Estoniyada foydalanish muddati tugagan transport vositalarini qayta ishlash uchun qo‘yiladigan talablar muhokama qilindi

Yevropa Ittifoqi masalalari bo‘yicha parlament qo‘mitasi avtomobil sektorini aylanma iqtisodiyotga o‘tish va foydalanish muddati tugagan avtomobillarni qayta ishlashga bo‘lgan talablarni muhokama qildi. Komissiya raisining fikriga ko‘ra yaroqsiz transport vositalari materiallarini imkon qadar qayta ishlash zarur. Uning ta’kidlashicha, avtomobillar soni borgan sari ortib, ularni ishlab chiqarishda atrof-muhitga katta salbiy ta’sir ko‘rsatilmoqda. Bu isrofgarchilikni kamaytirish maqsadida avtomobillarning butlovchi hamda ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish uchun eski mashinalar qismlaridan foydalanish talab qilinishi kerak.
Shuningdek, yig‘ilishda qonunchilikda yaroqlilik muddati tugagan avtomobil hamda eski avtomobil deb topish shartlarini aniq belgilash lozimligi aytib o‘tildi.





















