Fransiyada mijozlarning dastlabki roziligisiz ularga qo‘ng‘iroq qilish taqiqlanmoqda

Parlamentga kiritilgan qonun loyihasiga ko‘ra, endilikda tijorat kompaniyalariga fuqarodan oldindan rozilik olmasdan u bilan telefon orqali bog‘lanish va o‘z mahsulotlarini taklif etish taqiqlanmoqda. Shuningdek, fuqaro tomonidan bunday rozilik berilgan taqdirda ham bir kompaniya vakili (yoki yollangan operator) muayyan shaxsga 60 kunlik davr mobaynida ikki marotaba qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, qo‘ng‘iroqqa rozilik bergan shaxs muloqotni davom ettirishga istagi yo‘qligini ma’lum qilganda, operator u bilan muloqotni to‘xtatishi va kelgusida unga qo‘ng‘iroq qilmasligi lozimligi ta’kidlangan.
Mijoz tomonidan berilgan rozilik deb tijorat qidiruvi maqsadlarida erkin amalga oshirilgan va unga qo‘ng‘iroq qilishga rozilik beruvchi harakat tushunilmoqda.
Mazkur talablarni buzish 500 000 yevro jarima bilan jazolanishi, shuningdek, jarima miqdori kompaniyalar yillik pul aylanmasining 20 foizigacha oshirilishi mumkin.





















