir marta ötadigan tadbirlar bilan çeklanib qolmaslikka xizmat qiladi.
Forumda asosiy e’tibor kelişuvlar ijrosiga qaratildi. T.Norboyeva keyingi ikki yilda qöşma işni tört yönalişga qaratişni taklif qildi Ular, ikki tomonlama kelişuvlar ijrosi ustidan ta’sirçan parlament nazoratini örnatiş, parlamentlararo muloqotda ikki mamlakat hududlari iştirokini faollaştiriş, xalqaro parlament maydonlarida özaro faoliyatni muvofiqlaştiriş, universitetlar, ilmiy-tadqiqot va madaniy muassasalar örtasida töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyişdan iborat. Birinçi panel sessiyasida ham bitimlarni birgalikda baholaş, ularning natijalarini tahlil qilib, kamçiliklarni aniqlaş muhimligi ta’kidlandi. Senat Raisi aytganidek, Prezidentlarimiz tomonidan poydevori qöyilgan ittifoqçilik munosabatlari odamlar uning amaliy natijalarini öz hayotlarida his qilganlarida yanada mustahkamlanadi. Parlament nazorati aynan şu natijalarni baholaş vositasidir.
Iqtisodiy hamkorlikdagi raqamlar ham parlamentlar e’tiborini talab qiladi. Forumda keltirilgan ma’lumotlarga köra, Özbekistonda Ozarbayjon kapitali iştirokidagi 470 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, Ozarbayjonda esa Özbekiston investitsiyalari iştirokidagi 130 dan ziyod kompaniya röyxatga olingan. Tomonlarning maqsadi 2030 yilga borib özaro tovar ayirboşlaş hajmini 1 milliard dollarga yetkazişdir. Ikkinçi panel sessiyasida tadbirkorlar bilan har olti oyda uçraşib, mahsulot yetkazişdagi tösiqlarni muhokama qiliş, işni veterinariya va fitosanitariya talablarini uyğunlaştirişdan boşlaş taklif etildi. Bu taklif tarmoq qömitalari faoliyatiga aniq yönaliş beradi.
Gumanitar sohada ham amaliy qadamlar belgilandi. 29 noyabrda Özbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari ötkaziladi. Bokuda “Özbekiston” boği qurilişiga tamal toşi qöyildi. Uçinçi panel sessiyasida hududlarda madaniyat kunlarini ötkaziş va Buyuk Ipak yöli böylab umumiy sayyohlik yönalişlarini rivojlantiriş taklif qilindi. 26 noyabr kuni delegatsiya Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasida böldi. Akademiya prezidenti Iso Habibbeyli ikki mamlakat fanlar akademiyalari örtasidagi hamkorlik yangilanayotganini ma’lum qildi. Mehmonlarga akademiya naşr etgan uç jildlik “Devonu luğotit turk” kitobi ham körsatildi.
❝ Boku forumidan keyingi asosiy vazifa “Yöl xaritasi” va Boku deklaratsiyasida belgilangan işlarni Parlamentlararo komissiya va tarmoq qömitalari orqali izçil amalga oşirişdan iborat. ❞
Gulbahor SAIDOVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi



















