Parlament tadqiqotlari instituti va qömita hamkorligining ustuvor yönalişlari belgilandi

INSTITUT YANGILIKLARI
Parlament tadqiqotlari instituti xodimlari uçun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qömitalari va Devoni tomonidan 2026 yilning IV çoragida sohaviy öquv seminarlarini taşkil etiş rejasi doirasida Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiriş va sanoat masalalari qömitasi faoliyatiga bağişlangan öquv seminari ötkazildi.
Seminarda iştirokçilar qömitaning asosiy vazifalari, qonun ijodkorligi va parlament nazorati yönalişlaridagi faoliyati bilan yaqindan taniştirildi. Şuningdek, joriy yilning ötgan ön oyi davomida qömitada muhokama qilingan qonun loyihalari va dolzarb masalalarning mazmun-mohiyati, ularning tadbirkorlik muhiti, raqobat munosabatlari va sanoatni rivojlantirişga ta’siri yuzasidan fikr almaşildi.
Muloqotda qömita faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaş, jumladan, nazorat-tahlil tadbirlarini ötkazişda tadqiqotlarning örni alohida ta’kidlandi. Xususan, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatidagi ma’muriy va tartibga soliş tösiqlarini aniqlaş, raqobat muhitining holatini örganiş, qonunçilik taşabbuslarining ehtimoliy ta’sirini baholaş qömita uçun dolzarb tadqiqot yönalişlari sifatida qayd etildi.
Qömita tomonidan hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitişga qaratilgan bir qator takliflar ilgari surildi. Jumladan, qonun loyihalari böyiça xorijiy tajribaning qiyosiy jadvallarini tayyorlaş, uni milliy qonunçilikka joriy etiş imkoniyatlarini huquqiy ekspertizadan ötkaziş, amaldagi qonunçilikdagi huquqiy böşliqlarni aniqlaş hamda sohaviy tuşunça va atamalarning aniqligini ta’minlaş böyiça tadqiqotlar olib boriş taklif etildi.
Şuningdek, Parlament tadqiqotlari instituti xodimlarining qömitada qonunçilik taşabbuslarini işlab çiqiş va parlament nazoratini amalga oşiriş jarayonlarida bevosita iştirokini yölga qöyiş masalasiga e’tibor qaratildi. Bu yondaşuv ilmiy-tahliliy xulosalarni qonun ijodkorligi va nazorat faoliyati bilan boğlaş, tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini oşirişga xizmat qiladi.
💬 Seminar yakunida qömita faoliyatining ustuvor yönalişlaridan kelib çiqib, Institut bilan hamkorlikda amalga oşirilişi mumkin bölgan tadqiqot mavzulari va işlaş mexanizmlari yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
📸 FOTOLAVHA



























