“Parlament tadqiqotlari axborotnomasi” ijtimoiy va huquqiy, ilmiy-amaliy jurnalining 2025-yil 4-soni uchun maqolalar qabuli boshlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti OAK Rayosatining 2023-yil 30-oktabrdagi qarori bilan dissertatsiya asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan “Parlament tadqiqotlari axborotnomasi - “Бюллетень парламентских исследований - Bulletin of parliamentary research” ijtimoiy va huquqiy, ilmiy-amaliy jurnalining 2025-yil 4-soni uchun maqolalar qabul qilinmoqda.
Jurnalga quyidagi shifrdagi maqolalar qabul qilinadi:
12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy taʼlimotlar tarixi.
12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Maʼmuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
12.00.10 – Xalqaro huquq.
12.00.11 – Parlament huquqi.
22.00.00 – Sotsiologiya fanlari.
23.00.00 – Siyosiy fanlar.
Jurnalga taqdim etiladigan maqolalarga qoʻyiladigan talablar:
➡ maqolalar oʻzbek, rus yoki ingliz tilida elektron shaklda yuborilishi lozim;
➡ maqola yoʻnalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlarga asoslangan, savodli tahrir qilingan, amaliy taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi zarur;
➡ maqolalarda berilgan maʼlumotlar ilmiy jihatdan yangi va takrorlanmagan boʻlishi lozim, koʻchirmachilik (plagiat) aniqlangan holatda maqola qabul qilinmaydi;
➡ ilmiy maqola soha mutaxassisi tomonidan koʻrib chiqilgan boʻlishi va taqriz bilan birga topshirilishi lozim;
➡ maqolada muallif(lar)ning elektron pochta, telefon raqami, ORCID ID koʻrsatilishi kerak.
Taqdim etilgan maqolalar jurnal tahrir hayʼati va taqrizchilar tomonidan koʻrib chiqiladi hamda koʻrib chiqish natijalariga koʻra nashrga tavsiya etiladi.
Koʻrsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan, mavzusi va yoʻnalishlari mos kelmaydigan maqolalar tahrir hayʼati tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Ilmiy maqola matnini journal@pri.oliymajlis.uz rasmiy elektron pochtasiga yuboriladi.
Maqolalar 2025-yil 30-oktabrdan 15-noyabrga qadar qabul qilinadi.
Eslatma: tahririyatga kelib tushgan maqolalar soni joriy son uchun yetarli boʻlganda, maqola qabul qilish toʻxtatiladi.
Muallif maqolada keltirilgan dalil va maʼlumotlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
jurnalga-talablar.pdf 279.25 KbYuklab olingan: 44 marta Yuklab olish Onlayn koʻrish


















